Yo’nalishi talabalari uchun


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/137
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#227425
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   137
Bog'liq
odam anatomiyasi (1)

ORQA MIYA 
Orqa miyaning devori yo’g’on naychaga o’xshash bo’lib old va 
orqa  tomondan  bir  oz  yassilangan.  Orqa  miya  umurtqa  pog’onasi 
kanalining  ichida  joylashadi.  U  yuqoridan  uzunchoq  miyaga 
birlashadi, pastaki uchi II bel umurqasi sohasida konussimon shakilda 
tugaydi. 
Orqa miyaning qalinligi bir xil bo’lmaydi, bo’yin  va bel sohasi 
kengaygan  bo’ladi,  chunki  u  yerdan  qo’l  va  oyoq  nervlari  chiqadi. 
Orqa miyani orqa va old tomonidan chuqur egat bo’lib, uni teng 2 ga 
bo’ladi.  Har  bir  bo’lakda  2  tadan  chuqur  bo’lmagan  egatlar  bo’ladi. 
Bu  egatlarda  oldingi  va  orqa  ildizchalar  joylashganligini  ko’rish 
mumkin.  Oldingi  ildizda  harakatlantiruvchi  tolalar,  orqa  ildizda 
sezuvchi  nervlar  joylashgan.  Bu  sezuvchi  va  harakatlantiruvchi 
ildizchalar  umurtqalararo  teshikda  birikib  orqa  miya  nervlarini  hosil 
qiladi. 
Orqa  miyadan  31  juft  nerv  tolasi  chiqadi:  bo’yin  sohasidan  8 
juft, ko’krak sohasidan 12 juft, beldan 5 juft, dumg’azadan 5 juft dum 
sohasidan  1  juft.  Orqa  miya  uzunligi  erkaklarda  o’rtacha  45  sm, 
ayollarda 41-42 sm, o’g’irligi  30 г, chaqaloqda 3,2 g, 6 oylikda 6,4 g, 
11 oylikda 9,6 g, 2,5 yoshda 12,8 g, 6 yoshda 15–17 g bo’ladi. 
Orqa  miya  –  nеrv  hujayralari  tanasi  joylashgan  kulrang 
moddadan  va  uni  o’ragan  nеrv  tolalari  oq  moddadan  tashkil  topgan. 
Orqa  miya  markazidan  tor  markaziy  kanal  o’tgan  bo’lsa,  u  kulrang 
modda  bilan  o’ralgan.  Bu  kanal  orqa  miyani  to’liq  egallab,  doimo 
miya  suyuqligi  bilan  to’lib  turadi.  Orqa  miya  kulrang  moddasi 
ko’ndalang kеsimi “N” harfini yoki kapalak shaklini eslatadi. 
Orqa  miyani  biriktiruvchi  to’qmadan  iborat  uchta  parda  o’rab 
turadi.  Tashqaridan  qattiq  miya  pardasi,  o’rtada  to’r  parda,  ichkarida 
yumshoq  parda  joylashgan.  Uchala  parda  bosh  miyada  bеvosita 
davom etadi. Qattiq parda orqa miyani qop kabi o’rab turadi. Bu parda 
suyak va suyak utsi pardasiga tеgmasligi sababli ular orasida epidular 
bo’shliq  hosil  bo’ladi,  bu  bo’shliq  yog`  kletchatkasi  va  vеna  qon 
tomirlari chigali bilan to’lgan bo’ladi. 
To’r pardasi – tiniq qon tomirlari bo’lmagan ingichka varaq kabi 
qattiq parda ichida joylashgan.  To’r parda bilan yumshoq parda orasi 


 
106 
miya  suyuqligi  bilan  to’la  bo’ladi.  Bu  suyuqlik  orqa  miyani  turli 
zarbalardan himoya qiladi. Yumshoq parda orqa miyaga tеgib turadi. 
Bu parda ikkala yuzasi ham qon tomirlar bilan qoplangan, u orqali qon 
tomir orqa miyaga o’tadi. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling