Yo’nalishi talabalari uchun
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi (1)
Limfa tizimi.
Limfa tizimi qon tomirlar sistemasiga qo`shimcha bo`lib, ularning kapilyariga so`rila olmaydigan moddalarning to`qima va hujayralaridan chiqarib turadigan qo`shimcha tomirlar tizimidir. Limfa kapilyariga malekla ogirligi va hajmi katta bo`lgan moddalar so`riladi. Limfa to`qimalari qonning shaklli elementi bo`lgan limfotsit ishlab chiqaradi. Limfa tizimining quyidagi tarkibiy qismlari bo`ladi: limfa kapilyari, limfa kapillyar to`ri, limfa tomiri, limfa tuguni, asosiy limfa yo`li. Limfa kapilyari to`qimalardan qovuzloq shaklida berk kengayma holatidan; boshlanuvchi naychalar tizimidan iborat, qon tomir kapilyarlariga esa aksincha arteriyalar va venulalar bilan 103 bog`lanuvchi ikki tarafi ochiq naychadir. Qon tomir kapilyari singari limfa kapilyarining devori ham bir qator endoteliy hujayralaridan tuzilgan, lekin limfa kapilyarining diametri kattaroq bo`ladi. Ular quyidagi sohalarda uchraydi: bosh va orqa miyada, tog`ay moddalarida, terining epidermis qavatida, ichki a`zolarning epiteliy katlamida . Limfa kapilyari berk holatda boshlanib, bu limfa kapilyarining to`rini hosil qiladi. Undan limfa tomiri boshlanib bu tomirlar devori kalinlashadi va u sillik mushak tolalaridan tuzilgan bo`lib, uning ichida limfa suyuqligini bir tomondan oqishini ta`minlovchi klapanlar bo`ladi. Yirik limfa tomir vena qon tomiri bilan birga joylashib ularning nomi bilan ataladi. Limfa tomirlari ma`lum joylarda limfa tugunlariga bo`linadi. Qo`lning limfa tomirlari asosiy limfa tomirlarida quyilguncha 5-8 marotaba limfa tugunlariga bo`linadi, oyoqda esa 8-10 marotaba limfa tugunlariga bo`linib, so`ngra asosiy limfa yo`llariga quyiladi. Limfa tugunlarining miqdori tuban darajadagi sut emizuvchi hayvonlardan primatlarga qarab oshib boradi.Ular odamda ayniqsa ko`p bo`lib jag` osti tutqichida, chov sohasida, qo`ltiq osti, tirsak va tizza osti chuqurchasiga uchraydi. Limfa tugunlari zich biriktiruvchi to`qimalardan tuzilgan, kapsula bilan o`ralgan, bu kapsula limfa tugunlarining ichiga to`siqlar chiqaradi, to`siqlar orasida limfosit va magiz moddasi shaklida joylashadi, har bir limfa tugunchasiga bir necha limfa keltiruvchi tomir quyiladi. Bu limfa keltiruvchi tomir kapsulani teshib o`tadi, sinuslarga ochiladi. Limfa tugunlarida hosil bo`lgan limfotsit qushilib tugunlardan chiqib ketuvchi tomirlardan o`tadi. Olib chiqib ketuvchi limfa tomirlarini miqdori kamroq lekin diametri katta bo`ladi. Lima tugunlarining vazifasi: 1. Limfotsit yetishadi 2. Limfa suyuqligi tozalanadi. 3. Antitela ishlab chiqaradi. 4. To`qimalar ushlanib qolib mexanik filtr vazifasini o`taydi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling