Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o'rni allomalar ijodi va faoliyati misolida


Download 475.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi475.78 Kb.
#1606593
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yuksak ma\'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O\'rta Osiyo allomala


 
 


edim... So’ng hisob ilmining haqiqiy yo’llarini ularga ravshanlashtiradigan
 
bo’ldim... ularning kattalari meni o’z tillari bilan “Daryo” deb maqtar edilar”. 
 
Beruniy fikricha, kishilar uchun dunyoda turli hollar bor. Bu maqtaluvchi – 
yaxshilik va qoralanuvchi – yomonlikdir. Maqtaluvchi yaxshi hollar bo’lib, 
ularning tayanchini poklik va tozalik deb ko’rsatdi. 
 
 
 
Beruniy o’z davrining eng ko’zga ko’ringan ilm-fan homiysi edi. U 
mamlakat ravnaqini fan, ma’rifat ravnaqida ko’rgan. Ilm-fan, ma’rifat sahovatli 
xizmatni o’tashi mumkin deb hisoblaydi. U shunday yozadi: “Mening butun 
fikru-yodim, qalbim – bilimlarni targ’ib qilishga qaratilgan, chunki men bilim 
orttirish lazzatidan bahramand bo’ldim. Buni men o’zim uchun katta baxt deb 
hisoblayman”. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Insonning oliy fazilati boshqalar haqida, ayniqsa, kambag’allar haqida 
g’amxo’rlik qilishdan iboratdir. Beruniy doimo xalqlarning do’st, inoq, ittifoq 
bo’lib yashashi uchun kurashib keldi. U insonga, u yaratgan madaniyatga qirg’in 
keltiruvchi urushlarni qoraladi. Beruniy madaniy hamkorlik va ilm-ma’rifatning 
keng tarqalishiga katta e’tibor bergan allomadir.
 
 
 
 
Jahon madaniyati va ma’rifatiga katta hissa qo’shgan, Sharq va Yevropada 
“Shayx-ur-rais – olimlar boshlig’i” unvoniga ega bo’lgan alloma Abu Ali ibn 
Sinoning (980-1037) ilmiy merosi biz uchun bebaho xazinadir. U o’z umri 
davomida 450 dan ortiq asarlar yaratgan. Uning “Tib qonunlari” nomli 5 jilddan 
iborat kitobi asrlar davomida Sharq va Evropada medistina bo’yicha asosiy 
qo’llanma bo’lib xizmat qilib kelmoqda. 

Download 475.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling