Yordami sozlar komakchilar boglovchilar yuklamalar stilistikasi
Download 245.5 Kb.
|
bog\'lovchi va yuklamalar
Bilan komakchisining yordamida, komagida, vositasida, davomida singari sozlar bilan sinonimik munosabatda bolishi ham uning bu boradagi imkoniyatlari naqadar kengayib ketganligidan dalolat beradi: yordamida bilan: CHamadonning qulfi yoq, qoq belidan tasma bilan chandib qoyilgan edi (O.YOqubov) / CHamadonning qulfi yoq, qoq belidan tasma yordamida chandib qoyilgan edi; komagida bilan: YAshnab ketdi dilda tilaklar, / Mehnat bilan gulladi turmush (Zulfiya) // YAshnab ketdi dilda tilaklar, / Mehnat komagida gulladi turmush; davomida bilan: Qishi bilan etilgan tuproq / Qiz qoliga ochar koksini (Zulfiya) // Qish davomida etilgan tuproq / Qiz qoliga ochar koksini kabi.
Ozbek tili grammatikasida Ravishdosh mavzusi yoritilish jarayonida (i)b qoshimchasi haqida aytilgan quyidagi: Boglovchilik vazifasini otaydi va shu bilan birga fe`lning qandaydir bir formasi ornida qollanadi. Buni quyidagi bir misoldayoq ochiq korish mumkin: Keksa master Kuznetsov oz shogirdlaridan faxrlanib, u ham yaxshi bilaklar bilan bir-ikki soz aytdi-da, Omonovga orin berdi (Iboxon). Misoldagi faxrlanib formasi ornida faxrlandi-da formasini va aytdi-da formasi ornida aytib formasini qollash mumkin. Demak faxrlanib formasidagi –(i)b ravishdosh yasovchisi di affiksi bilan -da boglovchisiga xos tarzda qollanayapti (Otg,516) mulohaza doirasini bilan komakchisi hisobiga kengaytirish mumkin. CHunki ayrim misollar tahlili lanib va bilan ortasida ham sinonimik munosabat shakllanishini korsatadi: Dunyo ortiq yorigandi sen tugilganda, / YUragingni sevinch bilan tingladi onang (Zulfiya) // Dunyo ortiq yorigandi sen tugilganda, / YUragingni sevinchlanib tingladi onang; Kunda qizib yotgan qumliklaring ham / Jilva bilan boqdi mehribon (Zulfiya) // Kunda qizib yotgan qumliklaring ham / Jilvalanib boqdi mehribon singari. Payt ma`nosini anglatadigan komakchisi bilan ham sinonimik munosabatga kirishadi: Qora kozlaringning dilbar nigohi / Kun boyi yashaydi aqlu hushimda (Zulfiya) // Qora kozlaringning dilbar nigohi / Kuni bilan yashaydi aqlu hushimda; Goh qiynaysiz, goh yayratasiz / Tuni boyi bolib yoldoshim (Zulfiya) // Goh qiynaysiz, goh yayratasiz / Tuni bilan bolib yoldoshim kabi. Orin kelishigi qoshimchasi va bilan ortasidagi sinonimik munosabatlar R.Qongurovning Ozbek tili stilistikasi asarida keng kolamda tahlil qilingan va unda ozaro almashishlar jarayonidagi ular bilan birga keladigan boshqa sozlar tarkibida yuz beradigan ozgarishlar, agar matn she`riy shaklda bolsa, vaznning saqlanishiga ta`siri masalalarida ham toxtalib otilgan. Ularni sinonim deb qarash mumkin bolmagan holatlar haqida ham fikrlar bildirilgan. (QR, 126-129). SHunday qilib, hozirgi ozbek adabiy tili uchun me`yoriy xarakterda bolgan komakchisining tarixan bir qancha variantlari bolgan va ularning juda oz qisimgina badiiy adabiyot matnlarida saqlanib turibdi. Bu komakchining ayrim kelishik qoshimchalari bilan sinonimik imkoniyatlari keng bolib, bu narsa ularning uslublararo vazifaviy chegaralanishlarini ham belgilaydi. A.Pardaevning dissertatsion ishida boshqa sof komakchilar ham ana shu tarzda tahlil qilingan. Hozirgi adabiy tilimizda ham funktsional komakchilarning mavjudligi, birinchidan, komakchilarning tarixan mustaqil sozlardan iborat bolganligi va ularning dastlab leksik ma`no anglatganligidan, ikkinchidan esa, bu jarayon tilda hali ham davom etib kelayotganligidan dalolat beradi. Bu toifadagi komakchilar tilimiz tarixi tadqiqotchilarining kuzatsh ob`ekti bolgan va bu tadqiqotlar natijasi ularning asosan fe`l, ot, ravish, ravishdosh singari mustaqil soz turkumlaridan kelib chiqqanligidan dalolat beradi. Ana shunday mulohazalarni U.Tursunovning Ozbek tilida song komakchilar, Kononovning Poslelogi v sovremennom uzbekskom literaturnom yazike, A.A. Koklyanovaning Poslelogi i slujebnie imena v uzbekskom yazike, G.F. Blagovaning XV-XVI asrlar eski ozbek adabiy tilidagi komakchilar haqida, S.Mutallibovning Morfologiya va leksika tarixidan qisqacha ocherk (XI asr yozma yodgorliklari asosida), A.M. SHerbakning Grammatika starouzbekskogo yazika, G.Abdurahmonov va SH. SHukurovning Ozbek tilining tarixiy grammatikasi, H.G. Ne`matovning XI-XII asr yozma yodgorliklarida komakchilar, T.Rustamovning Hozirgi ozbek adabiy tilida komakchilar, Sof komakchilar, e. Fozilovning Ozbek tilining tarixiy morfologiyasi, J.Hamdamovning Ozbek tili tarixi. Ikkinchi qism. Tarixiy morfologiya.Ikkinchi bolim kabi asarlaridan topishimiz mumkin boladi. Funktsional komakchilarning sof komakchilardan ajralib turadigan xususiyati ularning hozirgi ozbek adabiy tilida bir tomondan ozning dastlabki leksik ma`nolarini saqlab kelayotganligi bolsa, ikkinchi tomondan gapning shakllanishida ma`lum grammatik vazifalarni bajarishi bilan bogliq. Ulardagi bu xususiyatni H.Ne`matov ravish komakchilar misolida quyidagicha izohlagan: Ravish komakchilar soz ozgartuvchi qoshimchalarni qabul qila olmasligi, ota abstrakt ma`noga ega ekanligi va shuning uchun kelishik formalarini komakchilarga yaqinlash(tir)sa, oz grammatik ma`nosining mustaqil soz ravishning lugaviy ma`nosi bilan aloqadorligi va nutqda mustaqil qollana olish qobiliyati bilan ot komakchilarga yaqin turadi; ravish komakchilar sof va ot komakchilar orasida oraliq orinni egallaydi. Bu oraliq orin asosida ravish komakchilarda yo sof komakchilarga (ya`ni grammatik ma`nosining leksik ma`nodan batamom uzilishi) yoinki ot komakchilarga otish (ya`ni egalik va kelishik affikslari bilan birikib kelish) tendentsiyasi kozga yaqqol tashlanadi. SHuning uchun uze, otru ravish komakchilar oz xususiyati bilan sof komakchilarga yaqinlashsa (mas., anin otru (Q.2562)- bu tufayli andin otru ornida, senin uze - sende”), boshqa bir necha komakchilarda (chunonchi asra, tegre, on, basa va h.k.) ot komakchilarga otishni korish mumkin. (Ne`matov H.G. XI-XII asr yozma yodgorliklarida komakchilar, 45). H.G.Ne`matov funktsional komakchilarga nisbatan mustaqil-yordamchi sozlar atamasini qollaydi. Olimning fikri qanchalik ilmiy asosga ega ekanligini anglab olish maqsadida uning bu borada qayod etganlarini batafsil keltirishga togri keladi: Mustaqil va sof yordamchi sozlardan farqlash maqsadida ham mustaqil, ham yordamchi vazifasida kela oladigan sozlarni mustaqil-yordamchi sozlar deb ataymiz. Sof komakchilar funktsiyasi, morfologik ozgarmasligi, alohida urguga ega emasligi, mustaqil sozlarsiz qollana olmasligi bilan, qisman bolsa-da, qoshimchalarga (kelishik affikslariga) oxshasa, mustaqil-yordamchi sozlar morfologik xususiyatlari, yakka holda qollanila olishi bilan mustaqil sozlarga yaqin turadi. Demak, mustaqil-yordamchi sozlar sof yordamchi sozlar va sof mustaqil sozlar orasida oraliq orinni egallaydi. dialektik materializm noantogonistik qarama-qarshi tomonlar bir-birini rad etibgina qolmay, ularning birlashishini ham tan olish dialektikaning muhim elementlaridan biri ekanligini uqtiradi. Ikki qarama-qarshi elementlar (elementlar gruppasi)ning xususiyatlarini ozida mujassamlashtiruvchi element dialektik logikada oraliq uchinchi (vklyuchennioe trete) deb ataladi va u dialektik logikaning muhim elementlari sanaladi. Dialekti logika ta`limoticha, ikki ozaro qarama-qarshi element orasidagi orliq uchinchi, uning taiati ochilmaguncha, elementlarning mohiyati organilgan hisoblanmaydi. Mustaqil va sof yordamchi sozlar orasidagi munosabatlarni oraliq uchinchisiz mustaqil-yordamchi sozlarsiz aniqlash qiyin. SHuning uchun yordamchi sozlarni hech qanday mustasnosiz yo qoshimchalar, yoyinki sozlar sostaviga kiritish bir tomonlama fikr dir; yordamchi soz turkumlarida ularni qoshichalar bilan yaqinlashtiruvchi elementlar ham, mustaqil sozlar bilan ham yaqinlashtiruvchi elementlar mavjud Download 245.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling