Yoqub Saidov


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/58
Sana22.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1379313
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58
Bog'liq
12755 2 CEA310666DA3454D42AB671A2CA9D1F74BC7A7C2

Savol va topshiriqlar: 
1. Qadimgi turkiy til, uning bosqichlari va unga oid bitiktoshlar haqida 
ma’lumot bering. 
2. Qadimgi turkiy so’zlar tushunchasini izohlang. 
3. Qadimgi turkiy so’zlarni mavzuiy guruhlar bo’yicha tasniflang. 


4. Hozirgi o’zbek adabiy tilida qaysi qadimgi turkiy so’zlar iste’moldan 
chiqib, eskirmaga aylangan. 
ESKI TURKIY ADABIY TIL DAVRI
 
E‘ t i b o r q a r a t i l a d i g a n m a s a l a l a r: 
1. Qoraxoniylar hukmronligi davrida adabiy til masalasi. 
2. Eski turkiy adabiy til davri bosqichlari. 
3. Eski turkiy adabiy til davrida yaratilgan yozma yodgorliklar va 
ularning til xususiyatlari. 
4. Eski turkiy adabiy til taraqqiyotida Yusuf Xos Hojib, Mahmud 
Koshg`ariy va Ahmad Yugnakiy kabilarning o’rni.
 
Qadimgi turkiy bosqichning ikkinchi davriga eski turkiy til deyiladi. Bu 
davr asosiy turkiy qabilalar va elatlar tillarining to’la shakllanishi va rivojlanishi 
davri bo’lib, XI-XIII asrlarni, ya’ni Qoraxoniylar davlati va mo’g`ullar 
hukmronligi davrini o’z ichiga oladi. Bu davrda barcha turkiy xalqlar va tillar 
to’la shakllandi. Ular o’zlarining asosiy belgilari jihatidan turkiy tillarning 
hozirgi holatiga ancha yaqin bo’lgan tarzda rasmiylashdi
1

X asrda Qoraxoniylar davlatida islom dini rasman qabul qilindi. Bu 
jarayon adabiy til, yozma adabiyot, madaniy hayot va falsafiy qarashlarga ham 
o’z ta’sirini ko’rsatdi. Ayni kezlardan adabiy tilning yangi bir bosqichi 
boshlanadi. Mo’g`ullar saltanati davrida ham butun saltanatga qaram yerlarda
1
Мухторов А., Санақулов У. Ўзбек адабий тили тарихи. -Т.: Ўқитувчи, 1995. –Б. 34. 


to’rt ulusda – Chig`atoy, Jo’ji, Xulagu, O’ktoy (Ugadoy) uluslarida mo’g`ul tili 
emas, qoraxoniylar adabiy tili an’anasini saqlagan turkiy til amalda bo’ldi
1

Qoraxoniylar hukmronligi davrining eng muhim xususiyati sifatida shuni 
aytish mumkinki, bu davrda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda 
taraqqiyot yuz berdi, ilm-fan ancha rivojlandi. XI asrning birinchi yarmida 
Sharqiy Turkiston va G`arbiy Turkistonni bir markazdan boshqarish imkoni 
tug`ildi.
Ayonki, Qoraxoniylar davlati turkiy kabila-urug`larning yetakchiligida barpo 
bo’ldi. Ularning hukmronligi davrida adabiy til masalasiga alohida e’tibor 
qaratildi. Buning sababi shu ediki, ularning hukmronligiga qadar, asosan, forsiy til 
turkiy xalqlarning adabiy tili vazifasini bajarib kelayotgan edi. Qoraxoniylar 
hukmronligi davrida til vaziyati o’zgardi. Mazkur davrda turkiy tilning ijtimoiy-
siyosiy mavqei ancha oshdi, bu tilda ijod qiluvchilarning miqdori ko’paydi va 
yozilgan har bir asar taqdirlandi.
Qadimgi turkiy til asosida XI-XII asrlarda Qoraxoniylar davlatida eski 
turkiy til shakllandi. Mazkur adabiy til XIV asrning birinchi bosqichiga qadar 
amalda bo’ldi. Qoraxoniylar davrida yaratilgan yozma yodgorliklar tili qadimgi 
turkiy til davrida yaratilgan asarlar tiliga juda yaqin. Bundan shuni anglash 
mumkinki, qadimgi yozma til an’analari mazkur davrda ham ma’lum farqlar 
bilan davom etgan. 
Qoraxoniylar davrida ko’plab iste’dod egalari yetishib chiqdi. Mazkur 
davrning mashhur adiblaridan Yusuf Xos Hojib, Mahmud Koshg`ariy va 
Ahmad Yugnakiylar shular jumlasidandir. Yusuf Xos Hojib «Qutadg`u bilig» 
asarini yozib, katta ahamiyatga ega bo’lgan ishni amalga oshirdi. Adibning 
ushbu asarida davlatni boshqarish usuli, qonun-qoidalari, siyosati, mafkurasi, 
odob-axloq masalalariga oid o’z davri va hozirgi davr uchun ham zarur va 
foydali fikrlar ilgari surilgan. Adib jamiyatning to’rt ustuni – adolat, davlat, aql-
1
Содиқов Қ. Тарихий лексикография / Ўқув қўлланма. –Т.: Тошкент давлат Шарқшунослик институти, 
2012. –Б. 39. 


zakovat, qanoatga alohida e’tibor qaratadi. Yusuf Xos Hojib ushbu asari bilan 
adabiy til me’yorlarini tartibga solib, turkiy adabiy til taraqqiyotiga benazir 
hissa qo’shdi, Asar eski turkiy adabiy tili xususiyatlarini o’zida to’liq aks 
ettirganligi bilan ahamiyatlidir. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg`u bilig” asari 
qadimgi turkiy tildan eski turkiy tilga o’tishda katta bir ko’prik bo’lib xizmat 
qildi; bu asari bilan adib yangi musulmon davri turk adabiy tili me’yorlarini 
belgilab berdi
1

Turkiy xalqlar uchun Mahmud Koshg`ariyning «Devonu lug`otit turk» 
asari qomusiy xususiyatga ega. Asar turkiy xalqlarning tillari tarixini o’rganish, 
o’sha davr tili, uning morfologiyasi, fonetikasi, leksikasi bo’yicha 
ma’lumotlarga ega bo’lish va qadimgi turkiy so’zlarning etimologiyasini 
o’rganishda eng muhim manba hisoblanadi. Shuningdek, asarda turkiy 
xalqlarining madaniyati, urf-odatlari, turmush tarzi va etnik tarixiga oid 
g`oyatda qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. 
Eski turkiy adabiyot va adabiy tilining ravnaqiga katta hissa qo’shgan 
mualliflardan yana biri, turk didaktik adabiyotining yirik namoyandasi, buyuk 
faylasuf Adib Ahmad (Adib Ahmad bin Mahmud Yugnakiy)dir. Uning yashab 
o’tgan davri aniq emas. Asarlarining til xususiyatlariga qarab, uni taxminan XII 
asrda yashab ijod etgan, deyish mumkin. Ahmad Yugnakiyning bizgacha 
mashhur “Hibatul-haqoyiq” dostoni, pand-nasihat mazmunli to’rtligi va she’riy 
baytlari yetib kelgan. Alisher Navoiy “Nasoyimul-muhabbat” tazkirasida turk 
mashoyihlari qatorida Adib Ahmadni tilga oladi, uning ijodiga yuksak baho 
berib, ayrim baytlarini keltirib o’tadi. 
Eski turkiy adabiy til davri quyidagi bosqichlarni birlashtiradi: 1) 
Qoraxoniylar davri tili (qoraxoniylar davrida yaratilgan yozma yodgorliklar 
tili); 2) “Chig`atoy turkiysi”; 3) Eski xorazm turkiysi (Oltin O’rda va Xorazm 
muhitida amal qilgan adabiy til); 4) Eski qipchoq tili (Misrda yozilgan 
1
O`sha asar, 44-bet. 


grammatik asarlar va lug`atlar hamda g`arbiy turk o’lkalarida qipchoqlar 
yaratgan asarlar tili); 5) Eski anato’li turkchasi (Bu XIII-XV asrlarda o’g`uz 
turklari qo’llagan yozma adabiy tildir. Keyinchalik buning negizida usmonli 
turkchasi otini olgan adabiy til yuzaga keldi)
1
O’z davri tilini adiblardan Yusuf Xos Hojib «Bug`roxon tili», Mahmud 
Koshg`ariy «xoqoniy tili», Ahmad Yugnakiy esa «koshg`ariy til» deb atagan. 
Ma’lumki, XIII asrning boshlarida O’rta Osiyo hududini mo’g`ullar istilo 
qilishni boshladi. Bu tarixiy voqea O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy 
hayotidagina emas, balki ularning tiliga ham katta ta’sir ko’rsatdi. Mo’g`ullar 
istilosi natijasida tuzilgan davlat Chig`atoy davlati deb yuritildi va u uzoq davr – 
XIV asrning oxirigacha, ya’ni Temuriylar imperiyasi tuzilguncha davom etdi. 
Unda davlat idora ishlarini yuritishda, asosan, qoraxoniylar davridagi adabiy tilga 
va qisman, Xorazmdagi adabiy tilga asoslanildi. Mazkur davlat hududida 
qoraxoniylar davrida tashkil topgan qarluq-chigil-uyg`ur va g`arbiy xorazm 
(o’g`uz) tili asosida va ularning taraqqiy etishi natijasida chig`atoy tili shakllandi. 
Bu til uzoq vaqt adabiy til sifatida amalda bo’ldi. 
XII-XIV asrlarda esa Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan hududda, 
Xorazm va Oltin O’rda hududlarida Sharq manbalarida xorazmiy-turkiy deb 
ataluvchi adabiy til paydo bo’ladi. Xorazmning XI-XII asrlardagi adabiy va 
ilmiy hayotida faol qatnashgan o’g`uz va qipchoq qabilalarining tillari mazkur 
adabiy tilning asosini tashkil etadi.
2
Oltin O’rda turkumidagi yodgorliklar tili qoraxoniylar davlatida 
yaratilgan asarlar tilidan ayrim dialektal jihatlarga ko’ra farq qiladi. Mazkur 
yodgorliklar tilida nisbatan qipchoq lahjasi elementlari ko’p uchraydi.
Xorazm va Oltin O’rdada yaratilgan asarlar tilida qadimgi turk adabiyoti 
va tili an’ana hamda xususiyatlari saqlangan. Mazkur hududlarda nazarda 
tutilgan 
davrlarda 
Nasiruddin 
Rabg`uziyning 
“Qisasi 
Rabg`uziy”, 
1
O`sha asar, 7-bet. 
2
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. –Т.: ЎзМЭ‚ 2006. -5-том. –Б. 8. 


Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, shu asarga o’xshatma qilib undan 80 yilcha 
keyin (1435-yilda) yozilgan Said Ahmad ibn Mironshohning “Taashshuqnoma”, 
Sayfi Saroyining “Gulistoni bit-turkiy”, Qutbning “Xusrav va Shirin” kabi 
asarlari yaratildi. 
Qadimgi turkiy adabiy til va X-XII asr yodgorliklari tilida iste’molda 
bo’lgan, XIII asr va XIV asr boshlarida yaratilgan ayrim asarlar tilida muayyan 
darajada qo’llangan «d(z)»lashish hodisasi XIV asr g`arbiy adabiy til, ya’ni Oltin 
O’rda va Xorazm adabiy tillari ta’sirida «y»lasha boshladi. Buni Xorazm va Oltin 
O’rda turkumiga kiruvchi asarlar tilida kuzatish mumkin.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling