Yordamchi tarixiy fanlar


M.M.is’hoqov, I.B.Xudaynazarov, “Yordamchi tarixiy fanlar “. T.:TDSHI, 2018-yil


Download 340.31 Kb.
bet2/5
Sana25.12.2022
Hajmi340.31 Kb.
#1065387
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5361784408653169715

M.M.is’hoqov, I.B.Xudaynazarov, “Yordamchi tarixiy fanlar “. T.:TDSHI, 2018-yil
Yordamchi tarix fanlari tadqiqot doirasi va usuli qanday bo’lishidan qat’iy nazar birinchi navbatda manmashunoslik fani bilan uzviy bog’liqdir.Chunki,yordamchi sohalarning hammasi manbadagi malumotlarni har tomonlama o’rganish va mazmunini ochib berish bilan shug’illanadi.Manbalar qo’lyozma,tanga,arxeologik topilma va boshqa ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.Bundan tashqari geografiya,psixologiya,tibbiyot,ekalogiya,O’zbekiston tarixi, jahon tarixi va boshqa fanlar bilan bog’liq .
Yordamchi tarix fanini o’qitishda qadimgi qo’lyozmalar, tangalar,arxeologik qazishmalar jarayonimda topilgan ashyolardan,muzey eksponatlaridan,hujjatlarning asl nusxalaridan,tarlimalaridan va imkon qadar zamonaviy texnik vositalardan foydalanish zarur.Tarixni muayyan ijtimoiy,siyosiy manfaatlar talablariga bo’ysindirishga qaratilgan har qanday urinish bu fan oldidagi ob’ektivlik talabiga ziddir.
Fanni o’qishdan maqsad ­­­---talabalarni tarix fanining malumotlar bazasini tashkkil qiluvchi, matireallar majmuasini shakllanturuvchi ilmiy-amaliy sohalar bilan tanishtirish, ularda bu sohalar haqida mukammal tasavvur,bilim ko’nikma va malakani shakllantirishdir. Fanning vazifasi talabalarni manbashunoslikning asosi hisoblanmish “yordamchi tarixiy fanlar”ning sohalari bilan tanishtirish ,qadimgi yozuvlar matnlarining tashqi holati bo’yicha zarur amaliy xulosalar chiqarishga o’rgatish,qadimgi yozma yodgorliklarni tavsif qilish usullarini o’rganish,epigrafika manbashunoslikning mahsus sohalari sifatida turli kitoblarni o’qish,tahlil qilish va manba sifatida ilmiy hamda o’qish jarayonlariga jalb qilish,numizmatik materiallardan siyosiy va iqtisody hayotga oid xulosalar chiqarish bo’yicha bilim va ko’nikmalar berish, tarixiy atamashunoslik sohasi haqida tasavvur berishdan iborat. Yani,o’tmish voqealarini o’z zamoniga nisbatan,ularning qanchalik taraqqiyotga ta’sir ko’rsatgani yoki regressiv ro’l o’ynagani muhim hisoblanadi.
Demak,tarixiy voqea-hodisalarning ahamiyatiga o’z davriga nisbatan baho berish lozimdir.
Yuqoida keltirilgan tarixiy tadqiqot metodi va metodologiyasiga bog’liq munozaralar o’z navbatida tarixning yordamchi ilmiy-amaliy sohalariga ham bevosita bog’liqdir.
O’z navbatida biz yordamchi tarixiy fanlarning hayotimizda va fanlarda kata o’rni borligini o’zimiz ko’rib turibmiz.

Paleografiya yordamchi tarix fani yozuv yodgorliklarining tashqi alomatlari, ular-da aks etgan yozuv shartli belgilar tizimi, yozuv materiali, yozuv ashyolari, bitik usullari yozuv yodgorliklarining saqlanish holati, matnni tuzish va uning qismlarini joylashtirish xususiyatlari, kotiblik ko‗nikmalari, husnixat shakllari, ayrim uslubiy 12 grafik shakllar, bezaklar, harf va ularnig birikmalarida kotibning xos usullari, yodgor-likning yaxlit tuzilishiga xos alomatlar ,bosh harf, fraza ajratish, tinish belgilari va hokazo ko’plab masalalarni yaxlit o’rganishdan iborat murakkab vazifani ado etadi. Paleografiya yordamchi tarixiy fanlar sohalaridan biri bo’lib, yozma yodgorliklarning yozuv tuzilishi, alifbosi yoki boshqa turdagi shartli chizma belgi va shakllarning genetik asoslari, ularning rivojlanish yo’llari va dinamikasi, yozuv asboblari, yozuvning uslub turlari, husnixat sifatida me‘yoriy darajalarga yetgan namunalari, yozuvning bezaklari, umum savodxonlik va kotiblik kasbiy san‘ati turlari, matn tuzish tamoyillari, yozuv materiallari, yozuv matnlarining saqlanish holati kabi qator masalalarni o’rganib, kerakli ma‘lumotlar zahirasini manbashunoslik tadqiqotlari uchun tayyorlab beradi. Paleografiya yozma yodgorliklarning tashqi holatini tekshirish bilan shug’ullanadi. Lekin, paleografik tadqiqot uchun jahonda yoki mintaqada qadimgi yozuvlar, ularning belgi tizimlari, harflarning qaysi tovushni yoki lug’aviy ma‘noni ifodalashi va yozuv madaniyati masalalaridan xabardorlik talab qilinadi. Bu o’z navbatida dastlabki bosqichda qanday yozma yodgorlik bilan ish ko’rilayotgani to’g’risida farazni olg’a surish, va tekshirilayotgan yozma yodgorlik yozuvining qanday tizimga, qaysi davrga tegishliligini belgilash imkonini beradi.




Download 340.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling