Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari
Download 0.9 Mb.
|
Mustaqil ish matnlari 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ovqatning energetik funksiy as i
- Ovqatning plastik funksiyas i
- 2 . Ovqatlanishning sifat goidasi.
Ratsional ovqalanishrang ahainiyati. Odamning sog'lom va baquwat bo'lishida, yoshlarning normal o'sishi va rivqjlanishi, ish qobiliyatining yaxshi bo'lishida ratsional ovqatlanish muhim ahamiyatga ega. Ovqat odam organizmida ikkita muhim funksiyani bajaradi:
Ovqatning energetik funksiyasi, ya’ni ovqat moddalari organizmda kislorod yordamida oksidlanib, energiya hosil qiladi va bu enetgiya to'qima hamda a’zolarning normal ishlashi, tana harorati doimiyligini ta’minlash, odamning harakatlanishi, ish bajarishi uchun sarflanadi. Ovqatning plastik funksiyasi shundan iboratki, uning tarkibidagi moddalar, ayniqsa oqsil hujayra va to'qimalaming tarkibiy qismiga kiradi, ya’ni hujayralarning eskirgan qismlari yangilanishini va hujayralar bo'linib ko'payishini ta’minlaydi. Ratsional ovqatlanish goidalari. Ovqatlanishning ilmiy asosda ratsional tashkil etilishi uchta qoidaga asoslanadi: 1. Ovqatlanishning miqdor goidasi. Bir kccha-kunduzgi ovqatdan organizmda hosil bo'ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoriga teng bo'lishi kerak. 2. Ovqatlanishning sifat goidasi. Bir kecha-kunduzgi ovqat tarkibidagi oqsillar, yog'lar va uglevodlar, mineral tuzlar, suv, vitaminlaming miqdori odam organizmining shu moddalarga bo'lgan ehtiyojini qondirishi kerak. 3. Ovqatlanish rejimi. Bir kecha-kunduzgi ovqat miqdori to'rt qismga bo'lingan holda iste’mol qilinishi kerak. Masalan, maktab o'quvchilarining ovqatlanish rejimi ularni ertalabki yoki kechki smenada o'qishiga qarab quyidagicha tashkil etilishi mumkin: -ertaiabki nonushta — bir kecha-kunduzgi ovqat kaloriyasining 25—30% ini tashkil etadi (soat 7—7.30 da); -tushkl ovqat - bir kecha-kunduzgi ovqat kaloriyasining 35— 40% ini tashkil etishi kerak (ertalab o'qiydiganlar uchun maktabdan keyin, ya’ni soat 14—15 da; kunning ikkinchi yarmida o'qiydiganlar uchun soat 12—12.30 da); -kechki ovqat - bir kecha-kunduzgi ovqat kaloriyasining 15— 20% ini tashkil etadi (coat 19—20.00 da). Yuqorida ko'rsatilgan uch marta asosiy ovqatlanishdan tashqari, qo'shimcha ovqatlanish ham ko'zda tutiladi. Bu bir kecha-kunduzgi ovqatning 10-15% ini tashkil etadi, ya’ni maktabda tanaflus vaqtida ovqatlanish. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonning issiq iqlim sharoitida ayniqsa, yoz faslida kunduzi kunning issig’i ta’sirida me’da-ichaklarning ovqat hazm qilish faoliyati ma’lum darajada susayadi va ishtaha pasayadi. Shuning uchun mahalliy aholi ovqatning ko’p va yuqori kaloriyali qismini kechki paytda iste’mol qilishga odatlanib qolgan. Shunga ko’ra, ular organizmi mazkur ovqatlanish tartibiga moslashgan. Demak, bu tartibda ovqatlanish bizning issiq iqlim sharoitda xalqimizning milliy urf-odatiga aylanib qolgan. Ammo e’tirof etish zarurki, kechki paytda ko’p miqdorda va yuqori kaloriyali taomlar iste’mol qilingandan keyin, albatta 2-3 soat o’tgach uyquga yotish kerak yoki har xil yengil ishlar bilan shug’ullanish, toza havoda sayr qilish kerak, aks holda iste’mol qilingan taomlaming hazm bo’lishi qiyinlashib, me’da-ichak kasalliklari paydo bo’lishi mumkin. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling