Yosh tarixshunoslar


Notinch, alg‘ov-dalg‘ovli yillar


Download 474.67 Kb.
bet25/35
Sana22.09.2023
Hajmi474.67 Kb.
#1684235
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
Bog'liq
@yosh ustozlar tarix fani toʻgarak

Notinch, alg‘ov-dalg‘ovli yillar. 1584- yilda Ivan IV Grozniy vafot etdi. Taxtga uning o‘g‘li Fyodor Ivanovich o‘tqazildi. U kasalmand bo‘lganligi uchun amalda hokimiyatni qaynisi, boyar Boris Godunov boshqardi. Fyodor 1598- yilda vafot etdi. Lekin Ivan IV o‘g‘illaridan taxt vorisi qolmadi. Shu tariqa Rossiyani 700 yil boshqargan Ryutikovlar sulolasi hukmronligi barham topdi. Shunday sharoitda Zemstvo sobori Boris Godunovni podsho etib sayladi.
Boris Godunov 1605- yilda vafot etgach, Rossiya tarixida notinch, alg ‘ov-dalg ‘ovli yillar boshlandi. Qisqa vaqt ichida bir nechta podsho almashdi. Ayni paytda Rossiyada boyarlar ta’siri yana kuchaydi. Bundan tashqari, chet davlatlar - Polsha va Shvetsiya Rossiya ichki ishlariga zo‘r berib aralasha boshladilar. Polsha hatto 1609- yilda
Moskvani bosib oldi. Hokimiyat Boyarlar guruhi qo‘liga o‘tdi. Ular Rossiya taxtiga Polsha qirolining o‘g‘- lini o‘tqazishga urindilar. Shu orqali o‘z imtiyozlarini saqlab qolmoqchi bo‘ldilar. Ana shunday og‘ir sharoitda Rossiyaning asl vatanparvar kuch- larining yetakchilari posad oqsoqoli Kuzma Minin va sarkarda Dmitriy Pojarskiylar xalq lashkari to‘plashga kirishdilar.
yilda Moskva uchun bo ‘lgan janglarda Polsha qo‘shini mag‘lubiyatga uchratildi. Shu tariqa Moskva chet el bosqinchilaridan tamomila ozod qilindi.
Uyga vazifa berish
O’quvchilarni baholash
Sana:
Mavzu: Niderlandiya burjua inqilobi.Milliy ozodlik kurashi
Mashg’ulot maqsadi : O’quvchilarda Niderlandiya burjua inqilobi.Milliy ozodlik kurashi haqida bilim berish
Qaramlikning oqibatlari. Ispaniya iqtisodiy jihatdan Nider- landiyaga qaraganda qoloq davlat edi. Biroq Ispaniya hamon harbiy qudratini saqlab kelardi. Ispaniya monarxiyasi bu yerda о ‘zining qoloq boshqaruv tartibini o‘matdi. Aholi juda katta miqdorda soliq to‘lashga majbur etildi. Ispaniya qiroli xazinasiga Niderlandiyadan yig‘iladigan soliq miqdori uning Amerikadagi mustamlakalaridan keladigan daromaddan 4 marta ortiq bo‘lgan. Niderlandiyada «isloh qilingan din» (protestantlik) tarqalaboshlagach, qirol yuqori diniy lavozimlarga ispanlarni tayinlay boshladi. Bu yerda ham inkvizitsiyani va qonli qonunlarni joriy etdi. Ommaviy qirg‘inlar uyushtirdi. Bu omillar Niderlandiya xalqining keskin g‘azab-nafratini qo‘zg‘atdi.

Download 474.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling