Yoshlar psixologiyasi
- MAVZU. KORREKSION ISHLAR KO’RINISHLARI VA
Download 0.75 Mb.
|
yangi psixologik konsultatsiya (1)
12- MAVZU. KORREKSION ISHLAR KO’RINISHLARI VA
TUSHUNCHALARI Reja: 1.Psixokorreksiyaning asosiy tasnifi Psixokorreksiya ko’rinishlari Tayanch tushunchalar: psixokorreksiya, kauzal, simptomatik, og’ish, guruhiy, individual, psixdiagnostika. Inson hayotida duch keladigan muammolarni hal etishga nisbatan o’zida psixologik imkoniyat topa olasligining tub zaminida psixologik madaniyatning yetishmasligi yotadi. Shu sababdan odamlar psixologik jihatdan salomatligidan norozi bo’lishi, inqirozli holatlardan chiqishga qiynalishi hamda o’z-o’zini boshqarishda muammolarga duch kelishi mumkin. aynan psixologik madaniyat tushunchasini tashkil etuvchi komponentlarga quyidagilarni kiritish mumkin: O’z o’zini anglash va o’z o’zini adekvat baholash; O’zga odamlarni tushunish (empatiya hissi); O’z xulq-atvori, emotsiyalari, muomalasini boshqara olishi. Psixokorreksiya termini vujudga kelishi o’tgan asrning 70-yillariga borib taqaladi. chunki ushbu davrga kelib, psixologiya fani turli psixologik muammo hamda og’ishlarga ega odamlar bilan guruhiy hamda individual tarzda faoliyat olib boradigan sohaga aylandi. A.A.Osipova (2002-yil) psixokorreksiyaning quyidagi turlarini ajratadi: Har qanday psixokorreksiyani mazmun va maqsadiga ko’ra ikki katta guruh bo’lish mumkin. ular simptomatik psixokorreksiya hamda kauzal psixologik korreksiyadir. Odatda simptomatik korreksiya kauzal korreksiyadan oldin qo’llanadi. Chunki simptomatik korreksiyaning asosiy vazifasi mijozdagi psixokorreksiyaning asosiy jarayonlariga tayyorlash uchun simptomatik og’ish hamda buzilishlarni bartaraf etishdan iboratdir. Simptomatik korreksiyani asosiy maqsadga erishish uchun ko’mak berardigan mayda simptomlar ustida ishlovchi, qisqa vatq davom etuvchi yordamchi korreksion faoliyat deyish mumkin. Kauzal (sababiy) psixokorreksiya esa uzoq muddat davom etib, shaxs rivojlanishida to’siq bo’ladigan ichki omil hahda psixologik sabablarni axtarib, ularni to’g’irlaydi (korreksiyalaydi). Psixokorreksiya tarkibiga ko’ra: • Shaxslilikka oid; • Hissiy-irodaviy sohalarga oid; • Xulq-atvor aspektlari bilan bog’liq; • Shaxslararo munosabatlarga oid; • Guruh ichidagi (oilaviy, er-hotin, jamoaviy) munosabatlarga oid; • Farzand va ota-ona munosabatlariga oid turlarga bo’linadi. Korreksion faoliyat tuzilishiga ko’ra individual hamda guruhiy ko’rinishlarga ajratiladi. Guruhiy psixokorreksiya ham o’z navbatida muammolari o’xshash mijozlardan iborat ochiq guruhlar hamda aralash guruhlarga bo’linadi. Psixokorreksiya o’zining olib boradigan dasturiga ko’ra dasturlashtirigan yoki improvizatsiyalangan guruhlarga ajratiladi. Psixokorreksiyaning davom etish vaqtiga ko’ra quyidagi ko’rinishlari mavjud: • Juda tez; • Qisqa;
Davomiy;
• Uzoq davom etadigan. Juda tez o’tkaziladigan psixokorreksiyaga misol qilib biror jarayon yoki holatlarda yuzaga kelgan nizolarni bartaraf etish uchun o’tkazilgan korreksion ishlarni keltirish mumkin. Bu bir necha soatgacha davom etadigan jarayon bo’lib, ushbu korreksion ishning samaradorligi uzoqqa yetmaydi. Biror sinf o’quvchilari orasida nizo yuzaga keldi. Makab psixologi shu nizoga barham berish hamda o’quvchilari orasida xulq-atvor korreksiyasi ishlarini o’tkazishi mumkin. lekin yaxshi natijaga erishish uchun korreksion ishlar uzoqroq davom etishi lozim. Qisqa psixokorreksiya bir soatdan ortiq vaqtdan bir kungacha davom etishi mumkin. bunda psixolog bn patsient muayyan kutilgan natijaga erishgunga qadar hamkorlikda faoliyat yuritadilar. Davomiy psixokorreksiya bir necha oygacha bo’lishi mumkin. korreksion ishlarning uzoq davom etadigan turi bir yil yoki undan biroz ko’p muddatga cho’zilishi mumkin. korreskion ishlarning qancha vaqt davom etishi patsient muammosining qanchalik chuqurligiga bog’liq. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling