Yosh fiziologiyasi va gigiyena


Maktabda haftalik dars jadvalini tuzishga gigiyenik talab


Download 1.36 Mb.
bet9/86
Sana09.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1473292
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   86
Bog'liq
Ёш ФГ УУМ 2022.doc.yangi

Maktabda haftalik dars jadvalini tuzishga gigiyenik talab. Dars jadvali gigiyenik talab asosida tuzilishi, o‘quv kuni davomida o‘quvchilarning ish qobiliyati yuqori darajada bo‘lishiga, dars materiallarini yaxshi o‘zlashtirilishiga, dars paytida o‘quvchilarning charchab qolmasligiga imkon beradi.
Maktabda o‘qitiladigan fanlar, o‘zlashtirilishi qiyin yoki oson bo‘lishi nuqtai nazaridan, shartli ravishda 3 guruhga bo‘linadi:
1. O‘zlashtirilishi qiyin fanlarga matematika, fizika, kimyo, chet tillari, rus tili va adabiyoti kiradi;
2. O‘zlashtirilishi o‘rtacha darajada qiyin bo‘lgan fanlarga tarix, jamiyatshunoslik, ona tili va adabiyoti, geografiya, chizmachilik va biologiya fanlari kiradi;
3. O‘zlashtirilishi yengil fanlarga jismoniy tarbiya, mehnat, rasm, ashula kabilar kiradi.
Dars jadvalini tuzishda, bosh miya po‘stlog‘i nerv hujayralari fiziologik xususiyatlarini, ya’ni ularning ish bajarish imkonini e’tiborga olish, o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirish qobiliyati yuqori darajada bo‘lishiga imkon beradi. Ularda aqliy charchashni yuzaga kelishining oldini oladi. Gigiyena fani talabiga binoan haftalik dars jadvalini quyidagi tartibda tuzish tavsiya etiladi:
- birinchi va ikkinchi soatlarga o‘zlashtirilishi qiyin fanlar joylashtirilishi lozim;
- uchinchi soatga o‘zlashtirilishi o‘rtacha fanlar joylashtiriladi;
- to‘rtinchi soatga o‘zlashtirilishi oson fanlar joylashtiriladi;
O‘zlashtirilishi oson fanlarni to‘rtinchi soatga qo‘yilishiga sabab shuki, bu soatda o‘quvchilarning miyasi dam oladi. Natijada beshinchi va oltinchi soatlarga o‘zlashtirilishi o‘rtacha qiyinlikdagi fanlarni joylashtirishga imkon yaratiladi.
Dars jadvaliga fanlarni joylashtirishda yuzaga keladigan ayrim qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun, yuqorida aytilgan tartibga ayrim o‘zgarishlar kiritgan holda birinchi va ikkinchi soatlarga qiyin fanlar, uchunchi soatga o‘zlashtirilishi oson, to‘rtinchi soatga o‘rtacha qiyin, beshinchi soatga oson, oltinchi soatga o‘rtacha qiyinlikdagi fanlar qo‘yilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling