Yosh tarixshunoslar


Martin Lyuterning faoliyati


Download 474.67 Kb.
bet22/35
Sana22.09.2023
Hajmi474.67 Kb.
#1684235
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
Bog'liq
@yosh ustozlar tarix fani toʻgarak

Martin Lyuterning faoliyati. Reformatsiya 1517- yilda Ger­maniya aholisining katolik cherkovini isloh (reforma) qilishni talab qilib chiqishidan boshlandi. Reformatsiyani knyazlarning bir qismi, shaharliklar va dehqonlar qo‘llab-quvvatladilar. Reformatsiya to‘l- qinining kuchayishiga Vittenberg universitetida ilohiyotdan dars beruvchi Martin Lyuter ta’limoti katta ta’sir ko‘rsatdi. U 1517-yili cherkov eshigiga o‘zining dindorlarga qarata yozgan mashhur «95 tezis» deb atalgan xitobnomasini yopishtirib qo‘ydi. Xitobnomada indulgensiya savdosi qattiq qoralangan, Germaniyadagi cherkovni Rim Papasi qaramog‘idan ozod etish talab etilgan, cherkovning esa «kam chiqim cherkov» bo‘lishi yoqlangan edi. Martin Lyuterning «95 tezis»i butun Germaniyani to‘lqinlantirib yubordi.Ko‘p o‘tmay u cherkov Papasiz ham yashashi mumkin, deb baralla aytdi va bundan keyin Rimga soliqdan tushgan pullarni yubormaslikni taklif etdi. Bu «qilmishlari» uchun Rim Papasi Lyuterni shakkoklikda aybladi va Germaniyagauni la’natlovchi yorliq yubordi. Biroq xalq Lyuterni qo‘llab- quvvatlayotganligi uchun bu yorliqni Germaniya bo‘ylab tarqatishning iloji bo‘lmadi. Aksincha, M. Lyuter Papaning uni cherkovdan chetlashtirganligi to ‘g ‘risidagi qarorini talabalar ko‘z o‘ngida yoqib yubordi. Bu uning katolik cherkovi bilan aloqani butunlay uzganligini anglatar edi.M. Lyuter imperatorlik sudiga chaqirildi. Imperator undan o‘z ta’limotidan voz kechishini talab qildi. Biroq Lyuter imperator talabini bajarmadi. Aksincha, Papaga bo‘ysunishdan va indulgensiya savdosini ma’qullashdan bosh tortdi..
Uyga vazifa berish
O’quvchilarni baholash

Sana:
Mavzu: Angliyada qirol hokimiyatini kuchayishi
Mashg’ulot maqsadi: O’quvchilarda Angliyada qirol hokimiyatini kuchayishi haqida bilim berish
Mutlaq monarxiya. Mutlaq monarxiya (absolutizm) – oliy hokimiyatning huquqi hech qanday qonun bilan cheklanmagan yagona bir shaxs - monarx qo ‘lida to ‘planishidir.
Boshqamvning mutlaq monarxiya shakli siyosiy tarqoq mamlakatni yagona markaziy hokimiyat qo ‘1 ostida birlashtirish natijasida vujudga keldi. Mutlaq monarxiya mamlakat tarqoqligiga barham berdi. Chu- nonchi, qirol Genrix УШ Tyudor (1509-1547) butun mamlakatni yagona markaz - Londonga bo ‘ysundirdi.Aynan mutlaq monarxiya feodallarning o‘zaro ichki urushlariga barham bergan. Tyudorlar sulolasidan chiqqan yangi qirollar feodallar qo‘shinlarini tarqatib yubordi.
Bo ‘ysunishni istamagan feodallarning qo ‘rg ‘onlarini yer bilan yakson qildi. Isyonchilarning yerlari tortib olindi va qirollik mulkiga qo‘shib yuborildi.
Shaharlaming huquqlari cheklab qo‘yildi. Toifaviy-vakillik organi bo‘lmish parlament butunlay bo‘lmasa-da, o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Yangi soliqlar joriy etish masalasidagina parlament roziligining shartligi belgilabqo‘yildi. Angliya qirollari veto huquqiga ega edilar. Bu huquq ularga par- lamentning har qanday qarorini taqiqlay olish imkonini berardi. Mamlakat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishini parlament emas, tarkibini qirol tuzadigan Maxfiy Kengash belgilar edi.

Download 474.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling