Yordamchi tarixiy fanlar
Yordamchi tarixiy fanlarning yangi sohalari
Download 340.31 Kb.
|
2 5361784408653169715
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kodikologiya Kodikologiya
- Faleristika Faleristika
- Veksellologiya
- Filumeniya
Yordamchi tarixiy fanlarning yangi sohalari
Yordamchi tarixiy fanlarning yangi sohalaridan biri shubhasiz kodikologiyadir. Kodikologiya – bu atama lotincha, kodosis-kitob, logos-fan degan ma‘noni bildiradi. Kodikologiya yordamchi tarix fanlarining maxsus sohasi bo’lib, uning o’rganish ob‘ekti kitobdan iborat. Bu atamani 1949-yilda faransuz olim Alfons Den taklif qilgan.
Kodikologiya kitobning moddiy asoslarini ham o’rganadi ya‘ni charm, papirus, qog’oz, mato va boshqa kitob uchun ishlatilgan materillar ham tadqiqot ob‘ektidir. Berestologiya – bu yordmchi tarix sohasi maxsus soha hisoblanib, daraxt po’stlog’iga yozilgan yozma yodgorliklarni o’rganish bilan shug’ullanadi. Beresta so’zi – oq qayin po’stlog’i degan ma‘noni bildiradi. Bonistika – bu yordamchi tarix sohasi muomaladan chiqib ketgan pul birliklari va pul qiymati vazifasini o’tovchi qog’oz belgilar tadqiqoti bilan shug’ullanadi. Bonistika qog’ozda ifodalangan pul birliklarining jahon miqyosidagi tarixini, sitemali ravishda o’rganadi.
Faleristika – yordamchi tarix sohasi bo’lib, ordenlar, medallar va barcha turdagi ko’krak nishonlarni yig’ish va ularni tadqiq qilish bilan shug’ullanadi. Faleristika 250 hurmat belgilari, yubileylar munosabatalari bilan chiqarilgan medallar, o’quv muassalarni tugatganligi haqidagi nishonlarni ham yig’ib o’rganadi. Veksellologiya – yordamchi tarix sohasi bo’lib, bayroqlar, tug’lar, alamlar, vimpellar (avliyo valiylarning tayoqqa ilingan bayrog’i, so’fiylarning bayroqchalari)ni o’rganadi. Veksellologiya – bayroq ma‘nosini ifodalab, Rim legionlarining bayrag’i nomdan olingan. Emblematika - yordamchi tarix fani bo’lib, emblema yunoncha so’z bo’lib, ―bo’rtma tasvir yo qadam usuldagi tasvir‖ ma‘nosini ifodalaydi. Ushbu fan ramziy, shartli tasviriy materiallarni o’rganish bilan shug’ullanadi. Filumeniya- tarixning yordamchi sohasi bo’lib, gugurt qutilarning etiketkalarini yig’ish bilan shug’ullanadi.
Download 340.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling