Yosh fiziologiyasi va gigiyena


-mavzu. QON VA QON AYLANISH ORGANLARINING YOSHGA BOG‘LIQ XUSUSIYATLARI


Download 1.36 Mb.
bet81/86
Sana09.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1473292
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
Bog'liq
Ёш ФГ УУМ 2022.doc.yangi

6-mavzu. QON VA QON AYLANISH ORGANLARINING YOSHGA BOG‘LIQ XUSUSIYATLARI.

Ichki muhit haqida umumiy tushuncha. Organizmning ichki muhiti, qon, limfa, hujayra ichi va hujayralararo suyuqliklar, ularning tashqi muhit sharoiti, jismoniy mehnat hamda kasallik holatlarida o‘zgarishi. Organizmning ichki muhitining doimiy saqlanishi – gomeostaz. Organizmning ichki muhiti doimiyligining buzilishi va uning sabablari. Gomeostazni barqaror saqlash chora-tadbirlari.


Qon, uning tarkibi, tuzilishi va asosiy funksiyalari. Qon plazmasi va qonning shaklli elementlari. Eritrositlar, trombositlar va leykositlarning tuzilishi, vazifalari. Qon plazmasi va uning tarkibi.
Qon guruhlari, rezus omil, qon quyish. Qon guruhlarining o’zaro farqi. Kamqonlik (anemiya) va uning yuzaga kelish sabablari, kamqonlikning oldini olish. Kamqonlikning bolalarda uchrashi va sabablari.
Odam organizmida qon aylanishi haqida umumiy tushuncha. Yurak va qon tomirlarga umumiy ta’rif. Qon aylanishini o’rganish – gemodinamika va uning vazifalari.
Yurakning joylashuvi, tuzilishi va funksiyalari. Yurak qavatlari va klapanlari. Yurak sikli va bosqichlari. Qonning sistolik va minutlik hajmi. Yurak faoliyatining yoshga xos xususiyatlari va o’zgarib borishi.
Katta va kichik qon aylanish doiralari. Qon aylanish doiralarining funksiyasi. Arterial qon bosimi va uning yuzaga kelishi, yoshga qarab o’zgarishi. Gipertoniya va gipotoniya kasalliklari. Jismoniy ish bajarganda yurak-qon tomir tizimi faoliyatining o‘zgarishi. Qon aylanish organlarining yoshga xos xususiyatlari.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, zig-zag, blits, integrativ munozara, bumerang, munozara, o’z-o’zini nazorat, pog’ona, klaster, charxpalak va b.
Adabiyotlar: А1; А2; А4; А5; А6. Q2; Q3; Q4; Q7.
7-mavzu. NAFAS OLISH VA AYIRISH A’ZOLARINING YOSHGA BOG‘LIQ
XUSUSIYATLARI.

Nafas olish a’zolariga umumiy ta’rif. Nafas olish a’zolarining tuzilishi va funksiyalari. Burun bo‘shlig‘i, halqum, hiqildoq, traxeya, bronxlar, bronxiolalar, alveolalarning tuzilishi va funksiyasi hamda yoshga xos xususiyatlari. O‘pkalar va ularning tuzilishi.


Nafas bosqichlari. Tashqi nafas, o’pka va qon o’rtasida gazlar almashinuvi, ichki nafas. Nafas olish va nafas chiqarish mexanizmi. Kislorodning organizm uchun ahamiyati.
Nafas soni (chastotasi), nafas chuqurligi, o’pka ventilyatsiyasi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi haqida umumiy tushuncha. Nafas olish a’zolariga turli omillarning ta’siri.
O‘quv xonalarida havo tarkibining o‘zgarishi. O’quv xonasining shamollatilishi.
Ayirish a’zolariga umumiy tavsifoma. Buyraklar, teri, o‘pkalar va hazm a’zolarining ayirish faoliyati. Ayirish a’zolarining yoshga bog‘liq xususiyatlari.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, insert, blits, nilufar guli, integrativ munozara, bumerang, munozara, o’z-o’zini nazorat, pog’ona, klaster, charxpalak, fikrlash xaritasi va b.
Adabiyotlar: А1; А2; А4; А5; А6. Q2; Q3; Q4; Q6.
Yosh fiziologiyasi va gigiyena” fani bo’yicha

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling