Yo’nalishi talabalari uchun
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi (1)
ORQA MIYA
Orqa miyaning devori yo’g’on naychaga o’xshash bo’lib old va orqa tomondan bir oz yassilangan. Orqa miya umurtqa pog’onasi kanalining ichida joylashadi. U yuqoridan uzunchoq miyaga birlashadi, pastaki uchi II bel umurqasi sohasida konussimon shakilda tugaydi. Orqa miyaning qalinligi bir xil bo’lmaydi, bo’yin va bel sohasi kengaygan bo’ladi, chunki u yerdan qo’l va oyoq nervlari chiqadi. Orqa miyani orqa va old tomonidan chuqur egat bo’lib, uni teng 2 ga bo’ladi. Har bir bo’lakda 2 tadan chuqur bo’lmagan egatlar bo’ladi. Bu egatlarda oldingi va orqa ildizchalar joylashganligini ko’rish mumkin. Oldingi ildizda harakatlantiruvchi tolalar, orqa ildizda sezuvchi nervlar joylashgan. Bu sezuvchi va harakatlantiruvchi ildizchalar umurtqalararo teshikda birikib orqa miya nervlarini hosil qiladi. Orqa miyadan 31 juft nerv tolasi chiqadi: bo’yin sohasidan 8 juft, ko’krak sohasidan 12 juft, beldan 5 juft, dumg’azadan 5 juft dum sohasidan 1 juft. Orqa miya uzunligi erkaklarda o’rtacha 45 sm, ayollarda 41-42 sm, o’g’irligi 30 г, chaqaloqda 3,2 g, 6 oylikda 6,4 g, 11 oylikda 9,6 g, 2,5 yoshda 12,8 g, 6 yoshda 15–17 g bo’ladi. Orqa miya – nеrv hujayralari tanasi joylashgan kulrang moddadan va uni o’ragan nеrv tolalari oq moddadan tashkil topgan. Orqa miya markazidan tor markaziy kanal o’tgan bo’lsa, u kulrang modda bilan o’ralgan. Bu kanal orqa miyani to’liq egallab, doimo miya suyuqligi bilan to’lib turadi. Orqa miya kulrang moddasi ko’ndalang kеsimi “N” harfini yoki kapalak shaklini eslatadi. Orqa miyani biriktiruvchi to’qmadan iborat uchta parda o’rab turadi. Tashqaridan qattiq miya pardasi, o’rtada to’r parda, ichkarida yumshoq parda joylashgan. Uchala parda bosh miyada bеvosita davom etadi. Qattiq parda orqa miyani qop kabi o’rab turadi. Bu parda suyak va suyak utsi pardasiga tеgmasligi sababli ular orasida epidular bo’shliq hosil bo’ladi, bu bo’shliq yog` kletchatkasi va vеna qon tomirlari chigali bilan to’lgan bo’ladi. To’r pardasi – tiniq qon tomirlari bo’lmagan ingichka varaq kabi qattiq parda ichida joylashgan. To’r parda bilan yumshoq parda orasi 106 miya suyuqligi bilan to’la bo’ladi. Bu suyuqlik orqa miyani turli zarbalardan himoya qiladi. Yumshoq parda orqa miyaga tеgib turadi. Bu parda ikkala yuzasi ham qon tomirlar bilan qoplangan, u orqali qon tomir orqa miyaga o’tadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling