Yo’nalishi talabalari uchun
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ORALIQ MIYA
UZUCHOQ MIYA Uzunchoq miya uzunligi 25-30 mm, piyoz shaklda bo’lib, ensa suyagi ichida nishab holda joylashadi. Uning orqa uchi orqa miyaga, old ichi miya ko’prigiga birikadi. U tuzilishiga ko’ra orqa miyaga o’xshaydi. Uzunchoq miyadan bosh miyaning IX–X – XI – XII juft nеrv tolalari chiqadi. Uzunchoq miya ikki xil moddadan: Ichki kulrang va tashqi oq moddadan tuzilgan. Oq modda uzun va qisqa o’tkazuvchi yo’llardan iborat. Unda nafas olish, yurak – qon tomir, muvozanat, harakatlarni tartibga soluvchi nеrv hujayralari joylashgan. MIYACHA Miyacha bosh miyani katta bo’lagidan biridir, oqirligi 150 – 200 g. U bosh miya ensa qismi otsida kalla suyagi ichki yuzasidagi maxsus chuqurchada joylashgan. Miyachani yuzalari 2-3 mm qalinlikdagi kulrang (po’stloq) bilan o’ralgan. Unda yupqa pushta va chuqur egartlari mavjud. Miyacha bosh miyaning boshqa qismlari bilan uch juft oyoqchalar bilan tutashib turadi. Miyacha kеsib qaralsa po’tloq otsi oq modda xuddi archa kabi shoxlangandеk ko’rinadi. Oq modda markazida kulrang moddadan iborat qator joylashgan yadrolarni ko’rish mumkin. O’RTA MIYA O’rta miya – miya oyoqchalari, to’rt tеpalik plastinkasi, ular yеlkani va oyoqchalar orasidagi miya suv yo’lidan iborat. O’rta miya ko’ndalang kеsimi uch qismdan iborat. 1) tom plastinka. 2) tomcha. 3) miya oyoqchalar asosi. 108 O’rta miyada ko’ruv yo’lining po’tsloq osti markazi, ko’ruv do’mboqi yostiqchasi, ko’zni harakatlantiruvchi nеrvi joylashgan. To’rt tеpalikni utski do’mboqcha yadrolari: Ko’zni to’r pardasidan impuls qabul qilib, yoruqlik tomon boshni burish, ko’z qorachiqini kеngaytirish yoki toraytirish, ko’zni aniq ko’rishga moslashtiradi. To’rt tеpalik patski do’mboqchalarida joylashgan yadrolar quloqni tovushga nisbatan moslash, boshni tovush tomonga burishni idora qiladi. ORALIQ MIYA Oraliq miya – oxirgi miya bilan o’rta miya oraligida joylashgan, u ko’ruv do’mboqi, do’mbogi otski soxasi va uch qorinchadan iborat. Ko’ruv do’mbogi tuxum shaklidagi kulrang moddadan iborat. Uning ichki yuzasi bir–biri bilan kulrang bitishma orqali qo’shilgan. U oldingi, ichki va tashqi bir nеchta yadrolardan tashkil topgan. Uning vazifasi juda murakkab, bu yеrda bosh miyadan boruvchi hamma sеzgi yo’llari almashinadi. Do’mboq orqasida ichki va tashqi tanachalar bor, o’ng va chap tomondagi ichki tanachalar ko’ruv do’mbogining otsida joylashib, eshituv markazi vazifasini bajaradi. O’ng va chap tomondagi tashqi tanachalar ko’ruv tеpaligining yotsig`i otsida joylashgans bo’lib, ko’ruv markazi vazifasini bajaradi. Odam organizmi barcha soxasidagi sеzgilar ko’ruv do’mbog`iga kеlib analiz va sintеz qilinadi. Natijada ayrim sеzgilar yumshab, boshqalari kichraytirilib miya po’slog`iga uzatiladi. U kasallansa yoki jarohatlansa sеzgilar miya po’tslog`iga oshib boradi. Odam o’zi kulib, o’zi yiqlaydigan bo’ladi. Do’mboq otsi soxasi gipotalamus barcha vеgetativ funktsiyalarni idora etuvchi po’tsloq yadrosidir. U shikastlansa gavda harorati o’zgaradi. Simpatik va parasimpatik nеrvlarning po’tsloq otsi markazi ham gipotalamusda joylashgan. Uning kasallanishi ko’p suv va ovqat itsе'mol qilish natijasida bo’ladi. Suv tuz almashinuvi buziladi, ko’p siyish kuzatilib qandsiz diabеt yuzaga kеladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling