Yordami sozlar komakchilar boglovchilar yuklamalar stilistikasi
Lekin bunda mantiq qani? Asli ne murod?
Download 245.5 Kb.
|
bog\'lovchi va yuklamalar
Lekin bunda mantiq qani? Asli ne murod?Barobarmi yaxshi bilan yomonning dogi? Bu matndagi bilan yordamchisi biriktiruv boglovchisi va ga ma`nodosh vazifani bajarmoqda: qiyoslang: yaxshi bilan yomonning // yaxshi va yomonning. 7. Konikdilar asrlar ham taqdir ishiga, Saltanatlar kelib ketdi takror va takror. Faqat Hakim buyuk CHarxning aylanishiga Sukut ichra quloq tutib yotar bedor. Bu orinda aynan bir soz (takror) ning yonma-yon boglovchi yordamida qollanishi matn orqali ifodalanayotgan chuqur davomiylik, an`anaga sadoqat motivlarining ifodasi uchun xizmat qilmoqda. 8. Badaviy shaklida kelib Azroil Muhammadga dedi: - Joningni olgum. Va lekin hurmatga erursan noil, Tila tilagingni, dost bolib qolgum ; Baharhol roshnolik bolsa bir qoy soyib yuborishga harakat qilingiz va lekin men aytgan gap yodingizdan kotarilmasin (A.Qodiriy. Obid ketmon) kabilar. Oxirgi parchalarda va lekin boglovchilari yonma-yon kelib, uslubiy ma`no ifodalashga xizmat qilayotir. Bundan korinadiki, yordamchilar, jumladan biriktiruv boglovchilari matn talabi bilan turlicha pragmatik (hosila) ma`nolarni ifodalashga xizmat qiladi. Biriktiruvchi boglovchilar gapning uyushiq bolaklarini, qoshma gap tarkibidagi ayrim sodda gaplarni bir-biri bilan munosabatga kiritadi. Ozbek adabiy tilida bunday boglovchilardan eng faol qollanadigani va boglovchisidir: Oy suzar osmonda oppoq va masrur // Huv, choqqiga chiqqaning zamon (H.Aslanova); Tong tortigi sahifa va sahifa nomlar // Bir kungina qoshiq tugmay botmaydi shomlar (M.YUsuf); Oradan bor-yogi uch kun otdi va guriylar orasidagi sotqinlar kirdikorlari fosh boldi (E.Samandar. Sulton Jaloliddin); Koksi tola oppoq, tozgan soqoli // Oq yaktak, oq ishton va yalangoyoq (SH.Qurbon); Kunlar shu tariqa mehnatda otar // Otar suvday oqib tinmagur va shan (SH.Qurbon); Mulla Muhsin boshida gapga tushunmay tursa ham, songra payqab olib iljayadi va domlaning maslahatlarini qabul qilgan vaziyat korsatadi (A.Qodiriy. Obid ketmon)kabilar. Ba`zan she`riy matnlarda misra va boglovchisi bilan boshlanadi, bu esa ifodalanayotgan pragmatik hosila ma`noning kuchli, emotsional-ekspressiv ohangda ifodalanishini ta`minlashga xizmat qiladi: Qancha diyorlarda sayr etib yurdim // Qancha manzillarda tuzdim oshyon // Va buyuk hikmatga axir yuz burdim // Siylangan joyida azizdir inson (A.Oripov); Uni taftish qilmoqdaydi Malika ayon // Va barobar pinxon dilin borardi yorib (A.Oripov. Hakim va Ajal) kabilar. Va boglovchisi uyushiq sifatlovchi aniqlovchilarni boglaganda, ular ifodalayotgan ma`noni kuchaytirish, borttirish uchun ham xizmat qiladi: Vazir SHamsulmulk hikmat va donish sohibi edi, unga izn berildi (E.Samandar. Sulton Jaloliddin); Odam isi yoqmas emish, tund va badqovoq // Faqat kitob varaqlarmish qarab darchadan (A.Oripov. Hakim va Ajal) kabilar. Hamda boglovchisi va, ham boglovchilari singari gap bolaklari va qoshma gap tarkibidagi ayrim gaplarni boglashga xizmat qiladi. Bu boglovchi qator uyushgan bolaklarning oxirgisidan oldin kelganda, uyushgan bolaklar orasidagi tenglikni korsatish bilan birga oxirgi uyushgan bolakni ajratib, ta`kidlab korsatish uchun ham xizmat qiladi: Litsey oquvchilaridan Qodir Valijonov, Karimjon Akobirov, Nilufar SHomirzaeva hamda Nigoraxon Tursunxojaevalar fan olimpiadasida goliblikni qolga kiritganlari uchun qimmatbaho sovgalar bilan mukofotlandilar (Samarqand gazetasi) kabilar. Ham boglovchi vazifasida kelganda, va boglovchisi kabi uyushgan bolaklarni boglaydi va bolaklar orasidagi tenglik munosabatini ifodalashga xizmat qiladi: Bu gap albatta shu erda qolishi, Ahmadjonlarga, Sonagul ham Bahriddinlarning qulogiga etib bormasligi kerak (A.Muxtor. Davr mening taqdirimda); U Oktam ham Osarjonga qarabsalmoqlanib dedi (Oybek. Oltin vodiydadan shabadalar) kabilar. Download 245.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling