Yuk va tijorat ishlarini boshqarish


Xabardagi muddatlargar rioya qilmasdan yoki xabar bermasdan vagonlar ortish uchun olib kirib berilsa, yuk jo‘natuvchi


Download 2.84 Mb.
bet34/36
Sana21.11.2023
Hajmi2.84 Mb.
#1791890
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
ЮТИБ Лаборатория дафтари lotincha

Xabardagi muddatlargar rioya qilmasdan yoki xabar bermasdan vagonlar ortish uchun olib kirib berilsa, yuk jo‘natuvchi ularni stansiya taqdim etilgan paytdayoq qabul qilishi kerak.
Bunda vagonlar:
- belgilangan muddatdan oldin olib kirib berilganida – ushbu muddat boshlangan paytdan;
- belgilangan muddatdan kech hamda xabar bermasdan olib kirib berilsa – vagonlar haqiqiy olib kirib berilgan paytdan 2 soat o‘tgandan so‘ng, olib kirib berilgan deb hisoblanadi (yuklarni tashish Qoidalarining 3-bo‘limi, 34-§).
Ustavning 141-bandiga muvofiq, yuk jo‘natuvchining roziligi bilan ortishga tozalanmagan harakatdagi sostav olib kirib bergan hollarda temir yo‘li yuk jo‘natuvchining foydasiga oddiy vagon uchun eng kam ish haqining 1 karrasi miqdorida va ixtisoslashtirilgan vagon uchun eng kam ish haqining 2 karrasi miqdorida jarima to‘laydi, yuk jo‘natuvchi bu vagonlarni tozalashi va yuk ortishi shart. (Jarima yuklarni tashish Qoidalarining 37-bo‘limi, 3-§, d bandiga muvofiq tuzilgan va vaziyatni (vagonni tozalanmaganligini) guvohlashda qatnashgan, lekin ikkitadan kam bo‘lmagan shaxslar imzolagan umumiy shakldagi (GU-23) akt asosida undirib olinadi. Vagonlarni tozalash uchun yuk jo‘natuvchiga temir yo‘l stansiyasining boshlig‘i va yuk jo‘natuvchi o‘rtasidagi bitimda aniqlangan vaqt ajratiladi.


14.1-misol. GU-2 shakldagi xabar berish Kitobi bo‘yicha, yuk jo‘natuvchining vositasida qoplardagi “Muka pshenichnaya 1 sorta” ni ortishga 3 ta bo‘sh vagonlarni 01.12.22 y. soat 1000 da olib kirib berish haqida yuk jo‘natuvchiga stansiya o‘z vaqtida xabar bergan. Stansiya 01.12.22 y. soat 1130 da yuk jo‘natuvchining roziligi bilan ortishga tozalanmagan 3 ta bo‘sh yopiq vagonlarni olib kirib bergan, bu haqida stansiyaning yuklarni qabul qiluvchi topshiruvchisi va yuk jo‘natuvchining vakolatli vakili imzolagan umumiy shakldagi akt (GU-23) tuzilgan. Yuk jo‘natuvchi bir vaqtni o‘zida olib kirib berilgan partiyadagi hamma vagonlar olib chiqishga tayyorligi haqida 02.12.22 y. soat 830 da temir yo‘liga xabarnoma yuborgan. Vagonlar mexanizatsiyalashmagan usulda ortilgan. Vagonni tozalanmaganligi va ortishda belgilangan muddatdan ziyod to‘xtab turishi uchun jarimalar aniqlansin.


Yechish. Bazaviy hisoblash miqdori 245 000 so‘m (01.02.21 y).
a) temir yo‘li yuk jo‘natuvchiga tozalanmagan vagonlarni ortishga olib kirib berganligi uchun: 3 x 245 000= 735 000 so‘m; so‘m jarima to‘lashi kerak;
b) yuk jo‘natuvchi temir yo‘liga vagonlarni belgilangan muddatdan ziyod to‘xtab turishi uchun to‘lashi kerak bo‘lgan jarima miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi:
- yuklarni tashish Qoidalarining 11-bo‘limi, 1-ilovasiga muvofiq mexanizatsiyalashmagan usulda idishli va o‘rovli (qoplardagi) yuklarni vagonlarga ortish uchun 2 soat 30 daqiqa muddat belgilangan (bu muddat bitta vagon uchun emas, balki ortish frontiga nechta vagon sig‘sa, shu guruh vagonlari uchun belgilangan);
- vagonlarni tozalash uchun yuk jo‘natuvchiga stansiya boshlig‘i va yuk jo‘natuvchi o‘rtasidagi bitimga muvofiq 45 daqiqa vaqt ajratilgan;
- vagonlar xabardagi muddatdan kech olib kirib berilganligi uchun, vagonlarni mas’uliyatli to‘xtab turishi 1330 dan deb hisoblanadi;
- vagonlarni yuk ortishda to‘xtab turgan vaqti 3230 – 1330 = 19 saot;
- vagonlarni tozalashda va belgilangan muddatdan ziyod to‘xtab turishi: 19 soat – (2 soat 30 daqiqa + 45 daqiqa) = 15 soat 45 daqiqa =16 soat;
- bitta vagonga 16 soat uchun hisob jadvali [8] bo‘yicha jarima miqdori 1,50 eng kam ish haqi, 3 ta vagonga esa yuk jo‘natuvchi temir yo‘liga 3 x 1,50 = 4,50 x 245 000= 1 102 500so‘m so‘m jarima to‘lashi kerak..

Har bir talaba guruh jurnalidagi familiyasi, ismi va sharifining tartib raqamiga muvofiq 14.1-jadvaldagi variantlar bo‘yicha jarimalarni aniqlaydi.



Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling