Jinsiy bezlarning endokrin qismi
Erkaklar urug` bezi (moyak)dagi urug` ishlab chiqaradigan
kanalchalar oralig`ida joylashgan to`qimada testosteron garmoni
ishlab chiqaradigan hujayralar bo`ladi. Garmon ta`sirida ikkilamchi
jinsiy belgilar, jinsiy a`zolarning normal rivojlanishi ta`minlanadi.
Urug` bezi olib tashlanganda yuqorida ko`rsatilgan belgilar
rivojlanmaydi. Ayollar tuxumdonidan folekulalarda folekulin garmoni
ishlanib chiqadi. Folikulin jinsiy organlarining normal rivojlanishi,
ikkilamchi jinsiy belgilari hosil bo`lishini va nerv tizimi qo`zg`alishini
ta`minlaydi. Tuxumdonda yetilgan tuxum hujayra pardasini yorib
chiqadi va bachadon nayi kipriklari yordamida naychaning ichida
o`tadi. Tuxum hujayra otalanib, homiladorlik boshlangan paytda
tuxumdon pardasining yirtilgan joyida chin sariq tana yoki aksincha,
otilib chiqqan tuxum hujayra otalanmasa, soxta sariq tana paydo
bo`ladi.
Chin sariq tana butun homiladorlik davrida saqlanadi.
Undan chiqqan garmon homilaning normal rivojlanishini ta`minlab,
yangi tuxum hujayra yetilishini to`xtatadi va sut bezlarini
rivojlantiradi. Homiladorlik vaqtida chin sariq tana olib tashlansa
homila o`sishdan to`xtaydi. Soxta sariq tanada ishlanib chiqqan
garmon esa yangi tuxum hujayrani yetilishiga ta`sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |