Yosh fiziologiyasi va gigiyena


Download 1.36 Mb.
bet6/86
Sana09.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1473292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Bog'liq
Ёш ФГ УУМ 2022.doc.yangi

Maktab yoshi tushunchasi morfologik, psixologik va ijtimoiy jihatdan rivojlanish xususiyatlari yig‘indisidan iborat. 1-sinflarda bolalarning 4,5-25% o‘qishga tayyor bo‘lmasligi mumkin. Bunda quyidagi yetishmovchiliklar kuzatiladi:

  • ishga va o‘qishga shartli reflekslar yaxshi hosil bo‘lmasligi;

  • tormozlanish va qo‘zg‘alish o‘zaro muvozanatda bo‘lmasligi;

  • nerv jarayonlari harakatchanligi past bo‘lishi;

  • 2-signal tizimi (nutq) yaxshi rivojlanmaganligi;

  • mayda harakatlarni bajarishda qiynalishi (masalan, yozuvda qiynalish);

  • diqqatning beqarorligi, diqqatni to‘plab tura olmasligi.

Boshlang‘ich sinflarda 45 minutlik dars davomida bolaning diqqatini har 5-10 minutda boshqa narsalarga chalg‘itish zarur. Masalan, 3-5 minutlik yozuv mashg‘ulotlari, 3-5 minutlik o‘qish, keyin hikoya tinglash va h. Charchashning oldini olishda eng yaxshi vosita diqqatni zo‘riqtirmaslik.
Maktab yer maydoni va binosi gigiyenasi. Gigiyena talablariga ko‘ra maktab katta savdo inshootlari, kinoteatr, katta transport qatnovi bo‘lgan ko‘cha, zavod, fabrika, ferma, garaj, bozor kabilarning yaqiniga joylashmasligi kerak. Bu qoidalarga amal qilish maktabni shovqindan, ortiqcha ifloslanishdan, o‘quvchilar o‘rtasida yuqumli kasalliklarning tarqalishidan, transport harakati yo‘lida shikastlanishlardan himoya qiladi. Shahar va tuman markazlarida aholi yashaydigan hudud bilan maktab o‘rtasidagi masofa 1-1,5 km dan uzoq bo‘lmasligi tavsiya etiladi.
Maktab yer maydoni 1,5-3,0 gektargacha bo‘lishi maqsadga muvofiq. Maktabning yer maydoni shartli ravishda 6 ta zonalarga bo‘linadi:
1. Maktab binosi joylashgan zona. Bu yerning tuprog‘i quruq, u atrofdagi maydonlarga nisbatan biroz balandroq bo‘lishi kerak. Bu yomg‘ir, qor suvlarini atrof maydonlarga oqib ketishiga, binoning zaxlamasligiga imkon beradi.
2. Dam olish zonasi – maktab binosi yonida joylashadi. Bu zonaga o‘rindiqlar, suv ichadigan idishlar o‘rnatiladi.
3. O‘quv-tajriba zonasi - maktab binosidan chetroqda ko‘kalamlashtirilgan joyga geografiya, botanika, zoologiya, fizika kabi fanlarning burchaklari tashkil etiladi.
4. Jismoniy tarbiya va sport zonasi – maktab yer maydonining markaziy qismida joylashgan bo‘lib, o‘rtasida futbol maydoni, atrofida yugirish yo‘lagi, uning chekkasida voleybol, basketbol, tennis va boshqa sport maydonchalari joylashadi.
5. Xo‘jalik zonasi - maktab binosidan kamida 25-30 metr chetroqda bo‘lib, xojatxona, o‘tin-ko‘mir, omborxona, transport vositalari joylashadi. U pastroq devor va darvoza bilan chegaralangan bo‘ladi.
6. Himoya zonasi - maktab binosi bilan ko‘cha o‘rtasidagi kengligi 20-30 metr maydon bo‘lib, unga chinor, terak kabi baland o‘sadigan daraxtlar ekiladi. Daraxtlar maktab binosini shamoldan, o‘ta o‘tkir quyosh nuridan, ko‘cha shovqini va changdan to‘sib turadi. Daraxtlar ekiladigan maydon cheti bilan maktab binosi o‘rtasida 6-8 metr oraliq bo‘lishi kerak. Bu daraxtlar sug‘orilganda bino poydevorini zaxlashdan saqlaydi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling