Yo’nalishi talabalari uchun


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/137
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#227425
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   137
Bog'liq
odam anatomiyasi (1)

Buyrak usti bezi 
 
Bu  bez  qalpoq  shaklida  buyrak  ustida  joylashgan.  Unda  old  va 
orqa,  pastki  yuzalar  mavjud.  Ogirligi  3-5  g,  usti  gadir-budir.  Bezni 
qoplab turgan pardadan chiqqan o`simtalar uni bir nechta bo`laklarga 
ajratadi. Bez ogirligi chaqaloqlarda 3-4 g, 8-10 yoshgacha 1-1,5 marta 
kattalashadi,  20  yoshda  11-13  g  bo`ladi.  Karilikda  bez  kichraya 
boradi.  Po`stloq  qismi  mezodermadan  rivojlanib,  turli  garmonlar 
ishlab chiqaradigan qon tomir va nervlarga boy epitiliy hujayralardan 
paydo  bo`lgan  3  soxadan  iborat.  Bu  qismdan  chiquvchi  aldosteron 
garmoni  suv,  tuz  almashinuvini  gidrokardizon  esa  oqsil,  yog`  va 
uglevod almashinuvini yaxshilaydi, immunitetni kuchaytiradi.  
 
Bezning  miya  qismi  ekdodermadan  rivojlanadi,  bu  qismga 
adrenalin  va  noradrenalin  garmonlari  ishlanib  chiqadi.  Adrenalin 
yurak  qisqarishini  oshiradi,  qon  tomirini  toraytiradi,  bironxlarni 
kengaytiradi. 
Me`da osti bezi 
Me’da osti bezining dum qismida bir millionga yaqin yumaloq shaklli 
bez  hujayralari  bo`lib,  ular  ishlab  chiqargan  garmonlar  qonga 
shimiladi,  shuning  uchun  bir  xildagi  bez  to`plami  inkretor  funktsiali 
me’da  osti  bezi  orolchasi  deb  ataladi.  Orolcha  bezlari  insulin  va 
glyukagon  garmonlarni  ishlab  chiqaradi.  Orolcha  hujayrasining 
insulin ishlab chiqarish qobiliyati kamaygan taqdirda siydik bilan ko`p 
miqdorda  gulyukoza  tashqarga  chiqadi.  Bu  hol  qand  kasalligi  kelib 
chiqishiga sabab bo`ladi.  
 


 
94 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling