Yosh fiziologiyasi va gigiyena


Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi


Download 1.36 Mb.
bet67/86
Sana09.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1473292
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   86
Bog'liq
Ёш ФГ УУМ 2022.doc.yangi

Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi.

Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani tabiiy-ilmiy fanlar blokiga kirib, u barcha yo’nalishlarda o’qitiladi. Bu fan o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari nuqtai nazaridan tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan o‘zaro bog‘liqdir. Organizmning o‘sish va rivojlanishi, organlarda kechayotgan funksional jarayonlarni o‘rganishda tabiiy fanlar usullaridan, asbob va materiallardan atroflicha foydalanadi. Organizmga tashqi muhitni ta’sirini o‘rganishda tabiiy fanlar yutuqlariga tayanadi.


Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani pedagogika, psixologiya, biologik fanlardan anatomiya, gistologiya, odam va hayvonlar fiziologiyasi va ayniqsa, tibbiyot fanlari usulladiran atroflicha foydalanadi va ular bilan chambarchas bog’liq holda ish ko’radi.


Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni.

Ishlab chiqarish jarayonida foydalanish sifatida yosh fizioloiyasi va gigiyena fani yutuqlaridan turli yoshdagi organizmlarni tibbiy davolashda asos sifatida, ta’lim-tarbiya jarayonida jismoniy va aqliy rivojlanishni belgilovchisi sifatida keng ko‘lamda foydalaniladi. Shuningdek, yuqorida zikr qilingan sohalarda erishilgan yutuqlar va natijalar yosh fiziologiyasi va gigiyenasi sohalarning rivojlanishi omillaridan hisoblanadi.




Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar.

Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanini chuqur o’zlashtirishda o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga ega. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma‘ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallardan foydalaniladi. Fanning o’qitish turlari dasturda ko’rsatilgan mavzular, ma’ruza hamda amaliy mashg’ulotlar shaklida olib boriladi.


Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanini o‘qitish jarayonida yangi va ilg‘or pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish imkoniyatlari mavjud va bu talabalarning bilim darajasi oshishiga, fanning qiyin sohalarini yaxshi o‘zlashtirishiga katta yordam beradi. Ayniqsa yosh organizmning tuzilishi, o‘sish-rivojlanish qonuniyatlari, ichki a'zolarning funksional xususiyatlarini o‘rganishda zamonaviy o‘qitish vositalari va usullaridan keng qamrovli foydalanish mumkin.
Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanini o‘qitish jarayonida ta'limning «bevosita o‘qitish», «ma'ruza», «munozarali ma'ruza», «aqliy hujum», «bahs-munozara», «videotasma (slaydlar)», «muammoli o‘qitish» va boshqa bir qator ilg‘or metodlardan keng foydalanish mumkin. Bu metodlar talabani mustaqil fikrlashga undaydi, aqliy faolligini oshiradi, ta'limning ilg‘or texnologiyalari bilan tanishadi va ularni amalda qo‘llaydi. Bu esa talabalarda malaka va ko‘nikmalarni hosil qiladi. Qolaversa ularda pedagogik faoliyat davomida, xususan boshlang‘ich sinflarda dars o‘tish asnosida bu metodlarni amalda qo‘llay olish imkoniyatlari yaratiladi.
Ushbu metodlarni amalda qo‘llash jarayonida elektron darsliklar, multmedia tizimi, materiallar bazasi hamda elektron kutubxona tizimidan, e'lonlar elektron doskasi va boshqa ko‘plab zamonaviy o‘qitish vositalaridan foydalanish ko‘zda tutiladi. Ushbu vositalardan bevosita foydalanish va ularni amalda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish barcha bakalvriat yo’nalishlari, jumladan «Boshlang‘ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish» yo‘nalishi talabalari faoliyatida juda zarurligi va katta ahamiyat kasb etishini alohida qayd qilish lozim. Va nihoyat talabalar ushbu vositalardan amalda foydalanibgina qolmasdan, balki mustaqil topshiriqlarni bajarish jarayonida bunday vositalarni bevosita o‘zlari yaratishlari ham mumkin.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling