birinchi qaror - Men o’yin o’ynamayman (O’yinlarga kirmayman) Men odamlar bilan xavfsiz va samarali munosabatlarni qo’llab-quvvatlayman.(Avvalgiday pozitiv va konstruktivman).
Bu qabul qilish bajarish kerak bo’lgan ilk qarordir. Chunki u orqali jarbdiyda roliga tushib qolishdan saqlanish mumkin.
Ikkinchi qaror
Men o’zimga mas’uliyatning bir qismini olaman (Z) O’yinda qamalib qolganingizni his qilganingizdan keyin, undan chiqishning eng oson yo’llaridan biri – “10% qoidasi”ni eslash va javobgarlikning 10 foizini o’z bo’yningizga olishdir. Agar men o’zimning 10% Zolim ekanligimni tan olsam, o’yinning boshlanishi va davom etishidagi o’z javobgarligimni anglay boshlayman. Uchinchi qaror
Men haqiqiy autentik yordam ko’rsataman (Q) Qutqaruvchi rolidan chiqish yo’llaridan biri – pozitiv qayta aloqa berish, ya’ni odamning qandaydir xususiyatlarini ijobiy baholash va o’zining Qutqaruvchi ekanligini 10% ijobiy deb baholashdir. Ya’ni, men ko’rsatayotgan yordamning 10%i haqiqiy va autentikdir, qolgan 90%yordamimni esa hechkim hech qachon so’ramagan.
To’rtinchi qaror
Pozitiv bog’lanishim mumkinligini tan olaman (J) Men o’zimni Jabrdiyda rolida ko’rsam, bu rolnng 10%idagina menga zarur bo’lgan hamdardlik bor.
Beshinchi qaror
Kim bo’lishni va nima qilishni o’zingiz hal qiling! Patsientlar va mijozlarni o’yindan chiqarish uchun Karpman juda ekspressiv nutqiy formulani ishlab chiqqan:
G’am
chekkandan
ko’ra,
jahl
chiqqani
yaxshi.
Xavotir
olgandan
ko’ra,
qabul
qilgan
yaxshi.
Bechora bo’lgandan ko’ra, aqlli bo’lgan yaxshiroq.
S.Karpman g’oyalari asosida psixologik yordam ko’rsatish asosan mijozda boshqa odamlar bilan munosabatlar asosida muammolar yuzaga kelganda qo’llanadi.
Rollardan chiqqan odam o'z hayoti, qabul qilgan qarorlari uchun o’zi javob beradi. O'zini ustun ko'rsatish ehtiyoji bo'lmaydi, boshqalargayam imkonsiz holida yordam beraman deb chopavermaydi.
Bir so’z bilan aytganda, psixologik madaniyati rivojlangan yetuk shaxsga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |