Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazifalari
Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazif (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHaxs taraqqiyoti sifatida psixik rivojlanish: E.Eriksonning shaxs ijtimoiy psixologik rivojlanishi nazariyasi Reja: 1.
Tanqidga uchraganligi
|
-afsonaviyligi -tadqiqotning talab qilinayotgan shakliy metodlarining yo’qligi, -statistik ma`lumotlarning yo’qligi -tekshirishning murakkabligi; -o’smirlik yoshi chegaralaridan tashqarida rivojlanish imkoniyatlariga qarashlarning pessimistligi |
SHaxs taraqqiyoti sifatida psixik rivojlanish: E.Eriksonning shaxs ijtimoiy psixologik rivojlanishi nazariyasi
Reja:
1.E.Eriksonning Ego- psixologiyasi
2.E.Eriksonning tadqiqot ishlarida tadqiqot metodlari
3.E.Erikson nazariyasining asosiy tushunchalari
4.SHaxs rivojlanishining ijtimoiy- psixologik bosqichlari
Amerikalik psixolog (ingliz psixologi) E.Erikson (1902-1994) ego-psixologiya yo’nalishi vakili sifatida mashhur. E.Erikson individda “Men” obrazini rivojlantirishga alohida e`tibor, ayrim muhim psixoanalitik holatlarni qaytadan ko’rib chiqqan. E.Erikson bir tomondan insonning ijtimoiy muhitga moslashuvini ahamiyati haqidagi (tasavvur) talqin tarafdori bo’lgan, shaxs xususiyatlari va motivatsion tizimlarini yuzaga kelishining biologik va jinsiy asoslarini tan olgan. Z.Freyd tomonidan ishlab chiqilgan shaxsning tuzilmaviy modeliga asoslangan. Xuddi Z.Freyd kabi E.Erikson ham shaxs rivojlanishining bosqichlari oldindan irsiy belgilangan ekanligini, ularning etishlariga ko’ra, rivojlantirish tartibi o’zgarmasligini e`tirof etgan. Turli madaniyatlarda rivojlanishning ijtimoiy-psixologik vazifasi, o’xshash xarakterga ega, ular butun insoniyat uchun universal ya`ni har maqsadga yaraydigandir (masalan mehnatsevarlikni tarbiyalash), faqat ularni hal etish usullari ma`lum bir darajada farqlanishi mumkin.
Biroq, Freyd yondashuvidan farqli ravishda, ego-psixologiyada asosiy diqqat hayotiy muammolarni anglagan hamda hal etish bilan bog`liq bo’lgan, sog`lom shaxs taraqqiyotiga qaratiladi. E.Eriksonning shaxs rivojlanish nazariyasi ijtimoiy-psixologik hisoblanadi, chunki uning markazida – ijtimoiy muhit bilan o’zaro ta`sirda inson omilkorligini o’sishi turadi. YAngi talqin bo’yicha, madaniyat bilan uning qadryatlar tizimi va belgilangan me`yorlar ta`siri ko’rib chiqilgan. E.Erikson shaxs rivojlanishining tarixiy va madaniy butunligini ahamiyati uni ilk yoshda ota-ona bilan individual o’zaro aloqaga muvofiq kelmasligini ta`kidlaydi. Bunday xulosa chiqarishga tadqiqotning tanlanma metodlari yordam bergan.
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling