Yo’nalishi talabalari uchun
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi (1)
Embrionda qon aylanishi.
Embrion; kislarodga ozuqa moddalariga boy bo`lgan qonni bachadon devoridagi plottsentadan oladi. Yo`ldoshdan kindik venasi boshlanib, kindik orqali o`tadi. Kindik venasidan arterial qon oqadi, u embrionni jigar qismiga 2 tarmoqqa ajraladi. Ularning biri darvoza venasiga, ikkinchisi pastki kovak venaga quyiladi, darvoza venasiga davom etgan tarmoq, jigar orqali o`tib, jigar venalari sifatida pastki kovak venasiga quyiladi. Natijasida kindik venasi orqali oqib kelayotgan arterial qon jigar orqali yoki to`gridan-to`gri pastki kovak 102 venaga quyiladi. Pastki kovak venadagi aralash qon yurakning o`ng bo`linmasiga quyiladi, embrion yurakning o`ng bo`lmasi oval darcha orqali chap bo`lmacha bilan qo`shilgan bo`ladi. Shu sababli o`ng bo`lmachaga quyilgan aralash qon oval darcha orqali chap bo`lmachaga va qisman o`ng qorinchaga o`tadi. O`ng qorinchaga tushgan qon esa o`pka arteriyasiga davom etadi, chap bo`lmachaga o`tgan qon chap qorinchaga davom etadi. embrion o`pkasi ishlamaganligidan o`pka arteriyasidan yo`nalayotgan qon to`gri tushuvchi aortaga davom etadi. Embriondagi qon kindik arteriyasi orqali chiqadi, kindik arteriyasi juft bo`lib, ulardan aralash qon oqadi va bu arteriyalar embrioning ichki yonbosh arteriyasidan boshlanadi. Tug`ilgandan so`ng o`pka ishga tushib ichki a`zolar o`z vazifasini bajara boshlaydi, kindik bog`lanib nafas olish natijasida kichik qon aylanish doirasining ishga tushishi quyidagi o`zgarishlarga sabab bo`ladi. 1. O`pka arteriyasi va aorta orasidagi arterial nay yopilib birinchi 8-10 kun ichida boylam arteriyasiga aylanadi. 2. O`ng bo`lmacha va chap bo`lmachalar orasidagi oval darcha bola tugilgandan so`ng bekiladi. 3. Kindik venasi jigarning yumaloq boylamiga aylanadi. 4. Kindik arteriyasining boshlanish qismi yopilmasdan siydik qopchasining yuqori arteriyasiga uning davomi esa siydik qopchasini kindik sohasi bilan birlashtiruvchi boylamiga aylanadi. 5. Kindik venasi bilan pastki kovak vena orasidagi nayi venoz boylamiga aylanadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling