Yo’nalishi talabalari uchun


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/137
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#227425
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   137
Bog'liq
odam anatomiyasi (1)

NERV TIZIMI 
 
Nerv tizimining vazifasi – bir butun organizmni tashkil qiluvchi 
a’zolar  tizimi  va  turli  apparatlar  faoliyatini  boshqarish.  Ularda  ro’y 


 
104 
beradigan  jarayonlarning  o’zaro  mutanosib  bo’lishini  hamda 
organizmning  tashqi  muhit  bilan  bo’lgan  aloqasini  ta’minlashadan 
iborat. 
Nerv  tizimining  faoliyatini  reflekslardan  iborat,  degan  edi 
Sechenov.  Refleks-(lotincha  refleks-qayta  his  etish)  bu  organizmning 
nerv  tizimi  yordamida  tashqi  yoki  ichki  ta’sirotlar  qo’zg’alishlarga 
bergan javob reaksiyasidir. 
Nerv tolalari organizmning barcha a’zolari va to’qimalari ichiga 
kirib, ularda juda ko’p tarmoqlar hosil qiladi. Bu nervlar sezuvchi va 
harakatlantiruvchi  bo’lib,  markaziy  nerv  tizimi  bilan  birga 
organizmning bir butunligini taminlaydi. 
Nerv  tizimining  funksional  birligi  nerv  hujayrasi  neyrondir. 
Neyron-tana  va  o’simtalardan  iborat.  Unda  2  xil  o’simta:  kalta 
o’simta-dentrit,  uzin  o’simta-akson  boladi.  Nerv  tizimida  neyronlar 
o’zaro  dentritlar  orqali  bog’lanadi  va  impulslar  dentritlar  orqali  bir-
biriga  o’tadi.  Aksonlar  nerv  markazidagi  ta’sirni  ishchi  organga 
yrtkazuvchi  toladir.  Bu  ta’sirotlar  refleks  yoyi  orqali  o’tadi.  Refleks 
yoyi  3  xil  neyron:  1.  tasirotni  qabul  qilib  oluvchi  retseptor-afferent 
neyron. 2. javob impulsini ishchi a’zoga yetkazuvchi-effektor neyron. 
3. ular orasidagi oraliq assotsiativ neyron mavjud. 
Neyronlar  quyidagi  retseptor  sohalardan  ta’sirotlarni  qabul 
qiladi: 
1.  ekstroretseptor-teri yuzasidan olinadigan ta’sirlar. 
2.  introreseptor-ichki a’zolardan qabul qilingan ta’sirotlar. 
3.  prorioretseptor-muskullar, suyaklar, paylar, bo’g’imlardan qabul 
qilinadigan ta’sirotlar. 
Nerv  tizimi  shartli  ravishda  2  ga  bo’linadi:  1)  vegetativ  yoki 
avtonom  nerv  –  u  ichki  a’zolar,  yurak  qon  tomir,  teri  bezlari,  ichki 
sekretsiya  bezlari  silliq  muskullar  o’sish  va  rivojlanish  jarayonini 
boshqaradi.  2)  somatic  nerv-skelet  muskullar  va  sezgi  a’zolarni 
boshqaradi. 
Vegetativ  nerv  tuzilishi  va  vazifasiga  ko’ra  simpatik  va 
parasimpatik nervlarga bo’linadi. 
Nerv tizimi joylashishi va vazifasiga ko’ra 2 ga 1. markaziy nerv 
tizimi. Unga bosh va  orqa miya kiradi. 2. periferik nerv tizimi. Unga 
bosh  va  orqa  miyadan  chiqib  ishchi-organga  yetuvchi  nerv  tolalari 
kiradi. 
Bosh  va  orqa  miya  kesib  qaralsa,  unda  oq  va  kulrang  moddalar 


 
105 
bor.  Kulrang  moddada  nerv  hujaylarining  tanalari  joylashsa,  oq 
moddada  nerv  tolalari  joylashgan.  Nerv  tolalari  mielen  parda  bilan 
qoplangan shuning uchun u oq rangda bo’ladi. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling