Yoqub Saidov
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
12755 2 CEA310666DA3454D42AB671A2CA9D1F74BC7A7C2
leksik qatlam¸ umumturkiy leksika¸ tub turkiy so’zlar¸ asl turkiy so’zlar kabi
terminlar bilan atalib kelinadi va turkiy lug`aviy qatlam tarkibida qadimgi turkiy so’zlar mavjudligi e’tirof etiladi¸ biroq bu tadqiqotlarda qadimgi turkiy so’zlar tushunchasi bo’yicha aniq to’xtamli fikr mavjud emas. Mazkur masalani o’z qatlam va o’zlashma qatlam doirasida izohlash maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, aksariyat ilmiy adabiyotlar¸ darslik va qo’llanmalarda o’zbek tilining lug`at tarkibidagi so’zlar ikki qatlamga¸ ya’ni o’z qatlam va o’zlashma qatlamga ajratiladi. Ayrim tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida uchinchi qatlam ham borligi aytib o’tiladi. Chunonchi¸ o’zbek tili leksikasidagi o’z qatlam va o’zlashma qatlam so’zlarini maxsus o’rgangan¸ leksik qatlam¸ o’z qatlam¸ umumturkiy so’zlar¸ tub turkiy so’zlar kabi tushunchalarga keng izoh bergan E.Begmatov bunday qatlamni «turk-mo’g`ul leksik parallellari¸ ya’ni «o’rtoq so’zlar» sifatida belgilaydi. 1 E.Begmatovning fikricha¸ o’z qatlam leksikasi: 1) tub turkiy so’zlardan; 2) tub turkiy so’zlardan yasalgan o’zbekcha so’zlardan; 3) chet til elementi negizida o’zbek tilining o’zida¸ o’zbekcha affikslar qo’shib yasalgan so’zlardan va boshqalardan iborat 2 . Aytilgan ushbu ilmiy fikrlar to’g`ri va asosli ekanligi leksikologiyaga oid ko’p ilmiy tadqiqotlarda e’tirof etib kelinmoqda. O’z qatlam tarkibiga kiruvchi tub so’zlarga ham olim alohida izoh berib o’tgan: «Tub so’z ― bu tilning o’ziniki bo’lgan so’zlardir. Uni belgilovchi asosiy mezon¸ birinchidan¸ bu so’zning genetik jihatdan o’sha tilniki ekanligi¸ ikkinchidan esa¸ uning qadimiy davrlarga oid so’z ekanligidir». 3 Olim tub 1 Бегматов Э. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг лексик қатламлари. –Т.: Фан‚ 1985. –Б. 56. 2 O`sha asar, 57-bet. 3 O`sha asar, 64-bet. turkiy so’zlar tarkibiga qadimgi turkiy leksikani ham kiritadi va uni ikkita guruhga¸ ya’ni hozirgi o’zbek adabiy tilda qo’llanayotgan (ot¸ ekin¸ it¸ iz kabilar) va hozirgi o’zbek adabiy tilda ishlatilmaydigan (ayoq//ayog` ― kosa¸ piyola; asru ― juda ko’p¸ ochun ― dunyo¸ olam kabilar) so’zlar sifatida tahlil etadi. E.Begmatov turkiy tillar lug`at tarkibidagi mushtarak leksikani umumturkiy so’zlar deb ataydi. Bunday so’zlarning aksariyati hozirgi davr turkiy tillarning deyarli barchasida uchrashini ta’kidlaydi. U umumturkiy so’zlar termini ikki ma’noda qo’llanishini¸ ya’ni turkiy tilning umuturkiy holatdagi davri uchun mansub leksikani anglatishini va hozirgi qardosh turkiy tillar leksikasida parallel uchrovchi umumiy lug`aviy fond (o’xshashlik)ni bildirishini aytib o’tadi. Uning fikricha¸ so’zning umumturkiy bo’lishi so’zning birdan ortiq turkiy tilda uchrashida emas¸ balki bu leksikaning aslida bitta (yagona) turkiy manbaga tegishli ekanidadir 1 . Umumturkiy so’zlar tarkibida ikki guruh leksemalar ajralib turadi: 1) ko’pchilik turkiy tillarda saqlangan so’zlar; 2) ba’zi turkiy tillardagina saqlangan so’zlar. Hozirgi o’zbek adabiy tilidagi turkiy lug`aviy qatlam ikki muhim tarmoqdan iborat: 1) qadimiy turkiy so’zlar; 2) qadimiy turkiy so’zlardan tilning tarixiy taraqqiyoti davomida turli davrlarda hosil qilingan yangi so’zlar. 2 Navoiy asarlari tilida qo’llanishda davom etgan qadimgi turkiy til va eski turkiy tilga tegishli leksikani struktur-grammatik hamda semantik-funksional aspektlarda tadqiq etgan Sh.Egamova tub turkiy so’zlarni asl turkiy katlam deb nomlagan¸ qadimgi turkiy til (VII-X) va eski turkiy til (XI-XIV)ga xos leksik birliklarni qadimgi turkiy so’zlar sifatida belgilagan. Olima Navoiy asarlari tilida qo’llanishda davom etgan 1400 ta qadimgi turkiy til (VII-X) va eski turkiy til (XI-XIV)ga xos 1 O`sha asar, 86-bet. 2 O`sha asar, 94-bet. leksik birliklarni aniqlagan. 1 A.Abdushukurov «Qisasi Rabg`uziy» leksikasi» nomli monografiyasida asыg` (foyda)¸ chag`ыr (sharob)¸ yыg`ach (daraxt) kabilarni tub turkiy so’zlar ostida tahlil etib¸ ularni eskirgan so’zlar¸ ya’ni arxaizmlar sifatida belgilaydi. 2 Aytilganlar bo’yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 1. O’z qatlam tushunchasi keng hodisadir. Shunga ko’ra o’zbek adabiy tilining o’z qatlam so’zlari: a) umumturkiy so’zlardan; b) qadimgi turkiy so’zlardan; v) o’zbekcha so’zlardan; g) dialektal (o’g`uz¸ qipchoq kabi) so’zlardan iborat. Umumturkiy so’zlar yoki tub turkiy so’zlar E.Begmatov ta’kidlaganidek¸ turkiy tillar oilasiga mansub barcha tillarda uchraydi. Masalan¸ muz so’zi turkiy tillarning barchasida mavjud va ayrim fonetik farqlanishni hisobga olmaganda bir xil qo’llaniladi. Mazkur so’zni umumturkiy so’z yoki tub turkiy so’z sifatida belgilash lozim. 2. Qadimgi turkiy so’zlar qadimgi turkiy til (VII-X) va eski turkiy til (XI-XIII)ga xos leksik birliklardir. Qadimgi turkiy so’zlar umumturkiy so’zlar yoki tub turkiy so’zlar tarkibiga kiradi. 4. Qadimgi turkiy so’zlarning ma’lum qismi eski o’zbek adabiy tili davri (XIV-XIX)ning ilk bosqichida qo’llanishda bo’lgan¸ keyinchalik esa ularning ko’pchiligi iste’moldan chiqqan. Aytilganlardan kelib chiqib, aytish mumkinki¸ qadimgi turkiy til leksikasi tushunchasi ostida O’rxun-Enasoy va qisman qadimgi uyg`ur yozma yodgorliklari (ya’ni¸ VII-XIII asr obidalari) leksikasida mavjud bo’lgan¸ keyingi davrlarda esa ma’lum sabablarga ko’ra o’zbek adabiy tili leksikasi 1 Эгамова Ш. Алишер Навоий асарлари тилидаги қадимги туркий лексика тадқиқи: Филол. фан. ном. ... дис. автореф. – Т.: ЎзР ФА ТАИ, 2007. -25 б. 2 Абдушукуров А. «Қисаси Рабғузий» лексикаси. –Т.: Академия¸ 2008. –Б. 58-61. tarkibidan iste’moldan chiqqan¸ eskirgan so’zlarni tushunish maqsadga muvofiqdir. Qadimgi turkiy til leksikasi turkiy tillar, jumladan, o’zbek tilining keyingi davrlari leksikasiga asos bo’lgan 1 . Hozirgi o’zbek tili so’z boyligining asosiy qismini o’z qatlamga xos leksik birliklar tashkil etadi. Bu qatlam tarkibida muayyan miqdorda qadimgi turkiy til (VII-X) va ilk eski turkiy til (XI-XII)ga oid lug`aviy birliklar ham mavjud. Ularni quyidagi mavzuiy guruhlar bo’yicha tasniflash mumkin: 1. Egulik va ichguliklarning nomi: suv, et (go’sht), un, bol (asal), qaymoq, Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling