Yordamchi tarixiy fanlar


Download 340.31 Kb.
bet3/5
Sana25.12.2022
Hajmi340.31 Kb.
#1065387
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5361784408653169715

Paleografiya

Paleografiya ―‖ atamasi yunoncha ikki so’z o’zagidan yasalgan bo’lib, palayos ―qadimiy‖, grafo―yozaman‖ demakdir. Ya‘ni, paleografiya qadimiy va umuman o’timishga oid yozma yodgorliklarni o’rganuvchi ilmiy sohadir.
Paleografik tadqiqotlar bugungi kunda nafaqat qadimiy yozma manbalar doirasini balki, ma‘lum amaliy maqsadlarda so’nggi davrlar, hatto hozirgi zamon yozuv materiallarini tekshirishgacha amal qilmoqda. Olimlar yozuvni bundan V-VI ming yil avval Misr, Mesopotamiya, Xett, Hindiston va Xitoyda kashf etilgan, deb hisolashadi. Qadimgi Shumerda (Mesopotamiya) mil. avv. IV-ming yillikda mixsimon iyeroglif yozuvi kashf qilingan. Shumer yozuvlari suratli yozuvlar bo’lib aytmoqchi bo’lgan fikr sur'at shaklida aks ettirilgan. Lekin, suratli, so’zlar bilan ko’p narsani ifoda etib bo’lmagan va bu soddalashtirilib ponasimon mixxat yozuvi kashf etilgan. Mixxat belgili yozuvlar 600 dan ortiq bo’lgan. Bu yozuv 3-ming yillikda Shumerda ixtiro qilingan.

Epigrafika

Epigrafika yunoncha ―epik va ―grafika‖ so’zlaridan olingan bo’lib, ―qattiq matea rial yuzasidagi yozuv‖ degan ma‘noni bildiradi. Epigrafika fani asosan tosh, sopol, metall, va boshqa qattiq buyumlarga bitilgan qadimgi va o’rta asr yozuvlarini o’rganuvchi fandir. Ushbu fan uyg’onish davrida qadimiylikka, chunonchi Qadimgi Sharq va qisman qadimgi ―Bibliya‖ga qiziqish kuchaygan paytda paydo bo’lgan. Epigrafika fanida dastlab Italiya, Yunoniston, Shimoliy Afrika va Falastindan topilgan oltindan bo’lgan yunon, etrusk, qadimgi yahudiy, finikiya yodgorliklarigagina ega edi. XIX asrning o’rtalaridan epigrafika ayniqsa, tez rivojlana boshladi.

Numizmatika

Tangalar, ularni tarix bilan bog’lab o’rganish ishi bilan numizmatika fani shug’illanadi. Numisma ―tanga‖ (lotincha) demakdir. Tanga birinchi galda – pul, ya‘ni tovar oldi-sotdi munosabatlarining qiymat belgisi va qiymat ashyosi.
Insoniyat hayotida uning o’rni va roli beqiyos darajada katta bo’lib kelgan.
Tanga (pul shakli sifatida) paydo bo’lmasdan avval savdo‖ munosabatlarining mohiyati amalda almashuvdan iborat bo’lgan desak xato bo’lmaydi. Almashuv zaruriyati esa, o’z navbatida mehnat taqsimotning oqibati edi.
Tangalar nafaqat tarixni balki,o’sha davr madaniyatini ham o’rganishga yordam beradi.



Ahamoniylar darigi eramizdan avvalgi VI- V asrlarga oid oltin tangalar.



Toponimiya

Odamzod o’zi yashayotgan, qadami yetgan yerlarga nom qo’yishi tabiiy hol, chunki u yoki bu voqeani odam o’sha voqea-hodisa sodir bo’lgan yerga bog’laydi. Qadimgi yunonlar bu sohaga umumiy nom qo’yishgan va fanda toponimika atamasi paydo bo’lgan. ―Topos‖ – o’rin, joy; ―onomos‖ – ism, ot demakdir. ―Onima‖ varianti – nomlanish deb tarjima qilinishi mumkin. Joy nomlari bir tomondan geografiya uchun ob‘ekt bo’lsa, ikkinchi tomondan ularning tuzilishi materiali leksik birliklar, ya‘ni bir tilning ayrim olingan so’zi, qo’shma so’zi kabilardan iborat bo’lgani uchun filologiyaga, xususan tilshunoslikka aloqador. Tilshunos olim toponim usullarni tarkibiy tuzilishi yasalish usullarini til qonuniyatlari asosida o’rganadi.
Shu tariqa biz barcha fanlarni o’rganishda avvalo,uning tarixini o’rganishimiz kerakligini tushunib yetishimiz mumkin.Masalan, tibbiyot,adabiyot,matematika yoki gumanitar fanlarni o’rganishda uning tarixini bilishimiz zarur,chunki agar fanning kelib chiqishini bilmasak,unda taraqqiyotga erisholmaymiz.

Download 340.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling