Yordami sozlar komakchilar boglovchilar yuklamalar stilistikasi
Download 245.5 Kb.
|
bog\'lovchi va yuklamalar
Ham sozi uyushgan bolaklarning oldida yoki oxirida takrorlanib kelishi mumkin. U faqat uyushgan bolaklarning oldida kelgandagina boglovchi sanaladi: Oz toyida ham mehmon // Ham mezbon bolmish bu jon // Kuylar YAhyo, Qahramon // Xandon bolgan Nurullo (YAhyo Toga. Uchsang, burgutday uch ) kabilar.Agar ham boglovchisi uyushiq bolaklardan keyin takrorlanib kelsa, bu uyushiq bolaklarni alohida, ajratib korsatish uchun vosita vazifasini bajaradi: Fotima opam gozallikda ham, shoxlikda ham, oyinga ustalikda ham ortoqlaridan qolishmasdi (O.Umarbekov. Fotima va Zuhra) kabi. Bu boglovchi matn tarkibida ish-harakatning bir vaqtda (gapirdi ham jim turdi, bordi ham qaytdi kabi) yoki ketma-ket bolganini korsatadi (keldi ham ketdi; oqidi ham yozdi; yigladi ham kuldi; chopdi ham toxtadi kabi). Umuman olganda, biriktiruvchi boglovchilar sodda va qoshma gaplar tarkibida qollanar ekan, xilma-xil uslubiy xususiyatlarini ham namoyon etadi. Teng bboglovchilar sirasidan orin olgan zidlovchi boglovchilar ham matn tarkibida xilma-xil uslubiy va pragmatik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Zidlovchi boglovchilar sodda gaplar va boglangan qoshma gaplar tarkibida qollanib, biror hodisa, ish-harakat yoki biror predmetni boshqasiga zid qoyish va ular orasidagi qarama-qarshi munosabatni bildirish uchun xizmat qiladi. Bunday boglovchilardan faol qollanuvchilar qatoriga lekin, ammo, biroq, holbuki kabi yordamchilar kiradi: Har qanday qonunga chap berish mumkin, lekin uyatga chap berib bolmaydi. CHunki qonun odamdan tashqarida, uyat esa odamning koksida boladi (A.Qahhor. Hikmatga moyil fikrlar); YAxshi yozolmaganingni kechirish mumkin, lekin yaxshi yozishni istamaganingni kechirish mumkin emas (A.Qahhor. Hikmatga moyil fikrlar);. SHuhratparast oshnam sen ham bosh kelma // Biroq nima derdi bunga odamlar (H.Aslanova); Balki yarim yolda tolarman, lekin // Hech kim qaytarolmas niyatlarimdan (H.Aslanova); Bizni ne vahimalar kutib turibdi // Ammo, qorqinchlarga berurmiz bardosh (H.Aslanova) kabilar. Ba`zan lekin zidlov boglovchisi bilan va biriktiruv boglovchisi yonma-yon holda misralar boshida kelib, murakkab obrazli fikr ifodasi, inkor ma`nosini kuchaytirish uchun xizmat qiladi: Badaviy shaklida kelib Azroil // Muhammadga dedi: - Joningni olgum // Va lekin hurmatga erursan noil // Tila tilagingni, dost bolib qolgum (A.Oripov. Hikmat sadolari); Bogning qiy-chuviga quloq tutaman // Bu erda turfa xil qushlar aylanar // Sa`vayu qaldirgoch ozi bir jahon // Va lekin kopayib ketmish maynalar (A.Oripov) kabilar. Hozirgi ozbek she`riyatida lekin zidlovchisining qisqargan, arxaik shakli lek ning qollanilishi vazn va qofiya talabi bilan yuz beradi: Goho portlar alamdan // Lek, ayrilmas qalamdan // YAngamizga egamdan // ehson bolgan Nurullo (YAhyo Toga. Uchsang, burgutday uch ) kabilar. Ayrim she`riy matnlar tarkibida ammo boglovchisi ikki marta yonma-yon takrorlanadi, bu esa zid ma`noni kuchaytirishning muhim uslubiy vositasi sifatida namoyon boladi: Ammo, ammo sen ketasan, ma`lum intiho // YUrakda tizilib qoladi izing // Uch oy bu olamga ulashgan Safo // Mangu iz bahorga oxshaysan ozing (M.Hasanova) kabilar. Zidlovchi boglovchilardan ammo, lekin boglovchilari qavat (yonma-yon) kelib, ammo lekin tarzida qollanadi. Bunday qollanish asosan, sozlashuv uslubiga xoslangan bolsa-da, u hozirgi kunda badiiy uslubda uchraydi: bir oy Salomat opa, bir oy Karomatxon muxarrir boladi. Ammo lekin Salomat opaning gazetasi har safar tanqidga uchraydi (A.Muxtor. Davr mening taqdirimda) kabilar. Balki boglovchisi predmet, shaxs yoki ish-harakat orasidagi zid, qarama-qarshi munosabatni taajjub, gumonsirash semasi yordamida ifodalashga xizmat qiladi: Bu sodiq qul, balki undan ham battar odam edi (Oybek. Qutlug qon); U ikki, balki uch yildan buyon oz toyini kutar edi (Oybek. Navoiy) kabilar. SHunday qilib, ozbek tili morfologik tizimida ammo, lekin, biroq, balki, holbuki kabi zidlovchi boglovchilari oz orniga ega, ular gapda mazmunan zid bolaklarni boglash, ularni ozaro munosabatga kiritish uchun qollanuvchi muhim uslubiy vositalardan biridir. Soz turkumlari orasida grammatik munosabatlarni yuzaga keltirishdek vazifani ado etishi bilan boglovchilar ozbek tilida oziga xos mavqega ega. Ularning funktsional uslublar doirasida qollanilishi ham maxsus kuzatishlarni taqozo etadi. CHunki ozbek tilidagi boglovchilarning son jihatdan salmoqli ekanligi, ular ortasidagi sinonimik munosabatlar qollanilishda funktsional chegaralanishlarni ham keltirib chiqargan. Ilmiy va badiiy uslubga doir bir necha boglovchilarni qiyoslash orqali bunga ishonch hosil qilish mumkin. Ozbek tilining ilmiy uslubi haqida doktorlik dissertatsiyasi yozgan M.Mukarramov Ilmiy nutqda qollangan boglovchilar funktsional-stilistik nuqtai nazardan tekshirilsa, grammatika kitoblarida korsatilgan boglovchilarning hammasi teng ishlatilmasligi korinadi. Ilmiy nutqda ba`zi boglovchilar aktiv, ba`zilari passiv, ayrimlari esa umuman qollanmasligi ma`lum boladi degan fikrlarni bayon etgan (Mukarramov M. Hozirgi ozbek adabiy tilining ilmiy stili.- Toshkent: Fan, 1984, 102-b.) va ilmiy nutqda faol qollanuvchi boglovchilar sifatida va, ammo, lekin, yoki, ya`ni, agar, chunki, shuning uchun kabi birliklarni korsatgan. Aksincha, hamda, -u(yu), ham, bilan, bordiyu, deb, balki, biroq, faqat, holbuki, yo, yo-yo, yoinki, yoxud, -kim, goyo, goyoki, ba`zan-ba`zan, bir-bir, agarda, garchand, basharti, mobodo, zeroki, nainki, ammo lekin, goh-goh, dam-dam, xoh-xoh, kim kabi birliklarning passiv ekanligini qayd etgan. Ayiruv boglovchilari sodda gaplar yoki boglangan qoshma gaplarda uyushgan bolaklarni, shuningdek, qoshma gap qismlarini boglaydi hamda ulardagi voqea-hodisa, ish-harakat va holatning almashinib turishi yoki bir-birini taqozo qilishini ham ifodalaydi. Hozirgi ozbek adabiy tili badiiy va publitsistik uslublarida yo, yoki, yoxud, yoinki, yo yo, goh goh, dam dam, bir bir, ba`zan ba`zan, xoh xoh singari yordamchilar eng faol qollanuvchi ayiruvchi boglovchilar qatoriga kiradi: Otdi yoshlik zavq bilan, gohi topolon bilan // Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan // Ayri ham tushdim ba`zan qalb bilan, imon bilan // Lekin seni yoqotdim, birinchi muhabbatim (A.Oripov) kabi. Ba`zan va, yo boglovchilari misra boshida yonma-yon qollanib, ifodalanayotgan ritorik soroqni kuchaytirishga xizmat qiladi: Men derdim bu qizning qayda goshasi // Yollarida uning kimdir zormikan? // O, u sevgisidan baxtiyormikan // Va yo manzilida xazon toshagi? (A.Oripov); eshilib, tolgonib ingranadi kuy // Qaylardan kelmoqda bu ohu faryod // Kim u yiglayotgan, Navoiymikin // Va yo may kuychisi Xayyommikin, dod! (A.Oripov) kabilar. Ba`zan dam sozi ayiruv boglovchisi sifatida bir bandning har satrida takrorlanib keladi hamda u ma`no kuchaytirish vositasi sifatida korinadi: Dam ogir xayolga bolur zanjirband // Dam qoshiq toqiydi u yona-yona // Intilar yulduzlar tumaniga dam // Dam oyning yonida bolar parvona (A.Oripov) kabilar. Na , na yordamchisi uyushiq bolaklar yoki qoshma gap tarkibidagi ayrim sodda gaplar oldida takrorlanib keladi hamda ular ifodalayotgan inkor ma`nosini alohida ta`kidlash, uqdirib korsatish uchun xizmat qiladi: enasidan qolgan yodgor buyumday // Har kimga koz-kozlab kerilar ayon // Na oltinga berar, na berar shunday // Allaqanday ochkoz, nokas olomon (SH.Qurbon); Na bir soz dedim senga // Na tun bir soz degaydir // Dod solib yollaringga // Qollarim chozilgaydir (X. Rustamova. Bir shirin soz qidirar bashar) kabilar. YOrdamchi sozlar orasida, jumladan teng boglovchilar orasida ham ma`nodoshlik (sinonimiya) hodisasi mavjud. Sinonimiya boglovchilar orasida keng tarqalgan. Lekin boglovchilar sinonimiyasi bu, tenglik, bir xillik degani emas, ya`ni ba`zi orinlarda boglovchilar ornini yuklamalar, yoki aksincha yuklamalar ornini ayrim komakchilar yoki boglovchilar egallashi mumkin. Bu holatlarda esa uslubiy ma`no nozikliklarini tola inobatga olish lozim boladi. Masalan, ba`zan u, -yu, -da yuklamalari va biriktiruv boglovchisiga semantik jihatdan ma`nodosh boladi. Bunday ma`nodoshlikni qiyoslash orqali sezish mumkin: -Bechora onamning aybi nimada? deb oyladi u. Gunohi oqimaganligidami? Kechayu kunduz otamning injiqliklarini kotarib, keldi-ketdisiga qaraganimi? (B.O.Surat). qiyoslang: kechayu kunduz // kecha va kunduz; Quyosh ham aylagan olka, chiqadur har kuni yolga // Nurin sochgay bog-u cholga, diyori Ozbekistonda (A.Xishraviy. Diyori Ozbekistonda). Qiyoslang: bog-u cholga // bog va cholga kabilar. SHunday qilib, boglovchilar grammatika doirasida nafaqat soz yoki birikmalarning sintaktik munosabatga kirishuviga komaklashadi, shu bilan birga, bu sintaktik munosabatlar jarayonida turli-tuman semantik va stilistik ma`no ottenkalarining yuzaga kelishiga ham xizmat qiladi. Download 245.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling