O’quv fanining maqsadi va vazifalari.
Yosh fiziologiyasi va gigiyena – odam va hayvonlar fiziologiyasi fanining ajralmas bir qismi bo‘lib, organizmning ontogenetik taraqqiyoti turli davrlaridagi fiziologik jarayonlarni u yashab turgan sharoitga bog‘lab o‘rganadigan fan hisoblanadi. Bu fan yosh organizmning umumiy tuzilishi va asosan funksiyalari, o’sish va rivojlanish qonuniyatlari, yosh organizmning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi va talabalarga bu boradagi tushuncha va tasavvurlarni hosil qilishda muhim o’rin tutadi.
Shuningdek, maktab gigiyenasi - maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun tegishli gigiyenik talab va me’yorlarni o‘rganadi, shu yo’l bilan yosh organizmning sog‘lig‘ini himoya qilishga yordam beradi. Ta’lim-tarbiya jarayonini sifat jihatidan rivojlantirishiga yaqindan ko’maklashadi.
Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanini o’rganishdan maqsad – yosh avlodning sihat-salomatligini muhofaza qilish, yosh avlodni har tomonlama sog’lom va barkamol, etuk shaxs qilib tarbiyalash masalalarini biologik nuqtai-nazardan o’rganish va tahlil qilish.
Fan bo’yicha bilim, ko’nikma va malakaga qo’yiladigan talablar.
Yosh fiziologiyasi va gigiyena o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining asoslarini mukammal bilishlari, yosh organizmning tuzilishi, ishlashi, funksiyalari, o’sish va rivojlanish qonuniyatlari, yosh organizmning o’ziga xos xususiyatlari, yosh avlodni sog’lom, har tomonlama barkamol va etuk shaxs qilib tarbiyalash masalalarini chuqur anglab etmog’i va uning mohiyatini to’la tushunib olishi lozim.
- talaba yosh organizmning tuzilishi, ishlashi, funksiyalari, o’sish va rivojlanish qonuniyatlari, yosh organizmning o’ziga xos xususiyatlarini to’la o’rganishi, yosh fiziologiyasi va gigiyena fanida hozirgi kunda qo’llaniladigan zamonaviy tadqiqot uslublarini bilishi va ulardan foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
- talaba yosh avlodning sihat-salomatligini muhofaza qilish, yosh avlodni har tomonlama sog’lom va barkamol, etuk shaxs qilib tarbiyalash masalalarini o’rganishi va tahlil qilishi, bu muammoning yechimlarini amalda qo’llash malakalariga ega bo’lish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |