Yo’nalishi talabalari uchun


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/137
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#227425
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   137
Bog'liq
odam anatomiyasi (1)

 Qovurg`alar 
Qovurg`alar    12  juft  bo`lib,  3  guruhga  bo`linadi:  birinchi  yetti 
jufti  uchun  qovurg’a  oldingi  uchi  bilan  to`sh  suyagiga  birikadi;  VIII, 
IX,  X  qovurg`alar  soxta  qovurg`alar  deb  atalib,  ularning  oldingi 
uchlari  tog`aylar  vositasida  o`zidan  yuqorigi  qovurg`alarga  birikadi; 
XI va XII qovurg`alar — yetim qovurg`alar  deb atalib, oldingi uchlari 
erkin  holda  qorin  mushaklarining  ichida  joylashadi.  Qovurg`alarning 
hammasi orqa tarafda,  ko`krak umurtqalariga birikadi. 
Qovurg’aning oldingi uchi tog`ay moddasi  orqa qismi esa suyak 
qismidan iborat bo`ladi.  Ularning orasida esa tanasi jovlashadi. Orqa 
uchida boshcha bo`yin qismi  va bo`g`im yuzalari  bo`ladi. II dan X 
gacha  qovurg`alarning  bo`g`im  yuzalari  qirra  vositasida  ikkiga 


 
49 
ajralgan  bo`ladi.  Chunki  bu  qovurg`alarning  bo`g`im  yuzalari  ikki 
qo`shni ko`krak umurtqalari bilan birikadi. I, XI, XII qovurg`alarning 
har  biri  bittadan  umurtqa  bilan  birlashganligidan,  bo`g`im  yuzalarida 
qirra bo`lmaydi. 
Qovurg`aning  bo`yin  qismini  uning  tanasiga  o`tish  sohasida 
yuqorigi  10  ta  qovurg`ada  bo`rtiq  bo`ladi.  Bu  bo`rtiqning  bo`g`im 
yuzasi umurtqalarning ko`ndalang o`simtalari bilan birikadi. Qovurg`a 
tanasida burchak sohasi  tashqi va ichki yuzalari bo`ladi. I qovurg`ada 
burchak  sohasi  bo`rtiqqa  to`g`ri  kelsa,  qolgan  qovurg`alarda  bu  soha 
bo`rtiqdan  uzoqlashadi.  XII  qovurg`ada  esa  burchak  bo`lmaydi.  I 
qovurg`a  tanasida  esa  yuqori  va  ostki  yuzalar  bo`ladi.  Qovurg`alar 
ichki  yuzalarining  ostki  qirrasi  sohasida  qon  tomirlar  va  nervlar 
joylashadigan  egat  ,  I  qovurg`aning  ustki  yuzasida  narvonsimon 
mushaklar birikadigan bo`rtiq  bo`ladi. Bu bo`rtiqning tashqi sohasida 
o`mrov  osti  arteriyasining  egati    bo`rtiqning  ichki  sohasida  o`mrov 
osti venasining egati bo`ladi.  
 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling