Yosh anatomiyasi, fiziologiyasi va gigiyenasi


Siydik ayirish organlarining boshqarilishi


Download 1.14 Mb.
bet34/58
Sana19.01.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1101063
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58
Bog'liq
ANATOMIYA AMALIY MASHG`ULOY

Siydik ayirish organlarining boshqarilishi. Siydik ayirish organlari nerv va gumoral yo’l bilan boshqariladi. Simpatik nerv tolalari buyrak qon tomirlarni toraytirib siydik ajralishini kamaytiradi. Parasimpatik nerv tolalari esa buyrak qon tomirlarni kengaytirib siydik ajralishini ko’paytiradi. Bu nervlarning markazi orqa va bosh miyada joylashgan. Bosh miyaning pastki sohasida joylashgan gipofiz bezining orqa bo’lagidan sintezlangan andidiyuretik garmon buyrak egri-bugri kanalchalarning devoriga ta’sir etib, reabsorbsiya jarayonini kuchaytiradi va siydik ajralishini kamaytiradi.
Qalqonsimon bezda sintezlangan tiroksin garmoni, aksincha reabsorbsiya jarayonini pasaytirib, siydik ajralishini ko’paytiradi.
Siydik ayirish organlari kasalliklarni va ularning oldini olish.
Siydik ayirish organlarida uchraydigan kasalliklarga buyrak va siydik yo’llarining yallig’lanishi hamda tosh kasalliklari kiradi. Hamda Eniurez kasalligi tug`ma yoki hayotda orttirilgan bo`lishi mumkin. Hayotda ortirilganlariga sabab ko`pincha buyrakni, qovuqni va siydik yo`llarini shamollashi bilan bog`liq bo`ladi. Shuning uchun bolani yo`rgaklaganda, belaganda tagini ho`l bo`lib qolmaslik extiyot choralarini ko`rish zarur.


Terining tuzilishi va yoshga xos hususiyatlari. Teri-odam tanasini tashqaridan qoplagan a'zo bo`lib, u organizmni himoya qiladi va turli fiziologik faoliyatlari bajaradi.
Terining satxi odamning yoshi, jinsi qarab 1,5-2,0 m2 chamasida o`rta hisobda – 1,73 m2 bo`ladi. U epidermis, derma va teri osti yog` qatlamlaridan iborat. Teri qon, limfa tomirlari va nerv uchlariga boy. Organizmning ba'zi a'zo va tizimlari bilan aloqador. Teri himoya, sezuvchi, nafas, so`rish, tana haroratini idora etish, almashinish, qonning qayta taqsimlanishi jarayonlarida ishtirok etadi.
Terining ximoya faoliyati xilma-xil bo`lib, u mustaxkam biriktiruvchi to`qimadan iborat bo`lib, organizmni mexanik ta'sirlardan saqlaydi. Teri infraqizil, ultrabinafsha va ma'lum miqdorda radiaktiv nurlarni o`tkazmaydi. Kimyoviy moddalar uchun ham ishonchli to`siqdir. Shikastlanmagan teri orqali mikroblar o`ta olmaydi. Teri yuzasida lizotsim, oleyn kislota va boshqa bakteritsid moddalar bo`lib, unga tushgan mikroblar 15-30 daqiqada o`ladi.
Terida organizmni tashqi muxit bilan bog`lovchi bir necha xil teri sezgilari bir biridan farqlanadi. Og`riqni sezish retseptorlarini, mexanik, termik, elektrik, kimyoviy ta'sirlanishi natijasida yuzaga chiqadi. Haroratni sezish issiq va sovuqni sezuvchi retseptorlarning qo`zg`alishiga bog`liq. Odamning terisi orqali bir kechayu kunduzda 7,0-9,0 g. SO2 ajratilib, 3,0-4,0 g. kislorod o`zlashtiriladi. Bu miqdor gaz almashinuvini 2% teng bo`ladi. Ter orqali olinadigan nafas issiq, haroratda, ovqat eyilgandan keyin, jismoniy ish vaqtida va boshqa sharoitlarda jadallashadi. Teri moddalar almashinuvida ancha keng ishtirok etadi. Gazlar almashinuvidan tashqari oqsillar, yog`lar, uglevodlar, vitaminlar almashinuvida muhim rol o`ynaydi. Teri boshqa a'zolarga nisbatan ko`p miqdorda suv yig`adi va qonga ajratadi, teri orqali yo`qotiladigan suv nafas bilan chiqariladigan suv miqdoridan ikki barobar ko`p. Tuzlar muvozanatida ham terini ahamiyati katta.
Ter bezlari mahsuloti bo`lmish, ter modda almashinuvi qoldiqlarini chiqarib tashlashda ma'lum ahamiyatga ega. Ter ta'mi sho`r bo`lgan rangsiz tiniq suyuqlik. Xona haroratida katta yoshli odam bir kunda 400-600 ml. ter ajratadi. Tarkibida: 99 % suv, siydikchil moddalar, siydik kislotasi, amiak va boshqa moddalar bo`ladi.



Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling