UMURTQA POG’ONASI
Umurtqa pog`onasi alohida tuzilishga ega bo`lgan 5 turdagi
umurtqalarning o`zaro qo`shilishidan hosil bo`ladi. Umurtqalarning
turlari: 7 ta bo`yin umurtqasi, 12 ta ko`krak umurtqasi 5 ta bel
umurtqasi , 5 ta dumg`aza umurtqasi 1 dan 3 gacha dum umurtqalari.
Umurtqa pog`onasi 4 sohada egrilik hosil qiladi: bo`yin, ko`krak, bel
va dumg`aza egriliklari deb ataladi. Bo`yin va bel sohasidagi egriliklar
oldinga, ko`krak va dumg`aza sohasidagi egriliklar esa orqaga bo`rtib
turadi.'
Oldinga bo`rtib turgan bo`yin va bel sohasidagi egriliklarga
lordoz holati deyiladi.
Orqa tarafga yo`nalgan egriliklarga kifoz holati deyiladi. Bu 4 ta
egrilik sog` odamlarda uchraydi.
Ba'zi bir patalogik holatlarda yon tarafga bo`rtib chiqqan
egriliklar hosil bo’lib, skolioz deb ataladi. Ko`pincha skolioz holati
ko`krak umurtqalari sohasida bo`lib, o`ngtarafga bo`rtgan egrilik
holatida uchraydi. Bu egrilik ko`pincha maktab o`quvchilarining
yozish paytida noto`g`ri o`tirishi sababli yoki kasbiy faoliyat ta'siridan
paydo bo`ladi.
44
Do'stlaringiz bilan baham: |