Yo’nalishi talabalari uchun
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi (1)
Ayrisimon bez
Bu bez o`ng va chap bo`laklardan iborat bo`lib, biriktiruvchi to`qimalar yordamida o`zaro qo`shilgan. Bez ko`krak qafasining teppa qismida to`sh suyagi orqasida joylashgan. Ayrisimon bez tashqaridan yupqa nozik biriktiruvchi to`qimadan iborat kapsula bilan o`ralgan, undan bez ichiga bir qancha to`siqlar o`tadi va parenximasini mayda bo`lakchalarga bo`ladi. Har bir bo`lakchaning tashqi qismi po`stloq moddadan iborat bo`lib, to`q rangda, magiz moddali orasi och rangda. Bo`lakchalar asosini ikki xil to`r epitileal va retikulyar to`r hosil qilish ayrisimon bezning farqli belgilaridan biridir. Bu to`rda limfositlar bo`lib po`stloq qismida ko`proq joylashgan. Shu sababl u to`q rangda bo`ladi. Ayrismion bez embrion taraqqiyotida 3- jabra cho`ntaklaridan juft o`siqlar sifatida rivojlanadi. U embrionning 5 oyida ayrismion bez bir qancha bo`lakchalardan iborat ekanligini ko`rish mumkin. Bez massasi: chaqaloqda 12 g, 20 yoshda 30-40 g, voyaga etgandan so`ng bez massasi yana kamaya boradi. 25 yoshda 25-30 g gacha, 60-70 yoshda 6-15 g bo`lib, yog to`qimada aylanadi. Gipofiz. Oval shaklida 0,3-0,5 g li bez bo`lib, miya asosidagi kulrang do`mboqqa varonkasimon oyoqchasida osilib turadi. Bez kalla ponasion suyagining turk egari chuqurchasida joylashgan. Miyaning pastki ortigi old va orqa bo`laklardan tashkil topgan. Bezning oldingi bo`lagi bez epiteley hujaylaridan tuzilgan adenogipofiz deyiladi. Bezning orqa bo`lagi old miyaning ostidan 3 qorincha tubidan burtib o`sib chiqadi. Shu uchun bezning orqa qismida nerv to`qima elementlari uchraydi. Oldingi qismidan chikuvchi garmonlar organizmni turli funktsiyalariga ta`sir qiladi. Bezning oldingi bo`lagi orqa tomonida joylashgan hujayralardan ajralgan garmon odam terisi rangiga ta`sir kiladi. Bezning orqa bo`lagidan ajralgan garmonlar aslida ko`rish dumbog`ining ostki qismidan ajralib, varonkasimon oyoqcha orqali 93 pastga tushadi va bezda to`planadi. Garmon qonga o`tib, siydik qayta so`rilishi (reabsorbtsiya), bachadon qisqarishini, sut ajralishini kuchaytiradi. Epifiz U bosh miyadagi turk do`mbog`ining yuqorisida, 2 ta do`mboq o`rtasida joylashgan 0,2 g li bez bo`lib, ko`rish do`mbog`ida yuganchalar yordamida tutashib turadi. Bezni o`rab turgan parda o`siqlari bilan bo`lakchalarga ajralgan. Bez yangi tugilgan bolalarda 7-10 mg, 10 yoshda uning massasi 2 baravar oshadi. Qarilik davrida bez tarkibida oxak modda to`planadi. Epifiz garmoni jinsiy bezlarning rivojlanishini me`yorida ushlab turadi. Bez faoliyati susaysa, jinsiy bezlar tezroq rivojlanib, qiz va o`g`il bolalar ertaroq balog`atga etadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling