Yo’nalishi talabalari uchun
Ikkinchi bo`yin umurtqasi
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi (1)
Ikkinchi bo`yin umurtqasi
Ikkinchi bo`yin umurtqasi tishsimon o`simtaning borligi bilan farqlanadi. Bu o`simtaning oldingi yuzasida oldingi bo`g`im yuzasi orqa yuzasida esa orqa bo`g`im yuzasi bo`ladi. Bu umurtqaning ustki yuzasida I bo`yin umurtqasi bilan birikadigan ustki bo`g`im yuzasi bo`ladi. II bo`yin umurtqasida boshqa bo`yin umurtqalariga xos bo`lgan quyidagi hosilalar bo`ladi: umurtqa tanasi qirrali o`simta umurtqa yoyi ko`ndalang o`simta bu o`simtadagi teshik ostki bo`g`im o`simtasi bo`g`im yuzasi. 46 Uchinchi-yettinchi bo`yin umurtqalari Uchinchi-yettinchi bo`yin umurtqalarida quyidagi hosilalar bo`ladi: tanasi, yoyi, ular orasidagi teshik, uchi ikkiga ajragan qirrali o`simta, yuqorigi bo`g`im o`simtasi, bu o`simtadagi yuqorigi bo`g`im yuzasi, ostki bo`g`im o`simtasi, bu o`simtadagi pastki bo`g`im yuzasi, ko`ndalang o`simta, bu o`simtadagi teshik, ko`ndalang o`simta uchida joylashgan oldingi do`mboqcha va orqa do`mboqcha . Oltinchi bo`yin umurtqasida oldingi dumboqcha yaxshi rivojlangan bo`lib, uyqu do`mboqchasi deyiladi (chunki bu sohadagi uyqu arteriyasini bosib, uning tarmoqlaridan chiqayotgan qonni to`xtatish mumkin). Oltinchi va yettinchi bo`yin umurtqalaridan boshqa hamma bo`yin umurtqalarining qirrali o`simtalarining uchi ikkiga ajralgan bo`ladi. Yettinchi bo`yin umurtqasining qirrali o`simtasi yaxshi rivojlanganligidan teri ostidan chiqib turadi. Qolgan bo`yin umurtqalarining qirrali o`simtalari teri orqali sezilmaydi. Shu sababdan, teri orqali sanalganda birinchi umurtqa yettinchi bo`yin umurtqasiga to`g`ri kelganidan bu umurtqani chiqib turuvchi deyiladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling