Yosh anatomiyasi, fiziologiyasi va gigiyenasi


MAKTAB BINOSIDAGI ISSIQLIK REJIMI


Download 1.14 Mb.
bet56/58
Sana19.01.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1101063
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
ANATOMIYA AMALIY MASHG`ULOY

MAKTAB BINOSIDAGI ISSIQLIK REJIMI
Bolalar muassalarini mikroqlimati ularning yoshi, iqlim sharoiti yilning fasllari, isitish tipi, bolalarning kiyimlari va boshqalarga qarab aniqlanadi. Maktabda sinf xonalarining harorati 18°t, sport zallari va masterskoylar temperaturasi 14-16°t bo`lishi kerak, nisbiy namlik sinfda 40-65% bo`lishi kerak. Hozirgi vaqtda ko`pchilik maktablar markaziy isitilish sistemasi orqali past bosimli suv bosimi yordamida isitiladi, Bunday isitilish kun maboynida havo temperaturasini bir xil bo`lishini, havoning juda quruq bo`lmasligini, chang bo`lmasligini ta'minlaydi. Isitish priborlari, ya'ni radiatorlar poldan 20 sm balandga devordan 10 sm uzoqroq qilib o`rnatiladi. Gimnastika zallarida radiatorlar taxta reshetkalar bilan to`siladi. Hozirgi vaqtda sinf xonalarini nurlanuvchi issiqlik tarqatuvchi isitish sistemasidan keng foydalanilmoqda. Ba'zi maktablarda pechlar yordamida isitiladi. Bunday pechlar o`qish boshlanishidan 2 soat oldin isitilishi kerak, sinf xonalarida havoning sof bo`lishi uchun xonani tez-tez shamollatib turish kerak. Qish oylarida fortochkalar yoki framogalarni ochish bilan shamollatiladi, mashg`ulot o`tiladigan xonalar har soatda 5-10 minut shamollatilishi kerak. Xona bir soat mobaynida fortochkalar bilan shamollatilsa korbanat angidrid gazining miqdori 7% ga kamayadi. Maktab binosi qurilayotganda devorlar orasiga sun'iy vintilyatsiya uchun joy qo`yiladi, ximiya laboratoriyasi va duradgorlar masterskoyiga qo`shimcha havo tortuvchi shkaflar o`rnatiladi. Maktab vrachi sinf xonalaridagi havo tarkibini fizika, ximiya kabinetlaridagi sochilgan simob miqdorini vaqti-vaqti bilan aniqlab turishi kerak.


ESHITISH ANALIZATORI. Eshituv organi tovushlarni eshitish va muvozanat funktsiyasini bajaradi, Eshitish analizatori 3 qismga-tashqi, o`rta va ichki qismga bo`linadi. tashqi quloq, quloq suprasi va tashqi eshituv yo`lidan iborat. Quloq suprasi tovushni tutish va yunalishini bilishga xizmat qiladi. Tashqi eshituv yo`lining uzunligi 2,5 sm. Eshituv yo`li devorchalarida maxsus bezchalar bo`lib, ular yopishqoq moddani ishlab chiqaradi. tashqi quloq bilan o`rta quloq o`rtasida 0,1 mm qalinlikdagi nog`ora parda joylashgan. Uning shakli ovalsimon, bo`lib elastikdir. Nog`ora parda havo to`lqinlarining ta'sirida tebranib, bu tebranish eshituv suyakchalari yordamida o`rta quloqqa o`tkaziladi. O`rta quloq nog`ora bo`shlig`idan, eshituv suyakchalaridan ya'ni - bolg`acha, sandon, uzangi va evstaxiy nayidan iborat. Bolg`acha dastasi bilan nog`ora pardaga yopishib turadi, boshchasi esa sandonning asosi bilan birlashib bo`g`im hosil qiladi. Uzangining serbar tomoni oval darchaning pardasiga yopishgan. O`rta quloq bo`shlig`i evstaxiy nayi yordamida burun xalqumga tutashadi. Eshituv suyakchalari nog`ora pardasidagi barcha tebranishlarni takrorlab uni 50 martaga ko`paytiradi. O`rta quloq bo`shlig`idagi bosim tashqi bosimga barobar bo`lgandagina nog`ora pardasi normal ravishda tebranadi. Ichki quloq. Labrentdan iborat bo`lib, yumoloq darcha bilan o`rta quloqqa tutashadi. Suyak laberantning ichida parda laberent bor. Suyak labrent devorchalari o`rtasida kichik bir bo`shliq bo`lib, bu bo`shliq perilimfa degan suyuqlik bilan to`ladi. Parda labrint ichidagi suyuqlik endolimfa deb ataladi. Oval darchaning o`rtasida ichki quloq labrinti dahliz, chig`onoq va yarim doira kanallar bor. Chig`onoqning ichida Kortiev organi bo`ladi. Kortiev organi tovush sezadigan organdir. Tovush qabul qilish bola hali ona qornidayoq shakllangan bo`ladi. Tug`ilishi bilan ishlay boshlaydi. Har xil tovushlarni ajratish 2 – 3 oylik bolada shakllanadi. Eshitish organining funktsional rivojlanishi 6-7 yoshgacha davom etadi, 14-15 yoshda eshitish sezgilari susayadi. So`ngra orta boradi. Odam qo`log`ining tovush sezadigan muayyan chegarasi bo`lib, sekundiga 16 dan 20000 g/s gacha bo`lgan tovush to`lqinlarini sezadi. Yosh ortishi bilan quloqning tovushni sezish chegarasi kamayib boradi. Eshitish organi sog`lom bo`lishi uchun uning gigiyenasiga rioya qilish kerak. Quloqni toza saqlash kerak, quloqni kovlash mumkin emas. O`rta quloqning yallig`lanishi, ya'ni ottit kasalini oldini olishga harakat qilish kerak. Qulog`i yaxshi eshitmaydigan bolalarni oldingi partalarga o`tkazish tavsiya etiladi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling