Yo’nalishi talabalari uchun


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/137
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#227425
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   137
Bog'liq
odam anatomiyasi (1)

 
TANA SKELETI 
Tana  skeleti  umurtqa  pog`onasi    hamda  ko`krak  qafasi 
suyaklaridan    tashkil  topadi.  Tana  skeleti  suyaklari  o`rta  embrional 
parda — mezodermadan taraqqiy etadi. 
Mezoderma uch qismga, ajraladi  —  dermatom  (teri  osti qavati 
taraqqiy  etadi),  miotom  (mushaklar  taraqqiy  etadi),  sklerotom 
(suyaklar  taraqqiy  etadi).  Mezodermaning  ichki  oldingi  tarafida 
joylashgan  sklerotom  segmentlardan  (bo`laklardan)  tuzilgan  bo`lib, 
umurtqalar 
taraqqiyotini 
taminlaydi. 
Boshlang`ich 
paytidagi 
biriktiruvchi  to`qima  tog`aylar  bilan  almashinib,  ularda  suyaklanish 
nuqtalari  hosil  bo`ladi.  Har  bir  umurtqaning  hosil  bo`lishida  ikki 
tarafdagi  sklerotomning  o`rta  qismlari  ishtirok  etadi.  Suyaklanish 
jarayonida,  umurtqa  tanalari  orasidagi  tog`ay  moddalar  saqlanib 
qoladi.  Umurtqalar  tuzilishi  filogenetik  taraqqiyot  bosqichlarida 
o`zgarib  boradi.  Suvda  yashovchilarda  (baliqlarda),  har  bir 
umurtqalarining tana va dum qismlari tafovut etiladi. 
Quruqlikda  yashashga  o`tilishi  bilan  (amfibiyalarda)  avvalo 
bo`yin qismidagi qovurg`alar yo`qolib, bo`yin umurtqalarida qovurg`a 
qoldiqlari 
ko`ndalang 
o`simtalar 
bilan 
birlashib 
ketadi. 
Qovurg`alarning  faqat  ko`krak  sohasida  saqlanib  qolinishiga  ko`krak 
qafasidagi  a'zolarning  (o`pkalarning)  taraqqiy  etishi  ta'sir  ko`rsatadi. 
Qo`lning  hosil  bo`lishi  esa,  to`sh  suyagi,  yelka  kamari  suyaklarini 
hosil  bo`lishini  ta'minladi.  Oyoqning  takomil  etishi,  chanoq 
suyaklarining  hosil  bo`lishi  dumg`aza  umurtqalarining  qo`shilib 
ketishini taqozo etadi. 
Umurtqa  turlarining  miqdori  turlicha  bo’ladi.  Bo`yin 
umurtqalarining  miqdori  quruqlikda  yashovchilarda  7  ta  bo`lib,  bu 
miqdor bo`yin uzunligiga bog`liq emas. Kalta bo`yinli kalamushlarda 
ham, uzun bo`yinli jiraflarda ham bo`yin umurtqalarining soni  yettita 


 
43 
bo’ladi.  Ko`krak  umurqalarining  miqdori  esa  saqlanib  qolgan 
qovurg`alar  miqdoriga  bog`liq  bo`lib,  9  tadan  24  tagacha  bo`lishi 
mumkin.  Bel  umurtqalarining  miqdori  ham  har  xil  hayvonlarda  2 
tadan 9 tagacha bo`ladi. 
Odamlarda  bo`yin  umurtqalari  7  ta,  ko`krak  umurtqalari  12  ta, 
bel umurtqalari 5 ta, o`zaro qo`shilib dumg`aza suyagini hosil etuvchi 
umurtqalar 5 ta, rudement holatida saqlanib qolgan dum umurtqalari 1 
tadan 4 tagacha bo`ladi. 
Ba'zi hollarda 13 ta qovurg`a bo`lishi mumkin. Bunday hollarda 
ko`krak  umurtqalarining  soni  13  ta  bo`ladi.    Bel  umurtqasi  XIII 
ko`krak  umurtqasiga  aylanadi.  Ba'zan  esa  qovurg`alar  soni  11  ta 
bo`lishi  mumkin.  Bu  holda  12-ko`krak  umurtqasining  tuzulishi  bel 
umurtqasini  eslatib,  bel  umurtqalarining  soni  6  ta  bo  ladi.  Ba'zan  5- 
bel  umurtqasi,  dumg`aza  umurtqalari  bilan  qo`shilib  suyaklanib 
ketadi.  Bunday  holda  bel  umurtqalari  4  ta,  dumg`aza  suyagi  esa  6  ta 
umurtqalarning  qo`shilishidan  hosil  bo’ladi.  Aksincha  ba'zan  1 
dumg`aza  umurtqasining  tuzilishi  bel  umurtqasini  eslatadi.  Natijada 
bel umurtqasi soni 6 ta, dumg`aza umurtqasi esa 4 ta bo`lishi mumkin. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling