Gaplaringizga et’ibor bering.
Siz do’stlaringiz yoki boshqa birov bilan qanday gaplashishingizni eshitganmisiz? Eshitmagan bo’lsangiz, o’zingizni diktofonga yozib olishga harakat qiling, ko’p narsani bilib olasiz. Agarda siz “Necha martta senga gapirish kerak, … “ Seni qo’lingdan hech narsa kelmaydi”, “ Qila olmaysanmi – urunma”, “Men odatdagidek hech narsaga erisha olmayabman”, “Endi menga hech narsani keragi yo’q”, “Baxtli hayot faqat kinolarda bo’ladi” shunga o’xshash so’zlarni ishlatsangiz ulardan foydalanmaslikka harakat qiling. Negaki aynan shunday so’zlar bilan siz o’zingizni va atrofingizdagilarni pesstimistga aylantirasiz.
O’zingizga yoqadigan ish bilan shug’ullaning.
Ishlaringizda doim omad siz bilan bo’lishi va katta yutuqlarni ketma-ket qo’lga kiritishingiz uchun miyangizdagi o’y fikrlaringiz o’z joyida bo’lishi kerak. U yerdagi sarqitlarni chiqarib tashlang va o’z maqsadingiz sari odimlang. Bugun Gooper.uz‘da miyani tozalashning 7 yo’lini taqdim etamiz. Marhamat!
1. Hamma narsani yozib yurish.
Buning uchun yoningizda yondaftar olib yurish shart emas. Bu ishni telefonga yozish, diktofonga yozib bajarsa ham bo’ladi. Bu qo’llanmalar keyinchalik ishlatilishi mumkin. Agar bu ishni qilinmasa, esdan chiqish ehtimoli yuqori.
2. Hafta oxirida natijalarni jamlang.
Bu ish orqali hafta davomida qilingan ishlar natijasini aniqlashga, hamda qilingan xatolarni ko’rib chiqish va keyinchalik bu kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi.
3. Istiqbolli ishlarni hisoblash.
Uzoq muddatli ishlarda muavfaqqiyatga qanday erishish yo’llarini ko’rib chiqish va hisoblashni odat qiling. Bu ish yaqin kelajakdagi ishlaringizni amalga oshirishda yordam berib, miya ishlashini tushunarli yo’nalishga solishga omil bo’ladi.
4. Kunlik ishlaringizni tartibli bajarishga o’rganing.
Siz kun davomida juda ko’p axborotga ega bo’lasiz. Bu esa o’z navbatida miyangizni yaxshi ishiga to’sqinlik qiladi. Shu sababli kichik ishlarni o’z vaqtida bajarishga odatlaning. Bu vaqtingnizni va kuchingizni sarfini tejashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |