Yoshingiz qancha kata bo’lgan sari do’stlaringiz soni nega kamayib boradi


Download 0.55 Mb.
bet3/13
Sana08.02.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1168610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Yoshingiz qancha kata bo

Birinchi marafonchi sindromi


Ko’pchilik odamlar bir xil stereotip bilan yashashadi. Agar inson ma’lum bir yoshgacha biron narsaga erisha olmasa, demak u “omadsiz”, “u hech narsaga erisha olmaydi”. Negadur har doim boshqalardan o’tib ketgisi keladi, yoki o’zidan oldinda yugurayotganlar bilan musobaqalashgisi keladi.

Qanday fikrlash lozim:


Baxtimizga, hayot jismoniy tarbiya darsi emas. Har bir insonning o’z taqdiri bor. Barchasi o’z vaqtida bo’ladi. Agar siz juda ham hoxlayotgan istagingizga hozirgacha erishmagan bo’lsangiz, demak hali vaqti kelmagan. O’ylagan narsangizni omadli tarzda rivojlantirish uchun kerak bo’lgan sizdagi ruhiy va amaliy sifatlar hali to’liq shakllanmagan. Shunday vaqt keladiki aynan siz butun umr orzu qilgan istagingizga erishasiz.
Nemis yozuvchisi Ekxart Tolle shunday degan ekan: “Nima aynan seniki ekanligini bilishni istaysanmi – barchasini qo’yib yubor, seniki o’zing bilan qoladi.”
Va eng muhimi hech qachon o’zingizni birov bilan solishtirmang, Unutmang, siz o’zingizga xossiz!

Ikkinchi sindrom. Aybdorlarni qidirish


Ko’pchilik insonlar o’zlarining omadsizliklarida birovlarni ayblashni harakat qilishadi. Ular aybni barchaga qo’yishlari mumkin – ota – onalar, do’stlar, boshliq, hukumat, adolatsiz hayot va yana nimadurlar… Shunday hayollar insonning ongiga o’rnashib qoladi va pozitiv fikrlashga halal beradi va quyidagicha fikrlar rivojlanishiga sabab bo’ladi: “ Do’stimning ota – onasi juda yaxshi, Ular unga yaxshi ko’rgan ishi bilan shug’ullanishiga qarshilik qilishmadi, shuning uchun u hozir baxtli” Menga bo’lsa doim to’sqinlik qilishdi va mana natijasi”.

Qanday fikrlash kerak:


Shuni bilish kerakki hech kimda, hattoki eng omadli insonda ham o’zini rivojlantirishi uchun mukammal sharoit bo’lmaydi. Kimdir bir tomondan ustunlikka ega bo’lsa, yana kimdir boshqa tomondan imkoniyatlarga ega bo’ladi.
Muhimi, siz o’zingizning imkoniyatlaringizni hisobga olib, to’g’ri yo’lni topa olishingiz kerak. Agar har doim aybdorlarni qidirilsa biron narsaga erishishingizning imkoni bo’lmay qoladi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling