Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari
Oqsillar, yog'lar va uglevodlar almashinuvi
Download 0.9 Mb.
|
Mustaqil ish matnlari 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqsillar almashinuvi.
Oqsillar, yog'lar va uglevodlar almashinuvi
Ovqat moddalari tarkibiga oqsillar, yog'lar, uglevodlar, mineral tuzlar, suv va vitaminlar kiradi. Shulardan oldingi uchtasi organizmda parchalanib, energiya hosil qiladi, keyingi uchtasi esa energiya hosil qilmaydi, lekin moddalar almashinuvi va organizmdagi boshqa hayotiy jarayonlar normal o’tishida muhim rol o'ynaydi. Bu moddalarning har biri o'ziga xos fiziologik xossalarga ega. Oqsillar almashinuvi. Oqsillar murakkab molekulyar organik birikma bo’lib, odam organizmi hayotida muhim ahamiyatga ega. Oqsillar quyidagi muhim fiinksiyalami bajaradi: plastik funksiya - oqsillar odam organizmining barcha hujayralari tarkibiga kiradi; energetik funksiya - kislorod ishtirokida oksidlanib energiya hosil qiladi; fermentativ funksiya; - gormonal (endokrin) funksiya; immunologik (himoyalash) funksiya; gomeostatik funksiya - qon, to’qima oraliq va to'qima ichi suyuqliklarining kolloid - osmotik bosimini ta'minlaydi; tashuvchilik (transport) funksiyasi - qizil qon tanachalari (eritrotsitlar)ning oqsil moddasi (gemoglobin) o’pkadan kislorodni hujayralarga, hujayralardan esa karbonat angidrid gazini o'pkaga tashiydi; shuningdek, nasl belgilarini avloddan-avlodga berilishi (o‘tkazilishi)da ham oqsillar muhim ahamiyatga ega. Oqsillar aminokislotalardan tuzilgan. Ovqatlanish gigienasi fanida ma’lum bo'lgan 80 ta aminokislotadan asosan 22 tasi ovqat mahsulotlari oqsillari tarkibiga kiradi. Bular quyidagilar: alanin, valin, glitsin, izoleytsin, leytsin, metionin, serin, tirozin, treonin, fenilalanin, sistin, asparagin kislota, glutamin kislota, arginin, lizin, asparagin, glyutamin, gistidin, prolin, triptofan, oksiprolin, sistein. Yuqorida ko'rsatilgan aminokislotalar 2 guruhga bo'linadi; 1. Almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalar. 2. Almashtirish mumkin bo'lgan aminokislotalar. Almashtirish mumkin bo'lmagan aminokislotalar odam organizmida boshqa ovqat moddalaridan sintez qilinmaydi, ya’ni ular ovqatdagi oqsil tarkibida qabul qilinishi kerak. Avvalgi yillarda almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalarga quyidagi 8ta aminokislota kiritilgan: valin, izoleytsin, leytsin, lizin, metionin, triptofan, treonin, fenilalanin. Keyingi yillarda ma’lum bo’ldiki, bolalar organizmida gistidin boshqa moddalardan yetarli miqdorda sintez qilinmas ekan, ya’ni u ovqatdagi oqsil tarkibida qabul qilinishi zarur bo'lganligi uchun almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalar guruhiga kiritilgan. Shuningdek, avvalgi yillarda almashtirish mumkin bo'lgan aminokislotalar hisoblangan tirozin va sistin ham keyingi yillardagi tadqiqotlar natijasiga ko'ra almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalar guruhiga kiritilgan. Chunki, sistin odam organizmida metionindan, tirozin esa fenilalanindan sintez qilinishi mumkin. Ammo sistindan qaytadan metionin, tirozindan qaytadan fenilalanin sintez qilinishi mumkin emasligi ma’lum bo'ldi. Shuning uchun sistin va tirozin almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalar guruhiga kiritilgan. Shunday qilib, almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalar soni 11 ta: valin, izoleytsin, leytsin, lizin, metionin, triptofan, treonin, fenilalanin, gistidin, sistin, tirozin. Almashtirish mumkin bo'lgan aminokislotalar soni ham 11 ta: alanin, glitsin, serin, asparagin kislota, glyutamin kislota, arginin, asparagin, glyutamin, prolin, oksiprolin, sistein. Oqsillar o'zining aminokislota tarkibiga ko'ra sifatli va sifatsiz oqsillarga bo'linadi. Tarkibida hamma 11 ta almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalar bo'lgan oqsil sifatli oqsil deyiladi. Sifatli oqsillar hayvon va parranda mahsulotlarida bo'ladi: go'sht, baliq, tuxum sut va sut mahsulotlari. Tarkibida almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalaming birontasi bo'lmagan oqsil sifatsiz oqsil deyiladi. Sifatsiz oqsillar o'simlik mahsulotlarida bo'ladi: guruch, no'xat, loviya, bug'doy, kartoshka, makkajo’xori va boshqalar. Bolalar va o'smiriar organizmining normal o'sishi va rivojlanishi uchun ularning kundalik ovqati tarkibida sifatli oqsillar yetarli miqdorda bo'lishi kerak. Yuqorida qayd etilganidek, oqsillarning muhim funksiyalaridan biri energetik funksiyadir. Odam organizmida 1 gramm oqsil kislorod ishtirokida oksidlanib parchalanganda 4,1 kkall energiya hosil bo'ladi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling