Yosh fiziologiyasi va gigiyena


Download 1.36 Mb.
bet78/86
Sana09.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1473292
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   86
Bog'liq
Ёш ФГ УУМ 2022.doc.yangi

FANNING MAZMUNI
1-mavzu. KIRISH. YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENA FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI. O’SISH VA RIVOJLANISH QONUNIYATLARI.

Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining o’rganish predmeti va ob’ektlari, fanning asosiy maqsadi va vazifalari. Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanini o’rganishda qo’llaniladigan usullar va ularning mohiyati.


Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining pedagogika, psixologiya kabi fanlar bilan bog‘liqligi. Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining o‘quv tarbiya jarayonida va o‘quvchilar sog‘lig‘ini mustahkamlashda hamda muhofaza etishdagi ahamiyati. Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining sog’lom va barkamol avlodni, har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalashdagi roli.
Bolalar va o‘smirlarda o‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Akseleratsiya, uning yuzaga kelishi, sabablari, oqibatlari va jamiyat hayotiga ta’siri. Geteroxrtoniya, uning mohiyati, sabablari, mexanizmlari. Organizmning bir butunligi va gomeostaz.
Bolalar va o‘smirlarning o‘sish va rivojlanishiga atrof-muhit omillarining ta’siri. Odam organizmning rivojlanish davrlari. Yosh bolalarda va kattalarda tana proporsiyalari, rivojlanishning turli davrlarida uning o‘zgarishi. Jismoniy rivojlanish – sog‘liqning muhim ko‘rsatkichi sifatida.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, blits,o’z-o’zini nazorat, munozara va b.
Adabiyotlar: А1; А2; А4; А5; А6. Q2; Q3; Q4; Q5.
2-mavzu. NERV TIZIMINING TUZILISHI, FUNKSIYALARI VA YOSHGA BOG‘LIQ XUSUSIYATLARI. OLIY NERV FAOLIYATI VA UNING YOSHGA BOG’LIQ XUSUSIYATLARI.

Nerv tizimining umumiy tuzilishi va funksiyalari. Nerv tizimining fiziologik xususiyatlari.


Nerv hujayrasi – neyroning tuzilishi va funksiyalari. Neyron turlari va qismlari.
Refleks va refleks yoyi. Reflekslarning tasnifi. Reflekslarning yuzaga kelish mexanizmi. Reflekalarning inson hayot faoliyatidagi o’rni.
Markaziy va periferik nerv tizimlari. Bosh va orqa miya hamda ularning periferik a’zolar bilan bog’lanishi. Orqa miyaning tuzilishi va funksiyalari, bosh miyaning tuzilishi va funksiyalari. Bosh miya qismlari (uzunchoq, oraliq, va o’rta miya, miya ko’prigi, miyacha).
Somatik va vegetativ nerv tizimining tuzilishi va funksiyalari. Simpatik va parasimpatik nerv tizimlri, ularning tuzilishi va funksiyalari.
Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha.
Oliy nerv faoliyati va uning tiplari (xolerik, sangvinik, flegmatik, melanxolik tiplar). Bolada oliy nerv faoliyati tiplarining shakllanishi va rivojlanishi. Ta’lim-tarbiya jarayonida oliy nerv faoliyati tiplarini inobatga olish.
Uyqu, tush ko’rish va gipnozning o’ziga xos xususiyatlari. Birinchi va ikkinchi signal tizimi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, zig-zag, insert, bumerang, pog’ona, klaster, charxpalak, fikrlash xaritasi, blits, menyu, munozara.
Adabiyotlar: А1; А2; А4; А5; А6. Q2; Q3; Q4; Q6.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling