Yosh tarixshunoslar


Ispaniya zulmiga qarshi qo‘zg‘olon


Download 474.67 Kb.
bet26/35
Sana22.09.2023
Hajmi474.67 Kb.
#1684235
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
Bog'liq
@yosh ustozlar tarix fani toʻgarak

Ispaniya zulmiga qarshi qo‘zg‘olon. Ispaniya qiroli Filipp II ning shafqatsiz siyosati niderland xalqining kuchayib borayotgan noroziligini to ‘xtata olmadi. Aksincha, xalqning ispan zulmiga qarshi harakati tobora kuchaydi. Bu harakatda aholining keng qatlamlari - burjuaziya, hunarmandlar, dehqonlar, savdogarlar va hatto dvoryanlaming bir qismi qatnashdi. Burjuaziya, ayni paytda, qo‘zg‘olongarahbarlik qildi. Ispaniya zulmiga qarshi kurash 1566- yilda qo‘zg‘olonga aylandi. Qo‘z- g‘olonchilar qisqa vaqt ichida Ispaniya zulmining tayanchi bo‘lgan cherkov va monastirlarni vayron qildilar. Katolik ruhoniylar va ispan amaldorlari quvib yuborildi.
Terror tartibining o‘rnatilishi. Qo‘zg‘olonni bostirish uchun Ispaniya qiroli Filipp II gersog Albaboshchiligida saralangan qo‘shin yubordi. Alba Niderlandiya hukmdori etib tayinlandi. Alba boshqaruv ishida terrorni, jallod qilichini va inkvizitsiyani qo ‘lladi. Barcha masa- lalar «Isyonlar bo ‘yicha Kengash»da hal etildi. Niderland xalqi Albaning yovuzligi tufayli bu Kengashni «Qonli kengash» deb atadi. Alba shafqatsiz jazo choralaribilanginacheklanib qolmadi. U «o‘ndanbir» deb ataluvchi yangi soliq ham joriy etdi. Unga ко ‘ra, savdogarlar har qanday savdo bitimidan keladigan daromadning 1/10 qismini qirol xazinasiga to ‘lashga majbur edi. Gollandiya Respublikasining tashkil topishi. Ispaniya istalgan vaqtda shimolga qarshi yana hujum qilishi mumkin edi. Bunga qarshi tura olish uchun mamlakat shimolidagi viloyatlar 1579- yilda ittifoq tuzdilar. Bu ittifoq «Utrext uniyasi» deb ataldi. Uniya a’zolari xuddi yagona viloyat kabi abadiy birlashishga va Ispaniyaga qarshi birgalikda ozodlik uchun kurashishga va’ da berdilar. Ayni paytda Uniya Filipp II ni taxtdan tushirilgan, deb e’lon qildi.
Bu haqda Uniya qabul qilgan hujjatda, jumladan, bunday deyilgan edi: «Xudo odamlarni hukmdor uchun emas, aksincha, hukmdorni odamlar manfaatlari uchun yaratadi. 0‘z fuqarolari manfaati uchun qayg ‘urmagan hukmdor endi hukmdor emas. U bo ‘ysunishi lozim bo ‘1- magan zolimdir». Uniya a’zolari ichida eng aholisi ко‘pi va eng badavlati Gollandiya edi. Mustaqillikka erishgan shimol shu viloyat nomi bilan Gollandiya Respublikasi deb atala boshlandi. Respublika o‘z mustaqilligini Ispaniyaning tan olishi uchun uzoq vaqt kurash olib borishga majbur bo‘ldi. Faqat 1609- yildagina Ispaniya Gollandiyaning mustaqilligini tan oldi



Download 474.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling