Yo’nalishi talabalari uchun


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/137
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#227425
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   137
Bog'liq
odam anatomiyasi (1)

Limfa tizimi. 
Limfa  tizimi  qon  tomirlar  sistemasiga  qo`shimcha  bo`lib, 
ularning  kapilyariga  so`rila  olmaydigan  moddalarning  to`qima  va 
hujayralaridan  chiqarib  turadigan  qo`shimcha  tomirlar  tizimidir. 
Limfa  kapilyariga  malekla  ogirligi  va  hajmi  katta  bo`lgan  moddalar 
so`riladi. 
 
Limfa  to`qimalari  qonning  shaklli  elementi  bo`lgan  limfotsit 
ishlab chiqaradi.  
 
Limfa  tizimining  quyidagi  tarkibiy  qismlari  bo`ladi:  limfa 
kapilyari, limfa kapillyar to`ri, limfa tomiri, limfa tuguni, asosiy limfa 
yo`li.  Limfa  kapilyari  to`qimalardan  qovuzloq  shaklida  berk 
kengayma  holatidan;  boshlanuvchi  naychalar  tizimidan  iborat,  qon 
tomir  kapilyarlariga  esa  aksincha  arteriyalar  va  venulalar  bilan 


 
103 
bog`lanuvchi ikki tarafi ochiq naychadir.   
 
Qon  tomir  kapilyari  singari  limfa  kapilyarining  devori  ham  bir 
qator  endoteliy  hujayralaridan  tuzilgan,  lekin  limfa  kapilyarining 
diametri kattaroq bo`ladi.  
 
Ular  quyidagi  sohalarda  uchraydi:  bosh  va  orqa  miyada,  tog`ay 
moddalarida,  terining  epidermis  qavatida,  ichki  a`zolarning  epiteliy 
katlamida  .  Limfa  kapilyari  berk  holatda  boshlanib,  bu  limfa 
kapilyarining    to`rini  hosil  qiladi.  Undan  limfa  tomiri  boshlanib  bu 
tomirlar  devori  kalinlashadi  va  u  sillik  mushak  tolalaridan  tuzilgan 
bo`lib,  uning  ichida  limfa  suyuqligini  bir  tomondan  oqishini 
ta`minlovchi  klapanlar  bo`ladi.  Yirik  limfa  tomir  vena  qon  tomiri 
bilan birga joylashib ularning nomi bilan ataladi.  
Limfa  tomirlari  ma`lum  joylarda  limfa  tugunlariga  bo`linadi. 
Qo`lning  limfa  tomirlari  asosiy  limfa  tomirlarida  quyilguncha  5-8 
marotaba limfa tugunlariga bo`linadi, oyoqda esa 8-10 marotaba limfa 
tugunlariga  bo`linib,  so`ngra  asosiy  limfa  yo`llariga  quyiladi.  Limfa 
tugunlarining  miqdori  tuban  darajadagi  sut  emizuvchi  hayvonlardan 
primatlarga qarab  oshib boradi.Ular odamda ayniqsa ko`p bo`lib jag` 
osti  tutqichida,  chov  sohasida,  qo`ltiq  osti,  tirsak  va  tizza  osti 
chuqurchasiga 
uchraydi. 
Limfa 
tugunlari 
zich 
biriktiruvchi 
to`qimalardan  tuzilgan,  kapsula  bilan  o`ralgan,  bu  kapsula  limfa 
tugunlarining  ichiga  to`siqlar  chiqaradi,  to`siqlar  orasida  limfosit  va 
magiz  moddasi  shaklida  joylashadi,  har  bir  limfa  tugunchasiga  bir 
necha  limfa  keltiruvchi  tomir  quyiladi.  Bu  limfa  keltiruvchi  tomir 
kapsulani  teshib  o`tadi,  sinuslarga  ochiladi.  Limfa  tugunlarida  hosil 
bo`lgan  limfotsit  qushilib  tugunlardan  chiqib  ketuvchi  tomirlardan 
o`tadi.  Olib  chiqib  ketuvchi  limfa  tomirlarini  miqdori  kamroq  lekin 
diametri katta bo`ladi. Lima tugunlarining vazifasi: 
1. Limfotsit yetishadi 
2. Limfa suyuqligi tozalanadi. 
3. Antitela ishlab chiqaradi. 
4. To`qimalar ushlanib qolib mexanik filtr vazifasini o`taydi.   
 
 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling