Yo’nalishi talabalari uchun


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/137
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#227425
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   137
Bog'liq
odam anatomiyasi (1)

  KO’KRAK   QAFASI 
 
Ko`krak  qafasi    ko`krak  umurtqalaridan,  qovur-g`alardan  to`sh 
suyagidan  ulardagi  bo`g`imlar,  boylamlar  va  mushaklardan  hosil 
bo`ladi. 
Ko`krak  umurtqalari  ichki  yuza  tarafga  egilgan  bo’lib,  uning 
ichki chetida, qovurg`alarga o`tish sohasida, o`pkalarning orqa yuzasi 
kirib turadigan egat bo’ladi.  Ko`krak qafasining kengligi oldingi-orqa 
ko`rsatkichlardan  katta  bo’ladi.  Uning  ichida  ichki  a'zolar  (yurak, 
o`pka,  qizilo`ngach  va  h.  k)  joylashadi  va  uning  shakli  shu  a'zolar 
tuzilishiga  ta'sir  qiladi.  Ko`krak  qafasi  mushaklari  va  o`pkasi  yaxshi 
taraqqiy  etgan  ,  odamlarning  ko`krak  qafasi  kesilgan  konus  shaklida 
bo`lib, ko`krak qafasi kengroq bo’ladi. Bunday ko`krak qafasi o`pkani 
havoga  to’lgan  holatini  eslatganligi  uchun  inspiratorli  ko`krak  qafasi 
deb  ataladi.  Aksincha  ko`krak  qafasi  mushaklari  va  o`pka  zaifroq 
taraqqiy etgan bo’lsa, ko`krak qafasi tor va uzun bo`lib,  oldingi orqa 
ko`rsatgichlari  kichikroq  bo`ladi.  Bunday  ko`krak  qafasi  o`pkadan 
nafas  chiqargan  holatni  eslatib,  eksperator  holatdagi  yoki  yassi 
ko`krak qafasi deyiladi. 
Ko`krak qafasining uchinchi turi silindrsimon deb atalib avvalgi 
ikki ko`krak qafaslarining oraliq shakliga ega bo`ladi. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling