Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari


Organizmda energiya sarflanishini aniqlash


Download 0.91 Mb.
bet90/107
Sana10.02.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1184663
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   107
Bog'liq
Mustaqil ish matnlari 2023 (2)

Organizmda energiya sarflanishini aniqlash
Odam organizmida sarflangan energiya miqdorini aniqlashda bir necha usullar mavjud. Shulardan asosan ikkitasi, ya’ni vositasiz va vositali kalorimetriya usullari ko’proq qo’llaniladi.
Vositasiz kalorimetriya usulida maxsus germetik kalorimetr kamerasidan foydalaniladi. Kamera ichining yuqori qismiga bir nechta naycha o’rnatilgan bo’lib, ularda suv aylanib turadi. Tajriba o’tkazilayotgan odam normal nafas olishi uchun maxsus naycha orqali kislorod ballonidan kameraga havo kiritib turiladi. Nafas orqali chiqarilgan havo maxsus naycha orqali kamera tashqarisida joylashtirilgan baklardagi kimyoviy moddalardan o’tkazilib, undagi karbonat angidriddan tozalanadi.
Kalorimetr kamerasi naychalari orqali oqib o’tgan suvning miqdorini aniqlab, harorati o’lchanadi. Bir kecha-kunduzda shu suvni isitishga sarflangan issiqlik energiyasining miqdori kamerada tajriba uchun o’tirgan odamdan ajralganligi aniq bo’ladi. Bu energiya miqdori kilojoullarda ifodalanadi.
Vositali kalorimetriya usuli. Ma’lumki, iste’mol qilingan ovqat tarkibidagi oqsil, yog’, uglevodlar organizmda (hujayra vato'qimalarda) kislorod ta’sirida oksidlanib parchalanadi va energiya hosil qiladi. Bu moddalar almashinuvi jarayonida ma’lum miqdorda kislorod sarflanadi va karbonat angidrid hosil bo’ladi. Nafas bilan qabul qilingan kislorod va ajralib chiqqan karbonat angidrid miqdoriga qarab, organizmda qancha energiya hosil bo’lganligi va sarflanganligi aniqlanadi. Nafas olish va chiqarish orqali sarflangan kislorod va chiqarilgan karbonat angidrid miqdorini aniqlash uchun M.N. Shaternikovning respiratsion kamerasi hamda Duglas-Xolden niqob-qopidan foydalaniladi.
Odam organizmida 1 g oqsil oksidlanishi va parchalanishiga 2 l kislorod sarflanib, 4,1 kkal energiya hosil bo’Iadi; 1 g yog’ oksidlanishiga 2 1 kislorod sarflanib, 9,3 kkal energiya; 1 g uglevod oksidlanishiga 0,8 1 kislorod sarflanib, 4,1 kkal energiya hosil bo’ladi. Demak, Duglas-Xolden niqob-qopi yordamida nafas olish orqali qabul qilingan kislorod miqdorini aniqlab, bu kislorod yordamida organizmda qancha energiya hosil bo’lganligi va sarflanganligi hisoblab chiqiladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling