Yo’nalishi talabalari uchun
Arteriyalarning tarmoqlanish qonuniyati
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi (1)
Arteriyalarning tarmoqlanish qonuniyati 1. Qon tomirlar a`zolarning zarari tashqi ta`siridan bir qadar saqlangan holda uning ichki qismlariga joylashgan. 2. Katta qon tomirlar qo`l-oyoq suyaklarining miqdoriga mos ravishda tarmoqlanadi va pirovardida yoysimon tuzilishda bo`ladi. 3. Erkin harakat qilishga moslashgan bo`g`imlar sohasida tomirlar tor va birlashmalarni tashkil etadi. 4. A`zolarga yo`nalayotgan qon tomirlarning hajmi va qalinligi a`zoning hajmi bilan emas, balki bajariladigan vazifasiga mos ravishda bo`ladi. 5. Qon tomirlar a`zo taraqqiyoti bilan bog`liq bo`lganligi uchun tomirlarning a`zolari ichidagi tarmoqlanishi va tuzilishi shu a`zoning shakliga hamda bajariladigan vazifasiga mos bo`ladi. 6. Ko`pchilik qon tomirlar, embrionning rivojlanishi davrida nervlar bilan birga rivojlanib va nerv, qon tomir tutamini hosil qiladi. 7. Taraqqiyot jarayonida hosil bo`lgan bo`shliqlar devori va bo`shlik ichidagi a`zolar alohida qon tomir bilan ta`minlanadi. Shu sababli pariental va viseral tarmoqlariga bo`linadi. 8. Odam tanasi taraqqiyot davrida segmentlar tuzulishiga ega bo`lganidan, segmentlar qon bilan ta`minlanishi saqlanadi. 9. A`zolarga qon eng qisqa yo`l bilan keladi. Qon tomirlarning tarmoqlanishida eng yaqin tarmoq bilan oziqalanish qonuniyati saqlanib qoladi. Shu sababdan aortadan chiqayotgan birinchi qon tomir yurak devorini ta`minlaydi. 10. Qon tomirlar bo`gimlardan o`tadigan joylarda birmuncha yuzasiga yotadi. (Shu joylardan puls aniqlanadi.) 97 11. Arteriyalar bir-biri bilan shoxchalar orqali birlashadi, ya`ni bir-biri bilan bog`lanadi. 12. Asosiy poyadan chiqib, u bilan bir qadar nariga boruvchi yon tarmoqlarni kollaterallar deyiladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling