Yosh anatomiyasi, fiziologiyasi va gigiyenasi
Download 1.14 Mb.
|
ANATOMIYA AMALIY MASHG`ULOY
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.O`quvchilarda diqqat faolligi o`zgarishini kuzatish. ORQA MIYA.
6- AMALIY MASHG`ULOT
Orqa va bosh miyaning umumiy tuzilishi. Refleks yoyini tahlil qilish. REJA: 1.Orqa miyaning ko`ndalang kesigini o`rganish. 2.Bosh miyaning tuzilishi o`rganish. 3.Odamda tizza, axilliy, oyoq panjasidagi reflekslarni tarjibada ko`rish. 4.O`quvchilarda diqqat faolligi o`zgarishini kuzatish. ORQA MIYA. Orqa miya umurtqa pog`onasi kanalida birinchi bo`yin umurtqasi bilan II bel umurtqasi oralig`ida joylashgan bo`lib, uning vazni yangi tug`ilgan bolada 3,2 g, 6-oylikda 6 g, 1 yoshda 10 g, 2-5 yoshda 12 g. 8-yoshda 19 g, kattalarda 30-40 g bo`ladi. Uzunligi bola tug`ilganida 13-15 sm, 2 yoshda 20 sm, 10 yoshda 28 sm, erkaklarda 45 sm, ayollarda 41-42 sm bo`ladi. Orqa miyada 13 miliondan ko`proq nerv hujayralari bor. Nerv hujayralari orqa miyaning kulrang, nerv tolalari esa oq moddasini hosil qiladi. Orqa miyaning ko`ndalang kesigida kulrang modda kapalak shaklida joylashadi, atrofida oq modda bo`ladi. Kulrang moddaning oldingi, yon va orqa shoxlari bor. Oldingi shoxda harakat neyronlari joylashgan, bu erdan harakat nervlari chiqadi. Orqadagi shoxda sezuvchi neyronlar bo`ladi, ularga sezuvchi, ya'ni markazga intiluvchi nervlar kiradi. Yon shohlari esa vegetativ reflekslarni boshqaruvchi tolalarni chiqaradi. Orqa miya rivojlanishining bosh miya rivojlanishidan farqi shuki, uning o`sishi harakat faoliyatining murakkabligi bilan paralel boradi. 2 yoshli bolalar orqa miyasi morfologik tuzilishi jihatdan katta odamlarnikiga juda yaqin bo`ladi. Yoshning oshib borishi orqa miya oldingi shoxlaridagi harakat hujayralarining soni oshadi. Balog`atga etish davriga kelib orqa miya 4-5 marta kattalashadi. Orqa miya reflektor va o`tkazuvchi vazifasini bajaradi. Orqa miya skelet muskullarining harakat refleksini amalga oshiradi. Orqa miyaning harakat reflekslariga: tirsak, tizza, panja reflekslari misol bo`ladi. Orqa miyaning o`tkazuvchanlik vazifasi undagi ko`tariluvchi va tushuvchi o`tkazuvchi yo`llar orqali amalga oshadi. Orqa miyaning turli qismlaridan 31 juft orqa miya nervlari chiqadi. 8 jufti bo`yin qismidan, 12 jufti ko`krak qismdan, 5 jufti bel qismdan, 5 jufti dumg`aza qismdan, 1-3 jufti dum qismdan chiqadi. Ular gavda, qo`l, oyoq. muskullari va terini nerv bilan taminlaydi. Orqa miya uch qavat parda bilan qoplangan. Orqa miyadagi ba'zi reflektor funksiyalar xomilaning ona qornida rivojlanayotganida yuzaga keladi. Xomila 2 - 3 oylik bo`lganida harakatlana boshlaydi. Yangi tugilgan bola oyoq panjasining tagi ta'sirlansa 2 - 3 minutdan so`ng oyoq, panjasida bukish refleksi hosil bo`ladi. Bu refleks bola tugilgandan so`ng 6 oy o`tgach yo`qolib ketadi. Bola 9-10 oyligida yura boshlaydi. Orqa miyadagi harakat markazlari ishi ortadi, nervlar mienlashishi 3 yoshgacha davom etadi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling