Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/67
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1720027
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67
Bog'liq
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

Tavsifiy bayon
 
— nisbatan murakkab yozma ish turi. Tavsifiy 
bayonlarda narsa-buyum (hodisa, holat, shaxsning tashqi qiyofasi) va
belgilarining to‘liq tasviri aks etadi. Bu tipdagi bayon turini yozishda 
umumiy kartinani tashkil etuvchi har bir predmet, kichik detalni ham 
ko‘zdan qochirmaslik kerak.
Narsa-buyum tavsifi bilan bog‘liq matnni o‘zlashtirishda 
o‘quvchi quyidagilarga ahamiyat berishi lozim: 
1. Narsa-buyum qanday detallardan iborat ekanligini va narsa-
buyumni tavsiflashda nega aynan shu belgilar tanlanganligini izohlay 
olishi kerak. 
2. Bu detalning matnda aks etgan belgilarini tavsiflash talab 
qilinadi.
3. Bu belgilarning guruhlanishiga e’tibor qaratish lozim. 
4. Qaysi til vositalaridan foydalanilganligini tahlil qila bilishi 
kerak.
Bu talablarga javob berish tavsifiy bayonga tayyorgarlikni ifoda 
etadi. Bu tayyorgarlikda mavjudlik va mavjud emaslikni farqlash
ularni butun kartinani tasvirlash jarayonida tavsiflash kerak bo‘ladi. 
Masalan, kitoblarni, kartinalarni, markalar kolleksiyasini, nishonlarni 
yig‘ish, kutubxona, muzey, ona yurtning diqqatga sazovor joylarini 


90 
tavsiflash jarayonida xotira pand bersa, matn to‘lig‘icha esda qolmasa, 
eruditsiya yordamga kelishi mumkin: bu sohadagi shaxsiy taassurotlar 
va qo‘shimcha bilim bayon yozishda asqotadi. 
Muhokama bayon o‘quvchilardan ko‘proq bilim va ko‘nikmaga 
ega bo‘lishni talab etadi. Bu o‘rinda tafakkurning tahlil qilinishi, 
“Nima va qayerda sodir bo‘lyapti?” savoligagina emas, “Nima 
sababdan yuz beryapti?”, “Sodir bo‘lish manbai nimada?”, 
“Kelajakdagi rejalar qanday?” kabi savollarga ham javob berish talab 
qilinadi. 
Bayon yozish uchun o‘qilgan matndagi asosiy fikrni aniqlash; 
- faktik materialni o‘ziga xos tartibda keltirish; 
- til vositalarini saralash; 
- matnni uchinchi shaxs tilidan bayon qilish. 
- o‘qib eshittirilgan matndan ma’lum xulosalar bilan 
asoslangan mustaqil fikr, mulohazalarni to‘g‘ri tartiblash kerak 
bo‘ladi. 
Muhokama bayon mantiqiy tafakkurni o‘stirishda, matndan 
qisqa 
xulosa 
chiqarishda, 
tezislarga 
ajratib 
tahlil 
qilishda 
ahamiyatlidir.
Agar o‘quvchining xotirasi mustahkam bo‘lsa, berilgan matndagi 
faktik materialni, asosiy mantiqni, mazmunni, xulosani ajrata olsa, 
og‘zaki va yozma nutq me’yorlarini puxta o‘zlashtirgan bo‘lsa, 
batafsil bayon matnini yarata oladi. O‘quvchi asosiy fikr bilan 
ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan mulohazani ajrata olmasa, 
xotirasi kuchsiz bo‘lsa, o‘qilgan matnning barcha qirralarini yorita 
olmasa, matnning mohiyati qolib keraksiz ma’lumotlarni keltirsa, 
bayon matnini qisqa yozgani ma’qul. 
Sinov maqsadida o‘tkazilgan bayonlarda matnni imkon qadar 
aniq, ravon uslubda, izchil, mantiqiy jihatdan muvofiq tarzda, 
tavsiflangan 
voqea-hodisaning 
muhim 
elementlarini 
tushirib 
qoldirmasdan, kamida ikki-uch standart sahifa hajmida yozish talab 
qilinadi. 
Bayon o‘tkazishda uning barcha turlari (ijodiy, saylanma

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling