Yo’nalishi talabalari uchun


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/137
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#227425
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   137
Bog'liq
odam anatomiyasi (1)

 Dum   umurtqalari 
Dum  umurtqalari    3  tadan  6  tagacha  bo`lib,  katta  yoshdagi 
odamlarda o`zaro qo`shilib, dum suyagini  hosil qiladi. Birinchi dum 
umurtqasi  sohasida  ko`ndalang  o`simtalar    saqlanib  qoladi.  Qolgan 
sohalarda ko`ndalang va bo`g`im o`simtalari uchramaydi. 
Umurtqa  pog`onasi  sohasida  egriliklar  mavjud.  Ko`krak  va 
dumg`aza  umurtqalari  sohasidagi  egriliklar  orqa  tarafga  qaragan 
bo’lib  kifoz    deb  ataladi.  Bo`yin  va  bel  sohalaridagi  egriliklar  old 
tarafga yo`nalib lordoz  deb ataladi. Yangi tug`ilgan chaqaloqlarda bu 
egriliklar  bo`lmaydi  va  umurtqa  pog`onasi  to`g`ri  chiziq  bo`ylab 
o`zaro qo`shilib turadi. 
Bola  boshini  tik  ushlay  boshlagan  davridan  bo`yin  lardozi,  tik 
turib va yura boshlagan davridan bel lardozi hosil bo`ladi. 
Umurtqa  pog`onasidagi  egriliklar  yurish,  sakrash  jarayonidagi 
yengil harakatlarni ta'minlaydi. 
Ba'zi paytlarda yon tarafga ham egriliklar hosil bo’lishi mumkin 
va bunday holatga skalioz   deb ataladi. Bu holat uzoq  muddat  o`tirib 
qolish,  bolalarning  bir  tomonga  qiyshayib  yozishi  yoki  biror  ishni 
bajarishi  natijasida  paydo  bo’lishi  mumkin  (bunga  maktab 
yoshidagilarning  skaliozi  deb  ataladi).  Ko`pincha  skalioz  holati  o`ng 
tarafga, ba'zan chap tarafga yo`nalgan bo’ladi. 


 
48 
Keksalarda lordoz va kifoz holatlari yo`qoladi, chunki bu davrda 
umurtqalar  tanasi  orasidagi  elastik  halqalar  yupqalashib,  umurtqa 
pog`onasi  qisqaradi  hamda  u  oldinga  bukiladi  va  ko`krak  sohasida 
orqa  tarafga  yo`nalgan  bukilma  (keksalardagi  bukirlik  holati)  hosil 
bo’ladi. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling