Yuk va tijorat ishlarini boshqarish


-jadval Variantlar bo‘yicha topshiriqlar


Download 2.84 Mb.
bet35/36
Sana21.11.2023
Hajmi2.84 Mb.
#1791890
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
ЮТИБ Лаборатория дафтари lotincha

14.1-jadval
Variantlar bo‘yicha topshiriqlar





nvag

GU-2 Kitobi bo‘yicha vagonlarni olib kirib berish vaqti

Vagonlarni haqiqiy olib kirib berilgan vaqti

Xabarnoma bo‘-yicha ortishni tugagan vaqti

Yuklarning nomi

1

2

12.12.22 – 1300

12.12.22 – 1200

13.12.22 – 1000

Ugol burыy

2

4

13.12.22 – 1400

13.12.22 – 1500

14.12.22 – 0900

Napikti plod.-yagod.

3

6

14.12.22 – 1500

14.12.22 – 1600

16.12.22 – 0600

Mыlo tualetnoe tver.

4

3

17.12.22 – 1600

17.12.22 – 1500

19.12.22 – 0500

Gips texnicheskiy

5

5

15.12.22 – 1200

15.12.22 – 1100

16.12.22 – 0400

Ugol burыy

6

2

20.12.22 – 0900

20.12.22 – 1000

21.12.22 – 0300

Maslo podsolnechnoe

7

3

25.12.22 – 0800

25.11.22 – 0700

27.12.22 – 1100

Lenoleum

8

4

09.12.22 – 0500

09.12.22 – 0600

11.12.22 – 1400

Сахар-песок

9

5

07.12.22 – 1000

07.12.22 – 1100

09.12.22 – 1600

Bumaga gazetnaya

10

2

05.12.22 – 1800

05.12.22 – 1900

06.12.22 – 1700

Ugol burыy

11

4

03.12.22 – 1700

03.12.22 – 1900

04.12.22 – 1900

Muka rjano-pshenich.

12

6

13.12.22 – 1600

13.12.22 – 1500

14.12.22 – 2100

Listы gipsokartonnыe

13

3

14.12.22 – 1500

14.12.22 – 1500

15.12.22 – 1300

Sol texnicheskaya

14

5

17.12.22 – 1400

17.12.22 – 1500

19.12.22 – 1700

Izvestnyak stroit.

15

2

15.12.22 – 1100

15.12.22 – 1000

16.12.22 – 1500

Ugol burыy

16

3

20.12.22 – 1000

20.12.22 – 1000

21.12.22 – 1300

Stal listovaya krov.

17

4

25.12.22 – 0900

25.12.22 – 0900

26.12.22 – 1400

Sechka ovsyana

18

5

09.12.22 – 0600

09.12.22 – 0600

10.12.22 – 1500

Maslo avtomobilnoe

19

2

07.12.22 – 0500

07.12.22 – 0600

08.12.22 – 1600

Mashinы vyazalnыe

20

4

05.12.22 – 0400

05.12.22 – 0500

07.12.22 – 1200

Ugol burыy

21

6

05.12.22 – 0300

05.12.22 – 0200

06.12.22 – 0900

Щeben iz graviya

22

3

03.12.22 – 1100

03.12.22 – 1300

04.12.22 – 0800

Mыlo xozyayst. tver.

23

5

13.12.22 – 1400

13.12.22 – 1200

14.12.22 – 0500

Сахар-песок

24

2

14.12.22– 1600

14.12.22 – 1500

15.12.22 – 1000

Napitki gazirovannыe

25

3

17.12.22 – 1700

17.12.22 – 1800

18.12.22– 1800

Ugol burыy

26

4

15.12.22 – 1900

15.12.22 – 1900

17.12.22 – 1700

Сахар-песок

27

5

20.12.22 – 2100

20.12.22– 2300

22.12.22 – 1600

Pechene

28

2

25.12.22– 1300

25.12.22 – 1400

26.12.22 – 1500

Lenoleum

29

3

09.12.22 – 1700

09.12.22 – 1600

10.12.22 – 1400

Banki steklyannыe

30

4

07.12.22 – 1500

07.12.22 – 1400

08.12.22 – 1100

Ugol burыy

Ilova: nvag – olib kirib berilgan vagonlar soni;




15-laboratoriya ishi


Vagonlarni tushirishda belgilangan muddatlardan ziyod to‘xtab turishi va tushirishdan so‘ng vagonlarni tozalanmaganligi uchun jarimalarni hisoblash


Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad: Talabalarga vagonlarni tushirishda belgilangan muddatlardan ziyod to‘xtab turishi va tushirishdan so‘ng vagonlarni tozalanmaganligi uchun jarimalarni hisoblashni o‘rgatish va ko‘nikmalarini shakllantirish.
Stansiyalarda va temir yo‘l shoxobcha yo‘llarida yuk oluvchilarning vositalarida tushirishga olib kirib berilgan vagonlarni belgilangan muddatlardan ziyod to‘xtab turishi uchun mulkiy javobgarlikning miqdori Ustavning 132-bandida ko‘rsatib o‘tilgan va 14-laboratoriya ishida bayon etilgan tartiblarda va miqdorlarda jarimalar undiriladi.
Temir yo‘l stansiyasining boshlig‘i yuk oluvchining vositalarida tushirishga vagonlarni olib kirib berish vaqti haqida yuk oluvchini vagonlarni olib kirib berishdan 2 soatdan kech qolmay xabar berishi shart (Ustavning 57-bandi). Xabar berish tartibini stansiya boshlig‘i belgilaydi (telefon, telegraf, pochta aloqasi va boshqalar). Yuk oluvchi xabar berish usullaridan birini tanlab oladi va bu haqida stansiya boshlig‘iga ma’lum qilib qo‘yadi. Vagonlarni tushirishga olib kirib berish vaqti haqida xabarlarni yozib borish uchun stansiyada GU-2 shakldagi vagonlarni ortishga yoki tushirishga olib kirib berish vaqti haqida xabar berish Kitobi yuritiladi (yuklarni tashish Qoidalarini 4-bo‘limi, § 2). Telefon orqali xabar berish tartibi belgilanganida, yuk oluvchi xabarni qabul qilish uchun mas’ul shaxsni tayinlashi kerak va uni familyasi va telefon nomerini stansiya boshlig‘iga bildirib qo‘yishi shart (yuklarni tashish Qoidalarini 4-bo‘limi, § 3).
Tushirish uchun vagonlarni olib kirib berish, xabardagi muddatdan so‘ng 2 soatdan ortiqqa kechiksa, stansiya yuk oluvchiga yangitdan kelgusi olib kirib berish vaqti haqida xabar berishi kerak (yuklarni tashish Qoidalarini 4-bo‘limi, § 4).
Xabardagi muddatlarga rioya qilmasdan yoki xabar bermasdan vagonlar tushirish uchun olib kirib berilsa, yuk oluvchi ularni stansiya taqdim etilgan paytdayoq qabul qilishi kerak.
Bunda vagonlar:
- belgilangan muddatdan oldin olib kirib berilganida – ushbu muddat boshlangan paytdan;
- belgilangan muddatdan kech hamda xabar bermasdan olib kirib berilsa – vagonlar haqiqiy olib kirib berilgan paytdan 2 soat o‘tgandan so‘ng, olib kirib berilgan deb hisoblanadi (yuklarni tashish Qoidalarini 4-bo‘limi, § 5).
Tushirishdan so‘ng tozalanmagan harakatdagi sostavlar temir yo‘liga topshirilgan vaziyatlarda yuk oluvchi temir yo‘lining foydasiga Ustavning 141-bandida ko‘rsatilgan miqdorda, ya’niy oddiy vagon uchun eng kam ish haqining 1 karrsi miqdorida va ixtisoslashtirilgan vagon uchun eng kam ish haqining 2 karrasi miqdorida jarima to‘laydi.
Jarima yuklarni tashish Qoidalarini 37-bo‘limi, § 3, v) bandiga muvofiq tuzilgan va vaziyatni (vagonni tozalanmaganligini) guvohlashda qatnashgan, lekin ikkitadan kam bo‘lmagan shaxslar imzolagan umumiy shakldagi (GU-23) akt asosida undirib olinadi.
O‘z vaqtida yuklarni tushirmaganligi va ularni yuk oluvchi tashib ketmaganligi sababidan stansiyalarida qiyinchiliklar vujudga kelganida temir yo‘lining mintaqaviy bo‘linmasini boshlig‘i stansiyalarida yoki temir yo‘l shoxobcha yo‘llarida belgilangan muddatlardan 24 soatdan ziyod ushlanib qolgan vagonlarning to‘xtab turishi uchun jarimani ikki baravargacha, boshqa davlatlarning vagonlari uchun esa o‘n baravargacha miqdorda oshirish huquqiga ega bo‘ladi. (Ustavning 136-bandi).


14.1-misol. GU-2 shakldagi xabar berish Kitobi bo‘yicha, 5 ta vagondagi “Ugol burыy” ni yuk oluvchining vositasida tushirishga 16.12.22 y. soat 1600 da olib kirib berish haqida yuk oluvchiga stansiya o‘z vaqtida xabar bergan. Stansiya 16.12.22 y. soat 1400 da vagonlarni tushirishga olib kirib bergan. Yuk oluvchi bir vaqtni o‘zida olib kirib berilgan partiyadagi vagonlarni olib chiqishga tayyorligi haqida 18.12.22 y. soat 1100 da temir yo‘liga xabar bergan. Vagonlarni qabul qilishida ularni tozalanmaganligi aniqlangan, stansiyani vagonlarni tozalab topshirish haqidagi talabi rad etilgan, bu haqda stansiyaning yuklarni qabul qiluvchi topshiruvchisi va yuk oluvchini vakolatli vakili imzolagan umumiy shakldagi akt (GU-23) tuzilgan. Vagonlar mexanizatsiyalashgan usulda tushirilgan. Vagonlarni tushirishda belgilangan muddatdan ziyod to‘xtab turishi uchun jarimalar aniqlansin.


Yechish. Bazaviy hisoblash miqdori 245 000 so‘m (01.02.21 y).
a) yuk oluvchi temir yo‘liga tozalanmagan vagonlarni topshirganligi uchun: 5 x 245 000= 1 225 000 so‘m jarima to‘lashi kerak.
b) yuk oluvchi temir yo‘liga vagonlarni to‘xtab turishi uchun to‘lashi kerak bo‘lgan jarima miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi:
- yuklarni tashish Qoidalarining 11-bo‘limi, 4-ilovasiga muvofiq mexanizatsiyalashgan usulda vagonlarga turish uchun belgilangan muddat: 5 x 0,63 = 3,15 soat.

Yuklarni tashish Qoidalarining 11-bo‘limi 267-§ da frontga sig‘adigan barcha guruhdagi vagonlar uchun mexanizatsiyalashgan usulda ortish va tushirish uchun vagonlarni to‘xtab turish normasi mazkur yukni vagonga (dan) mexanizatsiyalashmagan ortish yoki tushirish muddatidan ziyod bo‘lmasligi ko‘rsatib o‘tilgan.


- shuning uchun partiyadagi 5 ta vagonga tushirish muddati 3,15 soat emas balki 2 soat 05 daqiqa qabul qilinadi. (Yuklarni tashish Qoidalari 11-bo‘limi, 3-ilova)
- vagonlarni yuk tushirishda to‘xtab turgan vaqti: 59 – 16 = 43 saot;
- vagonlarni tushirishda belgilangan muddatdan ziyod to‘xtab turishi: 43 soat – 2 soat 05 daqiqa = 40 soat 55 daqiqa = 41 saot;
- bitta vagonga 41 soat uchun hisob jadvali [8] bo‘yicha jarima miqdori 7,55 eng kam ish haqini tashkil etadi, 5 ta vagonga esa yuk oluvchi temir yo‘liga: 5 x 7,55 = 37,75 x 245000 = 9 248 750 so‘m jarima to‘lashi kerak.
Jami jarimalar 1 225 000 + 9 248 750 = 10 473 750 so‘m.
Vagonlar tushirishda 24 soatdan ziyod to‘xtab turgan, agar temir yo‘lining mintaqaviy bo‘linmasini boshlig‘i Ustavning 136-bandida nazarda tutilgan huquqidan foydalansa yuk oluvchi temir yo‘liga vagonlarni to‘xtab turishi uchun to‘lashi kerak bo‘lgan jarima miqdori2 x 9 248 750 = 18 497 500 so‘mni tashkil etadi.
Jami jarimalar 1 225 000+ 18 497 500= 19 722 500 so‘m.

Har bir talaba guruh jurnalidagi familiyasi, ismi va sharifining tartib raqamiga muvofiq 15.1-jadvaldagi variantlar bo‘yicha jarimalarni aniqlaydi.


15.1-jadval






Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling