Ko`krak umurtqalari
Ko`krak umurtqalari qovurg`alar bilan birikkanligidan,
yuqorigi qovurg`a chuqurchasi va ostki qovurg`a chuqurchasining
mavjudligi bilan farqlanadi. Har bir ko`krak umurtqasi 2 ta qovurg`a
bilan birlashadi. Shu sababdan har bir ko`krak umurtqasida ikkitadan
yarim chuqurcha bo`ladi. Bundan I, X, XI, XII ko`krak umurtqalari
mustasno. I ko`krak umurtqasining yuqori chuqurchasi to`liq bo`ladi
(chunki I qovurg`aning boshchasi birikadi). X ko`krak umurtqasida
yuqorigi chuqurcha bo`ladi xolos (chunki bu umurtqaga faqat X
qovurg`a birlashadi). XI va XII ko`krak umurtqalarida esa bittadan
to’liq qovurg`a chuqurchasi bo`ladi. Ko`krak umurtqasida quyidagi
hosilalar bo’ladi: tanasi, yoyi , oyoqchasi. Bu hosilalar orasidagi
teshik , qirrali o`simta , yuqorigi bo`g`im o`simtasi va bu o`simtadagi
yuqorigi bo`gim yuzasi , ostki bo`g`im o`simtasi va ostki bo’g`im
yuzasi, ko`ndalang o`simta , qovurg`a do`mbog`idan hosil bo`lgan
chuqurcha , oyoqcha sohasidagi ustki o`yma va ostki o`yma bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |